O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


bildiriladi.  Modifikatsiyalangan fikr quyidagi holatlarda bildiriladi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/389
Sana26.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#512030
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   389
Bog'liq
Moliya (MMT (2-modul) va boshqalar (1,2- modul))

 
bildiriladi. 
Modifikatsiyalangan fikr quyidagi holatlarda bildiriladi


olingan auditorlik dalillari asosida umumiy holda ko’rilayotgan moliyaviy 
hisobot muhim buzib ko’rsatishlarga ega bo’lsa; 


145 

umumiy holda ko’rilayotgan moliyaviy hisobot muhim buzib 
ko’rsatishlarga ega emasligini aniqlash uchun etarli darajadagi tegishli auditorlik 
dalillarini olish imkoniyati bo’lmasa.
Modifikatsiyalangan fikr bir nechta turga bo’linadi. 
Xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotida ahamiyatli buzib 
ko’rsatishlar mavjud bo’lsa va ularning xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan 
bartaraf etilmasligi, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg’itishi 
mumkin bo’lgan hollarda salbiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasi tuziladi. 
Shuningdek, quyidagi holatlarda ham salbiy fikr bildiriladi: 

xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan amalga oshirilgan moliya-xo’jalik 
operatsiyalari moliyaviy hisobotda haqqoniy aks ettirilgan, lekin ular qonun 
hujjatlari talablariga muvofiq kelmaganda; 

xo’jalik yurituvchi subyekt rahbariyati aniqlangan buzib ko’rsatishlarni 
bartaraf etish maqsadida moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritishga rozi 
bo’lmaganda.
Izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik xulosasi quyidagi hollarda tuziladi: 

agar auditorlik tashkiloti etarli darajadagi auditorlik dalillarini olib, 
alohida-alohida yoki umumiy holda ko’rib chiqilayotgan buzib ko’rsatishlarning 
ta’siri muhim hisoblanib, biroq moliyaviy hisobotning ko’pchilik muhim 
elementlariga ta’sir qilmaydi degan xulosaga kelganda

agar auditorlik tashkiloti o’z fikrini asoslash uchun etarli darajadagi 
auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmaganda, biroq u aniqlanmagan 
buzib ko’rsatishlarning ta’siri moliyaviy hisobot uchun muhim bo’lishi mumkin, 
lekin moliyaviy hisobotning ko’pchilik muhim elementlariga ta’sir qilmaydi 
degan xulosaga kelganda. 
Auditorlik tashkiloti fikr bildirishi uchun zarur bo’lgan etarli darajadagi 
auditorlik dalillarini olish imkoniyati bo’lmagan taqdirda, fikr bildirishni rad 
etishi mumkin. Bu holda
 
fikr bildirish rad etilgan auditorlik xulosasi tuziladi 
Auditorlik faoliyati (auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlaridan 
tashqari) yangi qonunchilik bo’yicha auditorlik teshiruvini o’tkazish uchun faqat 
maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo’lgan taqdirdagina amalga oshirilishi 
mumkin. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash auditorlik tashkilotlariga auditorlik 
faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi to’g’risidagi 
Nizomga muvofiq ravishda olib boriladi. 
Auditorlik faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi (litsenziyalovchi organ) tomonidan amalga oshiriladi. 
Auditorlik faoliyati mustaqillik, xolislik, erkinlik, professional malakalilik 
va maxfiylik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.Audit nazoratining asosiy 
tamoyili uning mustaqilligi bo’lib, bunda asosan tekshirilayotgan subyektning 


146 
moliyaviy hisoboti to’g’risidagi kasbiy fikrini ifodalashda biror tomonning ta’siri 
ostida bo’lishdan uning ozod ekanligini tushunish lozim. Shu bilan birga, yana 
shuni hisobga olish kerakki, audit barcha mamlakatlarda etarli darajada qattiq 
tartibga solinadi. 
Ayrim davlatlarda (masalan, Fransiyada) bu jarayonga davlat aralashib, u 
audit me’yori va normativlarini belgilaydi, auditorlarni va auditorlik firmalarini 
ro’yxatdan o’tkazadi hamda ularning faoliyati ustidan nazorat o’rnatadi. 
O‘zbekistonda ham xuddi shunday ahvol tarkib topgan bo’lib, bu yerda davlat 
auditorlik faoliyatini tartibga solishni faol amalga oshiradi. U moliyaviy 
qiyinchiliklari iqtisodiyotga ta’sir etishi mumkin bo’lgan muhim korxonalarni 
ajratib, ularda audit o’tkazish majburiy ekanligini belgilaydi, auditorlarga 
(ma’lumoti, malakasi, imtihonlarni topshirish tartibi, mas’uliyati, javobgarligi va 
boshqalar bo’yicha) talablar qo’yadi.
Auditni davlat tomonidan tartibga solishni tashkil etish qonunchilik va 
boshqa normativ hujjatlar vositasida amalga oshiriladi. Bunda auditorlar 
jamoatchilik tashkilotlari tomonidan auditning o’zini o’zi boshqarishiga katta 
imkoniyat beriladi. Qayd etish lozimki, har bir mamlakatda jamoat 
tashkilotlarining rivojlanishi va ta’siri turlicha amalga oshiriladi. Masalan, AQSh 
va Angliyada auditorlik faoliyati asosan ixtisoslashtirilgan professional jamoat 
auditorlik tashkilotlari tomonidan tartibga solinadi. 
Ko’pgina mamlakatlarda mustaqil Auditorlar palatalari ishlab turibdi. 
Ularning asosiy vazifalari auditorlik faoliyati va auditorlar axloq me’yorlari 
bo’yicha standartlarni ishlab chiqish, auditorlar ish faoliyatining sifatini nazorat 
qilish, auditorlik faoliyati bo’yicha bilimlarini attestatsiya qilish va hujjatlar 
berish hamda auditorlik me’yorlarini buzgan shaxslarga nisbatan intizomiy jazo 
choralarini qo’llash (bu - davlatga xos xususiyat bo’lmagan mamlakatlarda) 
kabilardan iboratdir.
Ammo ayrim mamlakatlarda, masalan, Shvetsiyada, garchi Vakolatli 
auditorlar uyushmasi va Tasdiqlangan auditorlar uyushmasi ishlab turgan 
bo’lishiga qaramasdan, umuman auditorlik faoliyatini tartibga solish davlat 
tomonidan amalga oshirilib, bu bizning Respublikamizga ham xos bo’lgan 
xususiyatdir. O‘zbekiston Auditorlar palatasi tuzilish jihatidan davlat organlari 
bilan o’zaro birgalikda harakat qiladi. Ammo uning auditorlik faoliyatini tartibga 
solish bo’yicha asosiy funksiyalari davlat tomonidan mustahkamlab qo’yilgan. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish