nazariya va amaliyotning
birligidir.
Ssiologiya bizning turmushimiga juda ko‗p amaliy ta‘sir o‗tkazadi. Sotsiologik
tafakkur va tadqiqotlarning amaliy siyosat va ijtioiy islohotlarga o‗tkazadigan ta‘siri
bir necha yo‗nalishlarda bo‗ladi. Eng bevosita usul – ijtimoiy vaziyatning aniqroq va
to‗g‗riroq tushunilishini ta‘minlashdir. Bu mavjud bilimlar darajasida yoxud u yoki
bu hodisa nima uchun yuz berayotganligini nazariy anglash orqali amalga oshadi.
Hayot andozalarini yaxshilashga qaratilgan har qanday harakatlar xato emas, to‗g‗ri
ma‘lumotlarga tayangandagina muvafaqqiyatga erishish ehtimolini yaratadi
8
. Biror
bir muammo haqida qancha ko‗p ma‘lumot to‗plasak uni bartaraf qilish ehtimoli
shunchalik ortib boradi.
8
Энтони Гидденс. Социология. Ўқув қўлланма. Т.: Шарқ. 2002. 45-бет
13
3.Sotsiologiyaning boshqa fanlar tizimida tutgan o‗rni.
Sotsiologiya o‗z ob‘ekti doirasida sotsial hayotning turli, alohida tomonlari
bilan ham shug‗ullanadi va buning natijasida fanda integral sohalar vujudga keladi.
Jumladan, huquq sotsiologiyasi, siyosat sotsiologiyasi, iqtisodiyot sotsiologiyasi,
industrial sotsiologiya kabilar. Sotsiologiya bu sohalarda inson va uning siyosiy,
iqtisodiy va boshqa sohalardagi o‗rni, rivojlanishi, hayot tarzi va fikrlash uslubi kabi
masalalarni hal qiladi. Sotsiologiya o‗zining maxsus obekti asosida yakka shaxs
faoliyatining konkret namoyon bo‗lishini empirik darajada o‗rganishni ham o‗z
ichiga oladi.
Sotsiologiya fanining faoliyat maydoni juda keng bo‗lib, u insoniyat hayotining
hamma jabhalarini tadqiq qiladi. Buni biz huquqiy demokratik davlat, fuqarolik
jamiyati qurish yo‗lidan ketayotganligimiz sababli huquqiy tomoniga nazar
tashlaymiz; ―Britaniya va Sovet Ittifoqi qonunchiligida ancha tafovutlar mavjud. Bu
haqdagi tipik qiyosiy savol quyidagicha qo‗yilishi mumkin: bu ikki mamlakatda
kriminal xulq modeli va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning hatti- harakatlarida
qanday tafovutlar bor?‖
9
, yana tarix fani bilan bog‗liq tomoni buyuk shaxslarni
hujjatlar asosida o‗rganib taqqoslash, ilmiy xulosalar chiqarish. Masalan ingliz
tarixchi olimi Alan Bullok ―Buyuk diktatorlar Stalin va Gitler‖ deb nomlangan
asarida diktatorlarning hokimiyat tepasiga kelishi hujjatlar asosida tahlil qilingan va
o‗z fikrlarini bayon qilgan. Bu ham sotsiologik tadqiqot hisoblanadi.
Shuningdek madany fanlar sohasida, iqtisodiy, siyosiy fanlar sohasida ham o‗z
o‗rniga ega. Ijtimoiy va gumanitar fanlar tizimida sotsiologiya alohida o‗rinni
egallaydi. Bu bir nechta holatlar bilan belgilanadi:
1.
U jamiyat haqidagi, uning hodisalari va jarayonlari haqidagi fan hisoblanadi.
2.
U o‗z ichiga umumiy sotsiologik nazariyalarni yoki hamma ijtimoiy-
gumanitar fanlarning nazariya va metodologiyasi hisoblangan jamiyat
nazariyasini oladi.
3.
U jamiyat va inson hayotiy faoliyatining turli tomonlarini o‗rganuvchi
ijtimoiy-gumanitar va sotsial sohani o‗z ichiga oladi. Ya‘ni, sotsiologiya -
hayotning u yoki bu sohasini tadqiq etuvchi qonuniyatlardir.
4.
Inson va uning faoliyati, texnik va uslubiy jihatdan o‗tkazilgan sotsiologik
tadqiqotlar, gumanitar va ijtimoiy fanlar tomonidan zaruriy jihatdan o‗rganiladi
va hisobga olinadi.
Falsafa, iqtisodiyot, tarix, siyosatshunoslik, psixologiya fanlari sotsiologiyaning
shakllanishiga samarali ta‘sir ko‗rsatadi.
Sotsiologiyaning falsafa bilan uzviy aloqasi shunda ko‗rinadiki, umumsotsiologik
nazariyalar va amaliy sotsiologik tadqiqotlar ma‘lum metodologik asosga
tayanadilar. Shunday asosni esa falsafa fani yaratadi. Sotsiologiya falsafaga nisbatan
mustaqillikni shunga asoslanib e‘lon qiladiki, u o‗z oldiga ijtimoiy muammolarni,
voqelikni ilmiy, anglash usuli asosida hal etish vazifasini qo‗yadi.
Sotsiologiya statistika fani bilan ham mustahkam aloqada rivojlanadi. Bu ikki fanning
o‗zaro aloqalari shu qadar yaqinki, sotsiologiyaning rivojlanishini statistik
9
Энтони Гидденс. Социология. Ўқув қўлланма. Т.: Шарқ. 2002. 37-бет
14
yondashuvlarsiz tasavvur qilish qiyin. Sotsiologiya shuningdek, iqtisodiy nazariya,
boshqaruv nazariyasi, tarix, pedagogika, huquqshunoslik, politologiya kabi fanlar
bilan ham mustahkam aloqada rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |