95
1) ishlab chiqarishni bilish;
2) kadrlarga e‘tibor;
3) o‗z malakasini oshirish;
4) ishbilarmonlik va hokazo;
Jamiyat va individning integrasiyalashuv jarayoni va ijtimoiy birliklarining turli
tiplari ham mavjud bo‗lib, bular:
1) guruh;
2) ijtimoiy institutlar;
3) ijtimoiy tashkilotlar va boshqalardan iborat.
Shaxsning asosiy sotsial sifatlari konkret sotsial guruhlar, jamoalar faoliyati va
munosabatidan tarkib topadi.
Shu sababli
shaxsning sotsial sifatlari 3 ta kichik
tizimdan iboratdir:
1. Shaxsning individualligi.
2. Shaxslararo munosabatlari.
3. Munosabatlar sub‘ekti.
1
. Shaxsning individualligi
undagi
harakter, iroda
dunyoqarash, faoliyat
jarayonidagi ba‘zi bir xususiyatlar bilanelgilanadi
.
Undagi
individual xususiyatlar
uning amaliy faoliyatida namoyon bo‗ladi.
2
. Shaxsning shaxslararo munosabati,
avvalo shu munosabatlar sis-temasi
elementlaridan biri ekanligini bildiradi.
Shaxslararo munosabat shaxs
rivojlanishining, uning komil inson sifatida tarkib topishining asosi sifatida xizmat
qiladi, shu sababli shaxsning shaxslararo munosabatlar shaxsda insoniylik, poklik,
rostgo‗ylik, samimiylik kabi xislatlarning shakllanishida va takomillashuvida alohida
o‗ringa ega.
3.
Munosabatlar sub‘ekti.
Shaxsning ijtimoiy munosabatlar sub‘ekti
sifatida
mavjud bo‗lishi uning shu munosabatlardagi sub‘ekt sifatidagi maqomini belgilaydi.
Shaxs ma‘lum sotsial xususiyatli hodisalarning oqibatigina emas, balki sababi
hamdir. Har bir shaxsning sotsial sifatlari uning amaliy
faoliyatining mazmun va
harakterini belgilaydi. Aynan faoliyat jarayonida kishi atrofdagi muhitning o‗ziga xos
xususiyatlarini ishlab chiqadi. Sotsial xususiyatlar shaxsning ichki holat ta‘sirida
uning faoliyatida o‗rab turgan voqelikka shaxsiy munosabat sifatida namoyon
bo‗ladi. Sotsial xususiyatlar bu ma‘lum sotsial muhit sharoitlarida individlar
orasidagi o‗zaro ta‘sirlar jarayonida yuzaga kelgan aloqalar tizimidir. Shaxsnipg
sotsial
xususiyati kishining faoliyati, xatti-harakatida, uning sotsial sifati shaklida
ko‗rinadi. Shaxsning sotsial sifatlarini tashkil etuvchi elementlarga (shaxs
sotsial
maqsadi):
- o‗z faoliyati jarayonida amal qiluvchi norma va qadriyatlar;
- foydalanadigan belgilar tizimi;
- o‗z rolini bajarish va tashqi dunyoga nisbatan erkin harakat qilish uchun
yordam beruvchi bilimlar majmuasi: bilim va qaror qabul qilishda mustaqillik
darajasi kiradi.
Shaxs sotsiologiyasida shaxs manfaati alohida o‗ringa ega.
Do'stlaringiz bilan baham: