Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   154
Bog'liq
engil atletika

Metodik ko‘rsatmalar. 
Gavdaning alohida qismlari o‘z
vaqtda, aniq va yetarli darajada tez harakat qilgandagina
aylanish foydali bo‘ladi. Depsinib ko‘tarilayotganda aylanma
harakatlar planka tomonga emas (bu — qo‘pol xato), balki
to‘ppa to‘g‘ri yuqori tomonga yo‘nalgan bo‘lishiga ahamiyat
berish kerak.
Erkin sakrashlar oldiniga tezlashib yura kela turib ba-
jariladi. Ko‘tarilayotganda silkinch oyoq bilan ikkala qo‘lni
pastga tushirishni ham, depsinuvchi oyoqni uning tizzasini
tashqariga burib, tovonni silkinch oyoq yuqorisi — dumbaga
yaqinlashtirib bukishni ham tez bajarish kerak. Shundagina
ko‘tarilayotganda gavdaning uzuna o‘q va old-orqa o‘q
atrofida aylanishini ko‘paytirsa bo‘ladi. Gavdani to‘g‘rilab,
pastga tushirilgan silkinch oyoq bilan bir chiziqda tutilsa,
gavdaning uzuna o‘q atrofida aylanishi kuchayadi.
5-vazifa.
«Oshib o‘tish» usulda sakraganda planka ustidan
qulayroq o‘tishni o‘rgatish.
Vositalar:
1. Silkinch oyoqda planka ustidan o‘tishning
eng yuqori nuqtasidagi kabi holatda turib — tosni tez orqaga
tortib, shu bilan bir vaqtda boshni, gavdani va silkinch oyoq
tomondagi qo‘lni pastga tushirib («sho‘ng‘ib»)—plankadan
o‘tishning boshlanishiga taqlid qilish. 2. Shu harakatlarni
depsinishga taqlid qilib bajarish, undan keyin ko‘tarilib,
planka ustidagi eng yuqori nuqtaga yetganda bajarish —
bunda barcha harakatlar boshdan oyoq yaxlit bajariladi.
3. Yaqinroq masofadan (3—5
 
qadamdan) yugurib kelib o‘tish,
balandlikdan oson sakrab o‘tish, «sho‘ng‘ish» bajarish.
Metodik ko‘rsatmalar. 
Yugurib kelib depsinishni yaxshilab
o‘zlashtirib olgandan va «plankani his etish» paydo bo‘l-
gandan keyingina, eng foydali va eng murakkab «sho‘ng‘ish»
usulida plankadan o‘tishni o‘rgana boshlash kerak. Yuqorida


241
ko‘rsatilgan harakatlarga taqlid harakatlar qancha ko‘p
takrorlansa, bunday o‘tishni o‘rganish shuncha oson bo‘ladi.
Planka ustidan «sho‘ng‘ib» o‘tishni o‘zlashtirayotganda
gavdani uzun va ko‘ndalang o‘q atrofida aylantirishni aniq
bajaradigan bo‘lib olish kerak. Bu o‘tish usulini to‘g‘ridan
to‘g‘ri planka tomonga yo‘nalgan harakat bilan depsinib
bajarish mutlaqo yaramaydi. Bunday ixtiyor talabalarda,
ayniqsa pastroq sakrash paytlarida, paydo bo‘lishi turgan
gap. Shuning uchun
 
murakkabroq o‘tish usulini o‘rgatishga
shoshilmaslik kerak. Birinchi galda gavdani faqat uzuna o‘q
atrofida aylantirishni (plankadan o‘tishda) bilib olib, keyin
ko‘ndalang o‘q atrofida aylantirish bilan birga bajarishga
o‘tmoq kerak.
«Sho‘ng‘ib» sakragandan keyin yerga to‘g‘ri tushishga
alohida e’tibor berilishi kerak. Agarda yerga yumshoq tushish
o‘zlashtirilmagan bo‘lsa, juda baland sakrash mumkin emas.
6-vazifa.
Sakrashni boshdan oyoq to‘la ijro etishda
harakatlarning alohida texnika unsurlarini va ma’romini
takomillashtirish.
Vositalar:
1. Yugurib kelishning oxirgi 2, 3 yoki 4 yugurish
qadamlarida rasional ma’romlardan birini takror-takror
bajarish. 2. Bir xil balandlikka har xil yugurib kelib (6—10
qadamdan) sakrashda yugurib kelishni qanday va qancha
naridan boshlash eng qulay ekanini aniqlab olish. 3. Yugurib
kelishni tezlata borib, uni oxirgi qadamlarda (oxirgi 2—1
qadamda) yanada oshirish va shu bilan bir vaqtda shu
qadamlar ma’romini aniqlab olish. 4. Nazorat belgilar qo‘yib
yugurib kelishda oyoqni depsinish joyiga to‘g‘ri tushirish.
5. Yugurib kelishning qulay burchagini aniqlash. 6. Ro‘-
paradan yugurib kelib sakrash (yugurish tezligini oshirish);
plankani turli xil balandlikka o‘rnatib, sakrab o‘tish («ko‘-
tarilish» usulida). 7. Odat bo‘lib qolgan usulda yugurib kelib
«ko‘tarilish», «piruet» va «oshib o‘tish» usullarida sakrash.
8. Sakrash texnikasidagi bo‘sh o‘zlashtirilgan unsurlarni


242
takomil ettirish (ularni sakrashni to‘la bajarib ijro etish,
ba’zan esa alohida taqlid qilib, keyin to‘la sakrashga qo‘shib
bajarish). 9. Jismoniy fazilatlarni (kuchni, tezkorlikni,
bo‘g‘inlar harakatchanligini) yaxshilashga qaratilgan maxsus
mashqlar va harakat tuzilishi hamda ma’romi jihatidan
o‘rganilayotgan sakrash unsurlariga o‘xshash harakatlarga
taqlid qiladigan turli mashqlar.
Metodik ko‘rsatmalar. 
Barcha ko‘rsatilgan yugurib kelish
texnikasining unsurlarini bir chekkadan, depsinish va planka
ustidan o‘tishni o‘zlashtirishga qarab o‘rgatish kerak. Yugurib
kelish yo‘nalishini, tezligini, uzoqligini yoki ma’romini
belgilashdan oldin, barcha mavjud variantlarni tekshirib
ko‘rish kerak. Ro‘paradan yugurib kelishni bajarishda oxirgi
qadamlar ma’romini va 
UOM
ravon pasayishini takomil-
lashtirish mumkin. Yugurib kelib sakraganda, gavdaning
planka ustida
 
tik holatini saqlab qolish («ko‘tarilish») bilan
depsinish texnikasining asosiy unsurlarining barchasini juda
yaxshi takomillashtirsa, ularni kerakligicha kuch sarflab
bajarishni o‘rgansa bo‘ladi. Bunday sakrash bilan gavda yetarli
darajada balandga tik ko‘tariladigan, depsinish tugashida
gavdaning yetarli to‘g‘rilanishiga, depsinishda silkinish
harakatlarini (ayniqsa silkinch oyoq bilan) katta doirada
bajariladigan bo‘lishiga erishsa bo‘ladi.
Agarda sakrash texnikasi sezilarli buzilgan bo‘lsa, u paytda
uni qisqa yugurib kelib va planka balandligini pasaytirib
sakrab tiklash ma’qul. Òexnika yaxshilangandan keyin, yana
oldingiday sakrayverish mumkin.
Ba’zi elementlarga alohida e’tibor berish sakrashni to‘la
bajarishda umumiy ma’romni buzmay, shu unsurlarni
takomillashtirish imkonini beradi. Ammo gohida texnika
unsurlarini sakramay turib, taqlid qilib takomillashtirgan
yaxshi.
Sakrashning boshqa unsurlarini ham samarali bajara
olishni tekshirib ko‘rmoq kerak

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish