29
qo‗yilgan ulkan qadamdir. Lekin shu bilan birga ijtimoiy mulkchilikka asoslangan
ijtimoiy munosabatlarning shunday bir turi - ishlab chiqarish munosabatlari
shakllanadiki, uning asosida bevosita ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish
vositalaridan uzoqlashib, asta-sekinlik bilan o‗z mehnati natijasida begonalashib
boradi. Endi bu ishlab chiqaruvchi shaxs uchun mehnat unumining ham qizig‗i yo‗q.
Marksizm ta‘limoti bo‗yicha xususiy
mulk ijtimoiylashtirilgach, ishlab chiqarish
vositalariga endi bevosita ishlab chiqaruvchilar umumiy egalik qilishlari kerak edi.
Lekin ijtimoiy amaliyotda esa buning aksi bo‗lib chiqdi. Siyosiy hokimiyatni bosib
olgan proletariat ishlab chiqarish vositalarini davlat mulkiga aylantirdi. Sotsialistik
revolyusiya mantig‗iga ko‗ra, bu tadbirlar begonalashuv jarayoni ildiziga bolta urushi
kerak edi. Lekin 70 yillik tarix davomida bizga uqtirib kelingan ijtimoiy mulk davlat
mulki edi. Bu mulk esa xususiy mulkning eng jirkanch, adolatsiz turi bo‗lib chiqdi.
Chunki davlat mulki o‗zining real egasiga ega emas. U bir mavhum tushuncha edi.
Mehnat kishisi esa yana mulkdan begonalashdi. Davlat mulki esa davlat apparatining
xususiy mulkiga aylanib, bu nomenklaturani «yangi» sinfga aylantirdi. Bu salbiy
jarayonlar natijasida ishlab chiqarish o‗zining haqiqiy egasini topa olmadi.
Siyosiy jabhada ham siyosiy hokimiyatdan jamiyatning ko‗pgina a‘zolari
begonalashtirildilar. Ya‘ni, siyosiy hokimiyat xalq hokimiyati, umumxalq
hokimiyati, deb e‘lon qilingan bo‗lsada, aslida u ma‘lum
bir guruhning - elitaning
xususiy mulkiga aylandi. Buning asosida esa butun bir xalq davlat siyosiy
hokimiyatidan begonalashdi va bu begonalashgan omma bilan nomenklatura orasida
ulkan jarlik paydo bo‗ldi. O‗z navbatida bu jarayonlar siyosiy tanazzulga olib keldi
va bu tanazzul tufayli tashqi dushman yenga olmagan totalitar davlat o‗z-o‗zidan
parchalanib ketdi.
Madaniy sohadagi begonalashuv ham anchagina chuqur salbiy oqibatlarga olib
keladigan ma‘naviy tanazzulni keltirib chiqardi. Jamiyatda sog‗lom muhitni
yaratishda ma‘naviyat va madaniyatning o‗rni o‗zgacha. Chunki, ular individlarning
barkamol bo‗lib shakllanishlariga katta ta‘sir ko‗rsatadilar. Agar jamiyat a‘zolari o‗z
ma‘naviyatlari, boy madaniy meroslaridan uzoqlashib ketib, undan begonalashsalar,
ular endi o‗zlarining kelib chiqishlaridan tortib, to o‗z millatlarining ham milliy urf-
odatlari, an‘analarini ham inkor qila boshlaydilar. Agarda yaqin o‗tmishimizga,
uning tirixiga murojaat etsak, ushbu satrlarimizning yaqqol isbotini ko‗ramiz.
Masalan, boy madaniy merosimizdan begonalashuvimiz bizlarni atoqli adib Chingiz
Aytmatovning ta‘biricha, manqurtlarga aylantiray dedi, ya‘ni biz o‗z xalqimiz tarixi,
milliy ozodlik harakatlari
va ularning sarkardalari, dinimiz va o‗zligimizdan
uzoqlashib qoldik. Davlatimiz mustaqilligiga erishib, madaniy begonalashuvni
bartaraf etishni boshladik. Sotsialogiyadagi muhim begonalashuv hisoblangan sotsial
begonalashish insonlarni muloqotdan, bir-birlaridan uzoqlashishlari natijasida yuzaga
keladi. Inson o‗z mohiyatiga ko‗ra, ijtimoiy xususiyatga egadir. O‗zaro faoliyat
tufayli paydo bo‗lgan ehtiyojlar asosida doim insonlar bir-birlari bilan
munosabatlarda muloqotlarda bo‗ladilar. Muloqotning ijtimoiy ma‘nosi shundaki, u
madaniyat shakllari va ijtimoiy tajribalarni uzatish vositasi bo‗lib ximat qiladi. Lekin
iqtisodiy tanazzul ko‗pgina insonlarni qiyin iqtisodiy ahvolga solib qo‗yadi. Natijada
jamiyat a‘zolarining aksariyati bozor iqtisodi munosabalariga ko‗nikishlari qiyin
kechadi.
Oqibatda
inflyasiyadagi
ehtiyojlar
tizimining
cheklanishi
va
30
normallashtirish insonlarda agressivlik kayfiyati, johillashish fuqarolarda an‘ana va
urf-odatlar, ma‘naviy qadryatlarni yo‗qotishga olib keladi. Shu kabi salbiy omillar
insonlarning bir-birlaridan begonalashuvlarini kuchaytiradi va hamma o‗z holicha
degan norasmiy qonun paydo bo‗ladi.
Ruhiy begonalashuv – bu, insonning o‗z mohiyatidan uzoqlashishdir.
Ushbu
muammoni nemis mutaffakiri Erix Fromm juda yaxshi ishlab chiqqan. Uning
fikricha, inson mohiyati doim o‗ziga dushmanlik kayfiyatida bo‗lgan sotsial tuzilma
ta‘siri ostidagi inson o‗z-o‗zidan begonalashuvining har bir darajasiga ma‘lum bir
sotsial xarakter - dunyoparaslik, ekspluatatorlik, reseptiv (andozalik, qolip), bozorga
oidlik xosdir.
Zamonaviy jamiyatni E. Fromm inson mohiyatini «mashinalashtirish»,
«kompyuterlashtirish» va «robotlashtirish» jarayonlari yordamida begonalashuv
uning darajasining bir mahsuli deb ta‘riflaydi. Bozorga yo‗naltirilgan sotsial harakat
paydo bo‗lib, unda iste‘molga intilish, ikkilanishlar hissiyoti, yakkalanib qolishlik va
boshqa salbiy holat, hissiyotlar markaziy ahamiyat kasb etadi.
Xuddi shu yerda psixologik va sotsial begonalashish bir-biri bilan juda
uyg‗unlashib ketishini ko‗rish mumkin. Insonlar bir-birlaridan munosabatda,
muloqotda begonalashsalar, o‗z-o‗zlaridan begonalashish ham yuz beradi, chunki
insonlarning bir-birlaridan begonalashuvlari oqibatida ular yakkalanish,
zerikish va
hayotga qiziqishlari so‗nishi vujudga kelishi mumkin. Buning natijasida inson o‗z
kelajagiga, orzu-niyatlariga ishonchi yo‗qolib, u o‗zini begona deb hisoblaydi va bu
jarayon ko‗pincha salbiy oqibatlarga olib keladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‗lsak, jamiyat hayotidagi turli xil begonalashuv
jarayonlari tezroq ilmiylik va uyg‗unlik asosida bartaraf qilinsagina jamiyat sog‗lom
sharoitda taraqqiy etadi va salbiy ijtimoiy hodisalarning o‗z vaqtida oldi olinadi.
Masalan, mehnatdan begonalashishlikni bartaraf etish uchun birinchi galda
insonlarning o‗z mehnatlari natijalaridan manfaatdor bo‗lishlari va uning oqibatida
esa ularning mehnatga bo‗lgan munosabatlarini tubdan o‗zgartirib, qiziqish va kuch-
g‗ayratlari bilan ishlashlarini tashkil etish darkor.
Ishlab chiqarishni boshqarishdan begonalashish muammosini bartaraf etish ham
juda muhim ma‘no kasb etadi. Buning uchun ishlab chiqarish munosabatlarini
chuqur demokratiyalshtirish, korxona, tashkilot va muassasalardagi mavjud
boshqaruv tizimlarini demokratik yo‗llar bilan takomillashtirish va ishchi,
xizmatchilarga xo‗jalik
egasining aniq vazifasi, huquqi va mas‘uliyatliliklarini
bilishlari kerak.
Madaniyatdan begonalashuvni bartaraf etish uchun madaniy merosga
munosabatni takomillashtirib borish, jamiyatning har bir a‘zosi ma‘naviy
qadriyatlardan yaxshi xabardor bo‗lish va madaniy qurilishga yetarli mablag‗
ajratilishini ta‘minlash zarur.
Ijtimoiy begonalashuvni bartaraf qilish uchun insonlarning bir-birlari bilan
munosabatlari, muammolarini haqiqiy birdamlik va hamkorlik asosida qurish
kerakki, shunda har bir inson o‗zini boshqalar uchun ham kerak ekanligini chin
yurakdan sezsin.
Ruhiy begonalashuvni bartaraf etish choralari sotsial begonalashuvni bartaraf
etishning uzviy davomidir. Inson o‗zining kimgadir kerakligini ruhan his qila
31
olsagina u hach qachon tushkunlikka tushmaydi. Yakkalanish,
iztirobga tushish
xavfidan
xolos
bo‗ladi,
oqibatda
uning
o‗z-o‗zidan, o‗z mohiyatidan
begonalashuviga hach qanday sabab qolmaydi.
Biz qurayotgan bugungi yangi jamiyat o‗z oldiga bu begonalashuv jarayonlarini
tezroq bartaraf etib, haqiqiy rivojlanishga, erkinlikka, ozodlikka erishish uchun
hozirgi qiyinchiliklarni sobitqadamlik bilan yengib bormoqda. Yaqin yillar ichida bu
harakatlarning natijalari, albatta, yuzaga chiqadi, deb umid qilishga hamma asoslar
mavjuddir. Shu boisdan ham Prezidentimiz Islom Karimov
IIchaqiriq Oliy Majlis
Isessiyasida
ta‘kidlanganidek,
«Ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini
demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, yangi ma‘no-mazmun bilan
boyitish, uning izchilligi va samarasini ta‘minlash – mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan siyosiy islohotlarning mazkur bosqichida oldimizda turgan eng
dolzarb vazifadir» (T.8, 332-bet).
Do'stlaringiz bilan baham: