57
a) amerika kompaniyalarining bevosita xorijiy investitsiyalari AQShda bandlik
darajasiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi kerak;
b) ular moliyaviy jihatdan oqlangan bo’lishi va yuqori foyda keltirishi kerak;
v) ular qabul qiluvchi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib
hissa qo’shishi lozim.
Yaponiya Eksport-import banki yapon firmalarining bevosita xorijiy
investitsiyalarini moliyalashtiradi va yapon firmalari bilan qo’shma korxonalar
tashkil qilish uchun chet el hukumatlari va xususiy kompaniyalarga qarzlar beradi.
Bu bank shuningdek xorijda ijtimoiy infrastruktura loyihalarini sarmoyalovchi yapon
firmalariga kafolatlar beradi.
Bundan tashqari, Yaponiyada rivojlanayotgan
davlatlarni investitsiyalashga byudjetga soliq ajratmalarni kamaytirish ko’rinishidagi
imtiyozlar mavjud.
TMK odatda bosh kompaniyalar joylashgan mamlakatlar va qabul qiluvchi
mamlakatlar hokimiyat tuzilmalarida o’z manfaatlarini himoyalashni tashkil etadi.
Bunda iqtisodiyotni muvofiqlashtirish davlat organlari xalqaro kompaniyalar
istaklarini har doim ham va darhol bajarmaydilar. Bu istaklar ba’zan milliy firmalar,
ishchi va xodimlar manfaatlariga, muayyan mintaqa ekologiyasiga va byudjet
imkoniyatlariga zid keladi.
Shu bilan birga davlat iqtisodiyot tarmoqlarini va mintaqalarni cho’zilib ketgan
krizisdan chiqarish maqsadida ustuvor rivojlantirishdan, jadal ilmiy-texnik taraqqiyot
sharoitlarini
yaratishdan, tarmoqlar va mintaqalar ichki va butun xalq xo’jaligida
progressiv tarkibiy o’zgarishlar uchun sharoitlar yaratishdan manfaatdor bo’lganda, u
xalqaro kompaniyalarga moliyaviy stimul va davlat kapital qo’yilmalari yo’li bilan
rag’batlantiruvchi ta’sir etadi. 90-yillarda ko’p davlatlar siyosatida ichki bozorlar
hajmini kengayishi, iqtisodiyotni tartibga solishda davlat rolini cheklash,
korxonalarni xususiylashtirish, erkin savdo zonalarini
tashkil qilish kabi xalqaro
kompaniyalar uchun jozibali tendentsiyalar namoyon bo’ldi.
Global menejer xalqaro kompaniya xorijiy filiali tashabbuslariga qabul qiluvchi
mamlakat ma’muriy organlarining munosabatini oldindan ko’ra olish muhim. Turli
vaziyatlarda xalqaro tashkilotlarning qabul qiluvchi davlatlar hukumatlari bilan ko’p
yillik munosabatlari tajribasi xalqaro iqtisodiy hamkorlikning uchta asosiy
komponentini (tovarlar va xizmatlar, texnologiyalar, bevosita xorijiy investitsiyalar)
mamlakatga kiritish va chiqarishga qarab qabul qiluvchi mamlakat siyosatidagi
yo’nalishlarni turkumlash imkoniyatini beradi (4-jadval).
1. Mamlakatdan olib chiqish holida:
a) tovarlar va xizmatlar olib chiqish hajmini kengaytirishga yordam beruvchi va
davlat uchun muhim bo’lgan texnologik sirlar ochilish havfini tug’dirmaydigan
tayyor
mahsulotlar, texnologiyalar eksporti, shuningdek milliy kompaniyalar sotish
bozorlarini kengaytiruvchi kapital olib chiqilishi odatda davlat tomonidan
rag’batlantiriladi.
b) mashina va uskunalar, komplektlovchi mahsulotlar va yarimfabrikatlar
eksporti mamlakat iqtisodiyotiga foyda yoki zarar keltirishiga qarab davlat tomonidan
rag’batlantiriladi yoki cheklanadi. Bu yerda barcha
narsa bu mahsulotlar va
yarimfabrikatlar milliy korxonalarga yetarliligiga va ularning xorijga chiqarilishi
58
milliy korxonalar raqobatchilarini jahon bozorida mustahkamlanishiga olib
kelmasligiga bog’liq.
Jahon bozorida milliy korxonalar ahvolini yomonlashtiruvchi texnologiyalar
eksporti davlat tomonidan cheklanadi. Shu bilan birga milliy korxonalarni yoqilg’i-
xomashyo resurslari bilan ta’minlovchi kapital chiqarilishini davlat rag’batlantiradi.
v) qabul qiluvchi mamlakatda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va
ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishga ko’maklashuvchi kapital chiqarilishi
investor davlati iqtisodiyotiga ma’lum foyda keltirsa
ushbu davlat tomonidan
rag’batlantiriladi. Agar kapital chiqarilishi milliy korxonalar raqobatchilarini jahon
bozoridagi ahvolini yaxshilasa, investor mamlakatida ishchi joylari sonini qisqartirsa
davlat kapital chiqarilishini cheklaydi.
2. Mamlakatga olib kirish holida:
a) murakkab bo’lmagan standart tayyor mahsulotlar, ularni tayyorlash uchun
texnologiyalar hamda ularni xorijiy kompaniyalar firma belgisi bilan ishlab chiqarish
va sotish huquqi importi investor sotish bozorini kengaytirishga mo’ljallangan kapital
olib kirish kabi davlat tomonidan rag’batlantirilmaydi;
b) mahalliy xomashyo resurslarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish bilan
bog’liq mashina va uskunalar,
butlovchi mahsulotlar, yarimfabrikatlar, ularni ishlab
chiqarish texnologiyalari, kapital importi davlat tomonidan rag’batlantiriladi;
v) xorijiy firma filiallarida ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi va uning
xarajatlarini kamaytiruvchi bevosita xorijiy investitsiyalar bu firmalar mahsuloti
milliy korxonalar raqobatbardoshligi darajasini pasaytirmagan holda davlat
tomonidan rag’batlantiriladi. Aks holda davlat bunday yo’nalishdagi BXIlarni
cheklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: