90
-
savatlarni chiqindilardan bo‘shatish;
- kuldonni tozalash;
-
stol va stoykalar changini artish kiradi.
Umumiy foydalanish joylarini tozalash ketma-ketligi: inshoot havosini
almashtirish; kreslo, divan, stol, shamdonlar changini artish;changyutgich yordamida
parket pol, xoll va mehmonlar joyini(gostinnaya) tozalash.
Kunora elektroarmatura setdan o‘chirilib, tozalanadi.Oyida
bir marotaba eshik,
batareya, kartina, yoritgichlar yuviladi.
Har ikki oyda devor, potolok , karnizlar artiladi, pardalar yuviladi.Yilida ikki
marotaba barcha oynalar yuvib chiqiladi (bahor va kuzda).Kunduzgi
paytda farrosh
va shveysarlar vestibyul, kirish eshigi, derazalar, oynalangan joylar tozaligini nazorat
qiladilar.Savat va kuldondagi chiqindilarni farroshlar tozalaydilar.
Sanuzelni tozalash (nomer va umumiy foydalanish joyida)
Individual foydalanish sanuzelini tozalash
Nomerda gornichni sanuzelni tozalashni xonalarni tozalagandan so‘ng
boshlaydi. Ishni boshlashdan avval maxsus kiyimlar(rezinali fartuk va qo‘lqop ,
ro‘molcha)kiyishi shart. Sanuzelni tozalashni quyidagi tartibda amlga oshiriladi:
-
ko‘zgu, oynali tualet rastachasi va u yerdagi narsalar (sovun,tish pastasi,
odekolon);
-
umivalnik;
-
vanna;
-
kafel plitalar;
-
unitaz;
-
bide;
-
pol.
Ko‘zgu avval nam keyin quruq latta bilan artiladi.Rastacha avval sovunli
aralashma bilan yuvilib, keyin quruq latta bilan artib olinadi.
Umivalnik oldin tozalash
pastasi bilan artiladi, issiq suv bilan yuvilib,
dezinfeksiya qilinadi.yana bir marotaba suv bilan chayqalib, qurigunicha
artiladi.Xuddi
shunday usulda unitaz,bide va vanna tozalanadi.Vanna shlang va
kranlari latta bilan artiladi, teshigi tozalanadi.Ushbu jarayonda tuz kislotasidan
foydalanish mumkin emas, vanna va rakovina yuzasi qorayadi.
Devordagi kafel plitalar har kunlik joriy tozalashda oq toza latta bilan
yaxshilab
artib olinadi.Tubdan tozalashda barcha joydagi kafellar yuviladi.Unitaz eng oxirida
tozalanada.Bunda gornichni maxsus rezin qo‘lqopdan foydalanadi. Avval issiq suv
bilan unitazning ichki devorlari chayqaladi, so‘ng
yorsh
yordamida tozalash pastasi
bilan yuviladi.Issiq suv bilan yana chayqalib , dezinfeksiya qilinadi.Eshik qo‘lchasi,
unitaz qopqog‘i, qog‘oz ilgich xlorka aralashmasi bilan artib olinadi.Dushdagi rezina
gilamcha avval issiq suvda
keyin sovuq suvda chayqalib, xlorka bilan artiladi.
Yuqori kategoriyali nomerlar vannaxonasida yengil dezinfeksiya qoplamali
taburetka va poyafzal tozalash uchun podstavka bo‘lishi shart.Bular ham nam latta
bilan artilib, dezinfeksiya qilinadi.
91
Tozalash ishlari tugaganidan so‘ng, qog‘oz va firma sovuni borligini, rozetkalar
ishlashini, sochiqlar ahvolini tekshiradi.
Nosozliklar aniqlanganda gornichni katta gornichniga yoki qavat bo‘yicha
navbatchiga xabar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: