Koinotning qurilish ashyolari


V-BOB: UGLEROD – HAYOT ELEMENTI



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

V-BOB: UGLEROD – HAYOT ELEMENTI 
Tabiiy holdagi uglerodning har bir 
atomi to‘rtta boshqa uglerod atomlari bilan 
mustahkam bog‘langan bo‘ladi. O‘sha to‘rtta 
atomning har biri ham yana to‘rtta atomga 
mahkam bog‘lanishi mumkin. Shu tariqa, 
barcha uglerod atomlari bir-biri bilan juda 
mustahkam bog‘lanish hosil qiladi. Bunday 
bog‘larni uzishga ham ulashga ham muayyan 
jiddiy kuch sarflash kerak bo‘ladi. Shu sababli 
ham uglerod odatiy sharoitlarda qattiq holda 
bo‘ladi. Uglerod qip-qizarib ketguncha 
qizdirganda ham u qattiqligicha qolaveradi. 
Lekin, uni ham baribir suyuq ko‘rinishga 
keltirish mumkin. Buning uchun 3500 ℃ 
harorat kerak bo‘ladi. Kimyoviy elementlar ichida eng yuqori erish haroratiga ega bo‘lgan 
element aynan ugleroddir.
Agar siz 
ko‘mir
ni ko‘rgan bo‘lsangiz, demak uglerodni ham ko‘ribsiz. Uglerod so‘zi 
deyarli barcha tillarda ko‘mir so‘zidan kelib chiqqan. O‘zbek tiliga rus tilidan kirib kelgan 
«uglerod» termining ma’nosi «ko‘mir tug‘diruvchi» degani bo‘ladi. Ingliz tilidagi uglerod – 
carbon
so‘zi ham lotin tilidagi ko‘mir ma’nosini bildiradi.
Bilasizki, ko‘mir – qop-qora, qattiq modda. U yonadi, lekin ancha mo‘rt bo‘ladi va oson 
sinadi hamda bo‘laklanadi. Bu narsa odamzotga juda qadimdan beri ma’lum. Albatta, ko‘mirni 
o‘t oldirish oson yumush emas va buni uddalash uchun odamdan ancha uquv kerak bo‘ladi. 
Shu sababli ham odamlar uzoq asrlar mobaynida yonilg‘i sifatida faqat o‘tindan 
foydalanishgan. O‘tinni o‘rmon va changalzordan terish va yondirish osonroq bo‘lgan. 
Ko‘mirni esa avval topish va kavlab olish kerak edi.
Faqat so‘nggi ikki asr mobaynidagina ko‘mir uylarni isitish, metallurgiyada qo‘llash, 
elektr energiyasi ishlab chiqarish va boshqa sanoat va maishiy maqsadlari uchun yonilg‘i 
sifatida keng qo‘llanila boshladi. Ko‘mirni sanoatda asosiy yoqilg‘i sifatida qo‘llashning eng 
cho‘qqiga chiqqan payti 1900-yilda to‘g‘ri keladi. Keyin esa asosiy yoqilg‘i maqomini 
sayyoramizda neft va gaz egalladi. Hozirdan aytish mumkinki, neft va gaz energetikasi ham 
uzoq muddat asosiy maqomda tura olmaydi. Chunki, ushbu yoqilg‘i turlarining zaxiralari 
chegaralangan. Shu sababli, yaqin kelajakda endi insoniyat uchun asosiy energiya manbai – 
qazilma yoqilg‘ilar emas, balki, atom energetikasi bo‘lishi kutilmoqda. Umuman olganda
hozirning o‘zida jahonning yirik rivojlangan iqtisodiyotlari va sanoat quvvatlari atom 
energetikasiga tayanib faoliyat yuritmoqda. Lekin, shunday bo‘lsa-da, hozirda ham ko‘mirning 
sanoat va xo‘jalik uchun ahamiyatini hech qanaqasiga past baholab bo‘lmaydi. Chunki, po‘lat 
ishlab chiqarishda temir va uglerod mutanosibligini ta’minlash uchun ko‘mirdan boshqa 


46 
optimal uglerod manbai hali topilmagan. Shu sababli ham, hatto XXI-asrda ham 
shaxtyorlarning arzimagan 1-2 kunlik ish tashlashi, metallurgiya va unga yondosh sohalarda 
katta muammolarni keltirib chiqaradi.
Ko‘mir – organik moddadir. Ya’ni, ko‘mir tarkibidagi atomlar qachonlardir tirik 
organizmlar tarkibida bo‘lgan. Barcha tirik organizmlarning tanasida albatta muayyan salmoqli 
miqdorda uglerod bo‘ladi. Odam tanasi ham taxminan 10% ga ugleroddan iborat. O‘simliklar 
ham, xuddi boshqa tirik organizmlar singari asosan (99% gacha) asosan to‘rt xil element 
atomlaridan – uglerod, vodorod, azot va kisloroddan iborat bo‘ladi. Botqoqlik hududlarida 
o‘sgan o‘simliklar quriganida, ular asosan suvga tushadi yoki suv ostida qoladi va shu sababli, 
juda sekin parchalanadi.
Natijada uning tanasini tashkil qilgan murakkab uglerod-vodorod-kislorod-azot 
kombinatsiyasili molekulalar juda sekinlik bilan, nisbatan sodda tuzilishga ega tarkibiy 
qismlarga – oddiy molekulalarga parchalanadi. Oddiy molekulalar esa ammiak yoki azot 
singari gazlar, yoki, suv singari suyuqliklar bo‘lishi mumkin. Ushbu moddalar chiriyotgan 
o‘simlik tanasini tark etadi. Ya’ni, azot, vodorod va kislorod o‘simlik tanasidan chiqib ketadi. 
Uglerod molekulalarining bir qismi ham oddiy molekulalar ko‘rinishida o‘simlikni tark etadi. 
Lekin, o‘simlik tanasidagi uglerod molekulalarining katta qismi baribir o‘z joyida qoladi.
Shu tariqa, chiriyotgan o‘simlik tanasi yillar o‘tgan sari faqat va faqat sof ugleroddan 
iborat bo‘lib boradi. Masalan, qurigan o‘tin 50% gacha ugleroddan iborat bo‘ladi. Qurish 
jarayonining ilk bosqichlarida u dastavval 60% gacha ugleroddan iborat bo‘lgan 
torf
moddasiga aylanadi. Masalan, Irlandiyaning botqoq yerlarida hali ham juda katta miqdorda 
torf mavjud. Irlandlar botqoqni ataylab quritib, ichidan torfni ajratib olib yonilg‘i sifatida 
ishlatishadi. Torf muttasil botqoq, tuproq va balchiq tagida qolib ketsa, uning chirish jarayoni 
yanada sekinlashadi, lekin to‘xtab qolmay baribir davom etaveradi. Natijada, millionlab 
yillardan keyin bunday torfda uglerod miqdori 67% gacha yetadi va u 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish