4. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida sotsiologiya fanini
o‗qitishning zarurligi
2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi jahon hamjamiyatini
yana bir sinovdan o‗tkazishni boshladi. Shu vaqtgacha taraqqiy qilgan davlatlarda
boshlanib keyinchalik boshqa davlatlarga taraqlalib ketadigan iqtisodiy inqirozda
asosan ortiqcha tovar ishlab chiqarish natijasida bo‗lib o‗tgan bo‗lsa, bu galgi
moliyaviy- iqtisodiy inqiroz moliya bank tizimida boshlandi. Inqirozning sabachisi
bank tizimidagi likvidlik, (to‗lov qobiliyatining tushib ketishi) yani soha
mutaxassislarinig ma‘lumotiga ko‗ra dunyoda 60-62 mlrd AQSh dollariga teng
mahsulot ishlab chiqarilgan bo‗lsa, to‗lov vositalarining miqdori 600 mlrd AQSh
dollari miqdoriga yetgan. Ko‗rishimiz mumkinki, bank tizimida juda katta
nomutanosiblik paydo bo‗lan. Bu borada Islom Karimov shunday degan, ―2008 yilda
boshlangan va bugungi kunda ko‗lami tobora kengayib va chuqurlashib borayotgan
jahon moliyaviy- iqtisodiy inqiroziga baho berar ekan, ko‗pgina xalqaro ekspert va
mutaxassislar bu inqirozning sabablari va yanada avj olishi bilan bog‗liq
prognozlarda javoblardan ko‗ra ko‗proq savollarga duch kelishmoqda.‖
10
O‗zbekiston butun xalqaro jamiyatning va jahon moliyaviy iqtisodiy
bozorining ajralmas bir qismi hisoblanar ekan, jahondagi moliyaviy- iqtisodiy
inqirozlar mamlakatimizga o‗z ta‘sirini o‗tkazmasdan qolmaydi. Bu borada
Yurtboshimizning fikrlarini keltirish o‗rinli deb xisoblaymiz: ―... tobora chuqurlashib
borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlaktimizga ta‘sir ko‗rsatmaydi, bizni
chetlab o‗tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. masalani bunday tushunish o‗ta
soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo‗lmas xato bo‗lur edi‖
11
Jamiyat hayotida shunday davrlar bo‗ladiki, o‗z umrini yashab bo‗lgan eski
tuzum qonun-qoidalarini yangicha asosda o‗zgartirish, barcha sohalarda keng
ko‗lamli islohotlarni amalga oshirish zarurati eng muhim ehtiyoj, kerak bo‗lsa, hayot-
mamot masalasi sifatida kun tartibiga chiqadi.
Biz o‗z mustaqilligimizni qo‗lga kiritib, yangi taraqqiyot yo‗liga qadam
qo‗yganimizdan so‗ng xalqimizning xohish-irodasi, asriy orzu-intilishlariga tayangan
holda, sho‗ro davridan og‗ir meros bo‗lib qolgan ma‘muriy-buyruqbozlik tizimini
tubdan isloh qilish, uning o‗rnida mohiyat e‘tibori bilan butunlay yangi — erkin
bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy davlat, demokratik jamiyat barpo etishga
azm-u qaror qildik.
Keng miqyosdagi o‗rganish va har tomonlama izlanishlar natijasida biz
bugungi kunda butun dunyoda o‗zbek modeli sifatida tan olingan taraqqiyot modelini
ishlab chiqdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |