O’quv darslik


INGALYASION NARKOZ UCHUN ISHLATILADIGAN VOSITALAR



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

INGALYASION NARKOZ UCHUN ISHLATILADIGAN VOSITALAR. 
Bu guruhga engil uchuvchan suyuqliklar va gazsimon moddalar kiradi. 
Ularni maxsus narkoz apparatlari bilan nafas yo‘llari orqali organizmga kiritiladi 
(intubatsion va maska yordamida). Bunda narkotik moddalar diffuziya yo‘li 
bilan o‘pka orqali qonga o‘tadilar. Preparatning adsorbsiyasi nafas olinayotgan 
havodagi konsentratsiyasi, nafasning hajmi va tezligi, alveolalarning yuzasi va 
o‘tkazuvchanligi, o‘pkadagi qon aylanish tezligiga bog‘liqdir. Narkoz holatining 
yuzaga kelish vaqti qonda narkotik vosita konsentratsiyasining ortishiga 
bog‘liq. Narkoz vositalari o‘pka orqali (ayniqsa gazsimon narkotiklar) 
chiqariladi.
UCHUVCHAN SUYUQ NARKOTIK VOSITALAR. 
EFIR
– (dietil efir) kuchli narkotik bo‘lib, ta’sir kengligi katta, kam 
zahar. U bilan chaqiriladigan narkoz oson boshqariladi. Lekin bemorlarning efir 
ta’siriga sezuvchanligi turlicha. Odatda nafas yo‘llariga kirayotgan havoda 
efirning konsentratsiyasi 2-12 hajm % bo‘lganda narkoz rivojlanadi va u 
quyidagi 4 ta bosqichdan iborat: 
1.
Analgeziya bosqichi (algos-og‘riq). 2-3 daqiqa davom etadi. Bunda 
miyaning pustoq qavati va retikulyar formatsiya faolligi keskin susayadi va 
sezuvchanlik (ayniqsa org‘iqni) yo‘qoladi. Es-xush saqlanadi, ya’ni bemor 
savollarga javob beradi, sanashi mumkin, atrof-muhitni sezish buziladi. 
SHartsiz reflekslar saqlangan bo‘ladi. Nafas olish, yurak urishi, qon bosimi 
deyarli o‘zgarmaydi, lekin xotira (amnesia) yo‘qoladi. Og‘riq sezish keskin 
kamayganligidan (yoki butunlay yo‘qolganligidan) qisqa muddatli jarrohlik 
muolajalarini o‘tkazish (masalan, chipqon, absesslarni yorish, yopishib 
qolgan boylamlarni ajratish, iplarni olish va boshqalar).


- 298 -
2.
Qo‘g‘alish bosqichi miyaning po‘stloq qavati falajlanishi tufayli quyidagi 
joylashgan markazlarini boshqaruvchi subordinatsiya mexanizmining 
susayishidan kelib chiqadi, ya’ni po‘stloq qavatining po‘stloq osti 
markazlarini tormozlovchi ta’siri yo‘qoladi va po‘stloq osti markazining 
qo‘zg‘alishi yuzaga keladi. Es-xush butunlay yo‘qoladi. Bemorlarda nutq va 
harakatning kuchli qo‘zg‘alishi kuzatiladi. (baqirish, xaqorat qilish, ashula 
aytish, yig‘lash va hokazo). Mushaklar kuchi ortadi. Yo‘tal va qayt qilish 
refelekslari kuchayadi. Nafas olish va yurak urishi tezlashadi. Qon bosimi 
bir tekis bo‘lmaydi. Orqa miya reflekslari kuchayib ketadi. So‘lak va yuqori 
nafas yo‘llari bezlarining sekretsiyasi kuchayadi. YUrak va nafas olish 
to‘xtashi mumkin. Bu bosqich 10-20 daqiqa davom etadi.
3.
Jarrohlik narkoz bosqichida es-xush, og‘riq sezish, reflekslar keskin 
susayadi. Yuzaki narkoz davridayoq bradikariya, ravon nafas olish va 
turg‘un qon bosimi kuzatiladi. Efir konsentratsiyasining qonda oshishiga 
mos ravishda narkoz chuqurlashadi: miorelaksatsiya yuzaga keladi, qon 
bosimi asta sekin pasayadi, qorachiq kengayadi. Bu bosqichni kerakli 
vaqtgacha ushlab turish mumkin, lekin efir berish to‘xtatilsa, asta-sekin 
uyg‘onish davri boshlanadi (taxminan20-40 minutdan keyin). Lekin 
MNSning faoliyati yana bir necha soat tiklanmaydi. Uning tiklanishi 
falajlanish tartibiga teskari bo‘lib, eng oxiri og‘riq sezish asliga qaytadi. 
Analgeziya 
uzoq 
vaqt 
saqlanadi. 
Narkozdan 
keyingi 
davrda 
bronxopnevmoniya, qayt qilish yuzaga kelishi mumkin. Odatda bu davrda 
bemorlar uzoq vaqt uxlaydilar (narkozdan keyingi uyqu). 
4.
Agonal bosqich narkotik moddaning organizmda katta miqdorda 
yig‘ilganligidan va shu tufayli nafas va qon aylanish markazlarining 
falajlanganligidan kelib chiqadi. Qon bosimi pasayadi, qorachiq kengayadi. 
Asfiksiya. Nafas olish va yurak urishi to‘xtaydi.
Efir ta’sirida qonda adrenalin miqdori oshadi, atsidoz rivojlanadi (keton 
tanachalari oshadi). Buyrak faoliyati susayadi. Efir mahalliy qitiqlash 


- 299 -
xususiyatiga ega. Oson alangalanadi. Havo bilan aralashmasi portlaydi. Demak 
efirning yaxshi va noxush xususiyatlari bor.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish