I.
Dofaminergik ta’sirni kuchaytiruvchi moddalar.
1.
Dofaminni o’tmishdoshi Levodopa
- 335 -
2.
Dofamin resteptorlarini stimullovchi moddalar (dofaminomimetiklar)
Bromokriptin, Ropinirol
3.
Monoaminoksidaza V ni falajlovchilar Selegilin
4.
Glutamatergik ta’sirni susaytiruvchi moddalar
Midantan
5.
Xolinergik ta’sirni susaytiruvchi moddalar
Stiklodol (kimyoviy strukturaga qaralsin)
Levodopa (L-DOFA, levodofa) dioksifenilalaninning chapga aylanuvchi
izomeri bo’lib, dofaminni o’tmishdoshi hisoblanadi. Gematoenstefalik
to’siqdan o’tib neyronlar ichiga kirib boradi va dofaminga aylanadi. Bazal
tugunlarda to’planib, parkinsonizm ko’rinishini bartaraf etadi (10.1 rasm).
Levadopa asosan gipokineziyaga, kamroq darajada rigidnostga, yanada kamroq
titroqqa ta’sir ko’rsatadi.
Levodopa Parkinson kasalligini va simptomatik parkinsonizm (antipsixotik
dori
vositalari
bilan
chaqirilgan) ko’rinishlarini
davolashda yuqori
samaradorlikga ega bo’lgan preparat hisoblanadi. Levadopa ta’siri 1 haftadan
keyin, 1 oydan so’ng esa maksimal darajaga erishiladi. Dozasini sekin asta
oshirilishi zarur. Preparatni faqat ovqatdan so’ng ichiladi. O’rinbosar
terapiya bo’lganligi tufayli preparat uzoq muddat beriladi. Preparat oshqozon
ichak traktidan tez szriladi. Lekin moddaning 70-90 % ichak shilliq qavatida
metabolizmga uchraydi. Preparat organizmda dofaminga va boshqa
metabolitlarga aylanadi.
Bu jarayon DOFA-dekarboksilaza, KOMT va MAO ta’sirida namoyon
bo’ladi. Natijada qabul qilingan levadopaning 1% MNS ga boradi.
Metabolitlari va o’zgarmagan qismi buyrak orqali organizmdan chiqib ketadi.
Kuzatilishi mumkin bo’lgan nojo’ya effektlari: ishtaxani buzilishi,
ko’ngil aynash, qusish, ortostatik gipotenziya, yurak aritmiyasi, ruxiy
o’zgarishlar, harakatni buzilishi (ba’zi bir bemorlarda xoreya tipidagi
- 336 -
harakatlar vujudga keladi). Bu asoratlar qaytar bo’lib, levadopa dozasini
kamaytirish bilan yo’qoladi. Ko’pgina nojo’ya effektlar periferik to’qimalarda
levadopadan dofamin hosil bo’lishi bilan tushintiriladi.
Nojo’ya effektlarni levadopa bilan DOFA- dekarboksilaza ingibitorlari
(karbidopa, benserazid) bilan birgalikda qo’llanilganda kamaytirish mumkin.
Tarkibida levadopa karbidopa bo’lgan (sinemet, nakom) va levadopa
benserazid bo’lgan (madopar) preparatlar ishlab chiqarilgan. Bunday tarkibli
preparatlar levadopani MNS ga ko’p miqdorda o’tishiga yordam beradi.
Levadopani ichak va jigarda dekarboksillanish jarayonini falajlanishi umumiy
qon aylanish tizimida , periferik to’qimalarda , buyrakda, miyaning endotelial
kapillyarlarida preparat konstentrastiyasini oshishiga (levadopani miya
to’qimasiga kirishida to’sqinlik qiluvchi enzimatik bar’erni bartaraf qiladi)
olib keladi.
Levadopani samaradorligini oshirish uchun, nojo’ya effektlarini kamaytirish
uchun, DOFA –dekarboksilazani ingibitorlaridan tashqari KOMT ni falajlovchi
preparat entakapon (komtan) ishlatiladi. Bundan tashqari ko’ngil aynish, qayt
qilishda periferik, markaziy qusish zonalardagi
dofaminoresteptorlarni falajlovchi (domperidon gematoenstefalik bar’erdan
o’tmaydi) moddalar buyuriladi. Ruxiy kasallik rivojlansa markaziy
dofaminoresteptorlarni falajlovchi klozapin ishlatiladi (D
2
qaraganda D
4
ga
nisbatan 10 martta faol ). O’xshash bo’lgan tolkapon preparatini ishlatilishi
cheklangan, bu preparatda gepatotoksik ta’sir yuqori. Levadopani tanlab ta’sir
qilmaydigan MAO ingibitorlari bilan birgalikda ishlatilib bo’lmaydi (chunki
MAO noradrenalin, dofaminni faolsizlantiradi, agarda MAO faolligi susaysa
keskin gipertenziya kuzatilishi mumkin), piridoksin (vitamin V
6
) bilan ham,
chunki piridoksin levadopa faolligini susaytiradi.
Levadopa 5 yil ichida eng samarador ta’sir ko’rsatadi. Asta sekin o’rganib
qolish, diskineziya va boshqa nojo’ya ta’sirlar kelib chiqadi. Preparatni yurak –
qon tomir, jigar, buyrak kasalliklarining og‘ir xolatlarida va psixozlarda
- 337 -
ishlatib bo’lmaydi.
Parkinsonizmni
davolashda
qo’llaniluvchi,
dofamin
resteptorlarini
qo’zg‘atuvchi xususiyatga ega bo’lgan preparatlarga bromokriptin (parlodel)
kiradi. Kimyoviy tuzilishiga ko’ra alkaloid ergokriptinning yarim sintetik
xosilasi (lizergin kislotasi unumi) bo’lib, dofamin D
2
resteptorlarini agonisti
hisoblanadi. Parkinsonizmga qarshi yuqori faollikga ega. Bromkriptin
prolaktin va o’suvchi garmon somatotropinni ishlab chiqarilishini susaytirish
xususiyatiga ega (20 bo’limga qarang). Ichishga buyuriladi, oshqozon ichak
traktidan 30% ga yaqini so’riladi. Ko’p qismi jigar to’siqlaridan o’tganda o’z
faoliyatini yo’qotadi.
Organizmdan asosan o’t-safro ichak orqali chiqib ketadi. Bromokriptin
levadopa bilan kombinastiya xolatida qo’llaniladi. Davolashni boshlang‘ich
davrlarida nojo’ya effektlaridan: ko’ngil aynash, qayd qilish, ortostatik
gipotenziya kuzatilishi mumkin. Uzoq muddat qo’llanilganda ruhiy
o’zgarishlar, diskineziya, etil spirtini ko’tara olmaslik, qabziyat kabi nojo’ya
effektlar kuzatiladi.
D
2
va D
3
dofamin resteptorlarining agonistlari bo’lib ropinirol (rekvip)
hisoblanadi. Parkinsonizmga qarshi ta’siri neostriatumdagi postsinaptik D
2
dofamino resteptorlarga ta’siri bilan tushintiriladi. Prolaktin sekrestiyasini
pasaytiradi,
parkinsonizmga
qarshi
hususiyati
bo’yicha
ropinirol
bromokriptindan ustun. Yuqorida aytilganidek, dofaminergik ta’sirotni
kuchaytirish uchun, dofaminni faolsizlantirish jarayonini susaytirish lozim.
Yuqorida ko’rsatilganidek dofaminergik ta’sirni kuchaytirishni bir yo’li
dofaminni faolsizlantirish jarayonini to’xtatishdan iborat. MAO –V
ingibitorlari shu asosda ta’sir qiladi. Selegilin (deprenil) tanlab, qaytmas xolda
shu fermentni falajlaydi. Bu preparatni odatda levodopa bilan birgalikda
ishlatiladi. Tanlab ta’sir qilmaydigan MAO ingibitorlaridan farqi shundaki,
simpatomimetiklar bilan o’zaro ta’sir qilganda gipertenziv reakstiyalarni
chaqirmaydi (11.2bo’lim qaralsin).
- 338 -
Tajribalarda aniqlanishicha, selegilin MAO-V ni falajlashidan tashqari
neyroprotektor xususiyatiga ega, ishemiya va neyrotoksik moddalar ta’sirida
neyronlarni jarohatlanishini kamaytiradi. Qisman bu nervlarni glial
astrostitlardan ajralib chiquvchi o’stirish faktorlarini indukstiyalashiga bog‘liq.
Klinik ma’lumotlarga ko’ra selegilin bemorlarda neyrodegenerativ
(Alstgeymer kasalligi) kasallarda ijobiy natija bergan.
Istisno emaski, shunday natijani Parkinson kasalligida ham berishi mumkin, bu
maxsus tekshirishlarni talab qiladi. Parkinsonizmga qarshi moddalarga,
glutamatergik ta’sirni kamaytiruvchi midantan (amantadin gidroxlorid,
simmetrel) preparati kiradi. Zamonaviy tushuntirishga ko’ra, midantan
NMDA-resteptorlarni falajlab, po’stloq glutamat neyronlarining neostriatumga
stimullovchi ta’sirini kamaytiradi.. Bu Parkinson kasalligini klinik
ko’rinishlarini: rigidnost, titroq, gipokineziyani kamaytiradi. Bundan tashqari,
midantan qora substanstiya neyronlariga nisbatan neyroprotektor effektga ega.
Bu xolat ko’rsatilgan neyronlarning NMDA-resteptorlarini pasaytirishi va
hujayralarga kalstiy ionlarini kirishini susaytirishga, bu esa neyronlarni
destrukstiyasin, kasallikni rivojlanishini susaytiradi. Midantan ba’zi bir M-
xolinolitik ta’sirga ega.
Midantan Parkinson kasalligini, simptomatik parkinsonizmni (postenstefalitik
yoki sterebrovaskulyar), va ayniqsa levadopa ishlatib bo’lmaydigan xolatlarda
qo’llaniladi.. Midantan gipokineziyani kamaytiradi yoki bartaraf qiladi,
rigidnost va qaltirashni esa kamroq darajada kamaytiradi. 1-2 va undan
ko’proq kundan so’ng xolat yahshilanadi, bir necha kun, ba’zida haftalardan
so’ng maksimal effekt kuzatiladi.
Bemorlar midantanni ko’p xollarda yahshi ko’taradilar. Nojo’ya effektlaridan
ba’zida uyqusizlik, gallyustinastiya, ortostatik gipotenziya, dispeptik
o’zgarishlar, bosh og‘rig‘i kuzatiladi.
Preparatni MNS ni bir qator kasalliklarida: gallyustinastiyalar bilan kechuvchi,
tutqanoq shaklidagi titroqlarda, xamda jigar va buyrakni og‘ir kasalliklarida
- 339 -
ehtiyotlik bilan qo’llanilishi kerak.
1
Dastlab A
2
tipidgi gripp viruslarini profilaktika qilish uchun viruslarga
qarshi preparat sifatida amantadin nomi bilan taklif qilingan (28 bo’limga
qarang). Midantanni levadopa bilan kombinastiya xolatida qo’llash maqsadga
muvofiq, bu xolatda doza kamaytiriladi.
Parkinsonizmga qarshi moddalarning oxirgi gruppasi
Do'stlaringiz bilan baham: |