Koinotning qurilish ashyolari


IV-BOB: GELIY – O‘ZIGA TO‘Q ELEMENT



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

IV-BOB: GELIY – O‘ZIGA TO‘Q ELEMENT
Quyosh nuri aslida biz ko‘rganimizdek 
zarrin sariq emas, balki, tabiatda bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan barcha ranglar yig‘indisidan 
iboratdir. 
Agar 
Quyoshdan 
kelayotgan 
yorug‘lik 
nurlarini 
uchburchak 
shisha 
shaklidagi 
prizma
dan o‘tkazilsa, yorug‘lik 
tarkibiy ranglarga taqsimlanib, xuddi kamalak 
misol jilvalana boshlaydi. Yorug‘likning bu 
tarzda tarkibiy ranglarga taqsimlanishini 
spektr
deyiladi. 
Kimyoviy elementlar ham yuqori 
haroratlargacha qizigan chog‘da ulardan 
chiqayotgan yorug‘lik nurlarining spektrdan 
o‘tkazilsa, hosil bo‘lgan spektr turli ranglardagi 
yorqin chiziqlar namoyon qiladi. Bu chiziqlar 
ketma-ketligini 
spektral chiziqlar
deyiladi. Tabiatda har bir element faqat o‘zigagina xos 
bo‘lgan va boshqa elementda takrorlanmaydigan shunday spektral chiziqlar ketma-ketligiga 
ega. 
Agar siz muayyan spektral chiziqlar ketma-ketligini kuzatayotgan bo‘lsangiz, undagi 
yorqin chiziqlar va qora chiziqlar ketma-ketligiga asoslanib, mazkur nurni aynan qaysi 
kimyoviy element chiqarayotganini aniqlashingiz mumkin bo‘ladi. Astronomlar xuddi shu usul 
bilan yulduzlarning qanday elementlardan tarkib topganini bilib oladilar. Aynan shu usul 
vositasida o‘z vaqtida yulduzimiz – Quyoshning qanday kimyoviy elementlardan tuzilgani 
aniqlangan edi.
1868-yilda Quyosh tutilishi hodisasi kuzatilgan. Quyosh tutilishi Quyoshni o‘rganish 
uchun g‘oyat qulay paytdir. Chunki, bu paytda Quyoshning asosiy gardishi Oy tomonidan 
to‘sib qo‘yiladi va teleskop orqali Quyoshning chetki qismlarini, ayniqsa, Quyosh toji va tashqi 
atmosferasini kuzatish mumkin bo‘ladi. Quyosh o‘zi charaqlab turgan boshqa odatiy paytda 
esa buning iloji bo‘lmaydi.
O‘sha 1868-yilgi Quyosh tutilishini farang astronomi Pyer Jansen va ingliz astronomi 
ser Jozef Normann Lokyer ham kuzatishgan. Ularning maqsadi Quyoshning spektral 
chiziqlarini o‘rganish va shu orqali, bizning yulduzimiz nimalardan tarkib topganini 
aniqlashdan iborat edi.
Olimlar Quyosh tutilishidan olgan spektral chiziqlarni sinchiklab tahlil qilishga 
kirishishdi. Ular olingan chiziqlarni o‘zlariga ma’lum elementlar chiziqlari bilan solishtirib 
chiqib, spektrda fanga ma’lum hech qaysi element spektri bilan mos kelmaydigan g‘alati 
chiziqlar ketma-ketligini aniqlashgan. Bu shubhasiz yangi kimyoviy element edi. Chunki, 
yuqorida aytilgandek, tabiatda biror-bir kimyoviy elementning spektral chiziqlari 
boshqasinikini takrorlamaydi va hamma elementning chiziqlari faqat o‘zigagina xos bo‘ladi.


39 
Lokyer ushbu Quyoshdan aniqlangan yangi kimyoviy elementga «
geliy
» (yunoncha 
helios
) deb nom berishga qaror qildi. Ushbu nom asl mohiyatida «Quyosh» degan ma’noni 
bildiradi. Olimning muddaosi ayon: u element dastavval Quyoshdan aniqlanganiga ishora 
bermoqchi bo‘lgan.
1898-yilda yana bir ingliz kimyogari ser Uilyam Ramzay uran rudasining bir turidan 
ajratib olingan gaz tarkibini tadqiq qilishga kirishadi. Tajribalardan birida u mazkur gazni 
qizdirilganda chiqadigan yorug‘lik nurlarini ham o‘rganishga qaror qiladi va uning spektral 
chiziqlarini kuzatadi. Va Ramzay o‘zi kuzatayotgan spektral chiziqlarni ko‘rib hayratda qolgan 
edi. Chunki, u olgan spektral chiziqlar Lokyer Quyoshdan aniqlagan geliy elementining 
spektral chiziqlari bilan aynan mos kelardi va uning ranglari ham bir-biri bilan bir xil bo‘lib 
chiqqandi. Tasavvur qilyapsizmi, element avval Quyoshda aniqlanganidan 30 yil o‘tibgina Yer 
sharoitida ham topilgan! 
Geliy davriy jadvalda 2-raqamli elementdir. U vodoroddan keyin eng sodda atom 
tuzilishiga ega bo‘lgan element sanaladi va balki shu sababdan, geliy – Koinotda eng keng 
tarqalgan elementlar ichida ikkinchi o‘rinda turadi (undan faqat vodorod ko‘p xolos). Biz 
vodorod haqidagi bobda aytganimizdek, Koinotdagi atomlarning deyarli 90% qismi 
vodoroddir. Geliy ham bu jihatdan salmoqli o‘rin egallaydi. Zero, Koinotdagi atomlarning 9% 
qismini aynan geliy atomlari tashkil qiladi. Qolgan barcha elementlar birgalikda bo‘lsagina, 
Koinotdagi umumiy atomlar sonining qolgan 1% ulushini egallaydi xolos.
Geliy Yerda juda-juda kam tarqalgan. U shu darajada yengil va uning molekulalari shu 
darajada tezkorki, sayyoramizning tortishish kuchi ularni ushlab turishga qodir emas. Lekin 
tashqi sayyoralar atmosferasida nisbatan ko‘p miqdorda geliy mavjud. Chunki, ulkan 
sayyoralarning o‘ziga mos ulkan gravitatsiyasi tezkor va yengil geliyni ham sayyora yaqinida 
tutib tura oladi.
Yerda geliy vodoroddan ham kam uchraydi. Birinchidan, u shunchaki juda oz. 
Ikkinchidan, maishiy tilda aytganda, geliy atomlari o‘ziga to‘q va o‘ziga tinch. Ilmiy jihatdan 
aytsak esa, geliy – boshqa elementlar atomlari bilan birikmalar hosil qilishga umuman 
moyilligi yo‘q. Nafaqat boshqa elementlar bilan, balki, geliy atomlari bir-biri bilan ham o‘zaro 
birikmaydi. Gazsimon holatdagi geliy alohida-alohida holdagi, yakka-yakka atomlardan iborat 
bo‘ladi. Ya’ni, geliy – 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish