Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

tabiiy gaz
tarkibining taxminan 1% dan 2% gacha 
bo‘lgan qismini geliy tashkil qiladi. Tabiiy gazga yo‘ldosh tarzida chiqadigan geliyni ajratib 
olish nisbatan oson va arzon. XX-asrning 30-yillarigacha faqat AQSH janubidagi neft va gaz 
konlaridan yetarli darajada geliy olinar edi va shu sababli, ta’bir joiz bo‘lsa, o‘sha yillari faqat 
AQSH «geliy mustaqilligi»ga ega davlat sanalardi. Faqat AQSHgina o‘zi uchun yetarli 
miqdorda geliy ishlab chiqarib, dirijabllarni geliy bilan to‘ldirishni uddalardi. Ortgan geliy esa 
boshqa mamlakatlarga sotilardi. Bu esa, AQSH hukumatiga geliy savdosidan mo‘maygina 


41 
daromad keltirish bilan birga, shuningdek, geliy oldi-sottisidan siyosiy ta’sir vositasi (siyosiy 
richag) sifatida ham foydalanish imkonini bergan. Masalan, 30-yillarda AQSH Germaniyaga 
geliy sotishni butunlay cheklab, shu orqali Germaniyaga sanksiya qo‘ygan edi. Natijada, 
geliyga ega bo‘lmagan nemislar o‘z dirijabllarini faqat vodorod bilan to‘ldirishga majbur 
bo‘lishgan. Biz bilgan «Gindenburg»ning fojiali qismatining sabablaridan biri ham aslida shu... 
Lekin, dirijabllarni geliy bilan to‘ldirish ham baribir AQSHning o‘zi uchun ham 
kutilgan samarani bermadi va geliyli dirijabllar baribir asosiy havo transportiga aylanmadi. 
Chunki, geliy o‘ta yengil bo‘lgani sababli, u bilan to‘ldirilgan dirijabllarni shamol chayqab 
tashlar va uchirib ketar edi. Natijada, geliy to‘ldirilgan havo shari yoki dirijabl 
deformatsiyalanib, pachoqlanib ketardi. Buning natijasida esa katta falokatlar ham sodir 
bo‘lgan.
Geliy bizga ma’lum gazlar ichida eng qiyib eruvchan gazdir. U azotdan teng barobar 
qiyinroq eriydi. Shu sababli o‘ta chuqur tubliklarga sho‘ng‘iydigan g‘avvoslar maxsus 
ballonlarda 20% kislorod va qolgan 80% geliydan iborat gaz aralashmasi bilan nafas oladilar. 
Sezganingizdek, ularda oddiy havo emas, balki, azot o‘rniga geliy qo‘llanilgan bo‘ladi. Geliy 
va boshqa inert gazlar nafas olish uchun yaroqsiz bo‘lib, shu bilan birga, zaharli ham emas.
Shu sababli ham g‘avvoslar qo‘rqmay azot o‘rniga geliy to‘ldirilgan ballonlar bilan 
sho‘ng‘iyveradilar. Sababi, geliyning suyuqliklarda deyarli erimasligidadir. Siz azot haqidagi 
bobda, azotning qonda erishi va agar odam katta bosim ostidagi chuqur suv ostiga 
sho‘ng‘igandan keyin keskin tezkor yuqoriga ko‘tarilsa, kesson kasalligiga olib kelishi, ya’ni, 
tanada qon qaynashiga sabab bo‘lishini o‘qigan bo‘lsangiz kerak. Geliy esa qonda unchalik 
erimaydi. Shu sababli, geliyli ballondan nafas olgan g‘avvos qonida va to‘qimalarida juda oz 
geliy to‘planadi va mabodo g‘avvos keskin tezlik bilan suv yuzasiga ko‘tarilsa ham, geliy 
azotchalik shiddat bilan ajralmaydi va g‘avvos hayotiga katta xatar tug‘dirmaydi.
Ustiga-ustak, kislorodli-geliyli aralashma kislorod-azot aralashmasidan, ya’ni, oddiy 
havodan birmuncha yengil bo‘ladi. Shu sababli, bunday aralashmadan nafas olish va nafas 
chiqarish ham ancha yengil bo‘lib, o‘pkalardan nisbatan kamroq kuchanish evaziga, o‘sha 
keraklikcha kislorodga ega bo‘lish imkonini beradi. Bu faqat tublikka sho‘ng‘iydigan 
g‘avvoslarga foydali jihat deb o‘ylasangiz – xato qilasiz. Nafas yo‘llari kasalliklariga duchor 
bo‘lgan bemorlarga ham, ayniqsa, nafas siqishidan aziyat chekayotgan astmatiklarga aynan 
geliy-kislorod aralashmasidan nafas beriladi. Hushsiz yotgan odamga ham tabiiy nafas olishni 
yengillashtirish uchun geliy-kislorod aralashmasi uzatiladi.
Geliy shuningdek aerodinamik quvurlarda ham qo‘llaniladi. Uning o‘ta yengilligi 
sababidan, samolyotlarni geliy oqimida sinovdan o‘tkaziladi. Albatta, geliy qimmat gaz 
sanaladi. Lekin, uni o‘ta yuqori tezliklargacha tezlatish juda oson, Shu sababli ham 
aerodinamik sinovlarda unga yetadigan yordamchi yo‘q.
Bayram kunlari odamlar gavjum joylarda sotiladigan sharlarni ham ba’zan geliy bilan 
to‘ldirishadi.


42 
Siz jahonda nisbatan keng tarqalgan harorat o‘lchov birliklaridan xabardor bo‘lsangiz 
kerak. AQSHda asosan 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish