2-§. Qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun
loyihalari (qonunlar), shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladigan
qonunlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan qonun loyihalari (qonunlar) tuzilishining
o‘ziga xos xususiyatlari
82. O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi (qonun) nomlanishga ega bo‘lmagan moddalardan
iborat bo‘ladi. Moddalar bandlarga yoki xatboshilarga bo‘linadi. Moddalardagi bandlar
xatboshilarga bo‘linadi.
Qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish va qonunlarni yoki ularning
tarkibiy birliklarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi normalar qonunlarda
arab raqamlari bilan raqamlanib, kichik qavslar bilan yopiladigan bandlardan iborat
alohida moddalar tarzida bayon etilishi mumkin.
5-bob. Loyihaga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallarga qo‘yiladigan
asosiy talablar
83. Loyihaga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallar, qoida tariqasida,
axborot-tahliliy materialning hajmiga qarab Misrosoft Word redaktoridan va quyidagi
parametrlardan foydalangan holda tayyorlanadi:
sahifaning chap hoshiyasi 1 — 3 sm, o‘ng hoshiyasi 1-2 sm, pastki va yuqori
hoshiyasi 1-2 sm;
axborot-tahliliy materialning hajmiga qarab 11 — 14 o‘lchamli shrift;
birinchi qator xatboshisi 0,50 — 1,27 sm;
qatorlar o‘rtasidagi interval (mnojitel) 1 — 1.2.
84. Loyihaning tushuntirish xatida quyidagilar bo‘lishi kerak:
normativ-huquqiy hujjatni tayyorlash uchun asos va uni qabul qilish zarurligini
asoslantirish, shu jumladan loyiha tayyorlash topshirilgan normativ-huquqiy hujjatlar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek yuqori turuvchi organning topshiriqlari
(topshiriq mavjud bo‘lganda) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
loyihani ishlab chiquvchining to‘liq nomi;
maqsadlar va vazifalar, shuningdek loyiha bilan belgilanadigan asosiy qoidalar,
ularning qisqacha asosi. Bunda loyihaning erishishga yo‘naltirilgan asosiy maqsadlari
belgilanadi, loyihaning aniq maqsadlarga erishishga vosita bo‘lishi mumkin bo‘lgan
alohida qoidalari qisqacha ko‘rsatiladi;
normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishdan kutilayotgan natijalar. Bunda
normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi munosabati bilan huquqiy jihatdan tartibga
solish natijasida yuz berishi mumkin bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlar keltiriladi.
Kutilayotgan natijalar, miqdoriy ko‘rsatkichlar ko‘rsatilgan holda bayon qilinishi ham
mumkin;
loyiha predmetiga taalluqli bo‘lgan xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar
qonunchiligining prinsiplari, qoidalari va ifoda shakllari to‘g‘risidagi axborot
(qonunosti hujjatlari uchun — zarur bo‘lgan taqdirda). Tegishli sohada ijobiy xorijiy
tajriba mavjud bo‘lgan taqdirda, tushuntirish xatida loyihani tayyorlashda hisobga
olingan norma nazarda tutilgan davlat, hujjatning turi, nomi va qisqacha mazmuni
ko‘rsatilishi mumkin;
loyiha mazmunining tavsifi, unda loyihaning tuzilishi bo‘limlar, kichik
bo‘limlar, boblar, paragraflar va moddalarning mazmuni bilan birga qisqacha bayon
etiladi (qonunosti hujjatlari uchun — zarur bo‘lgan taqdirda). Zarur bo‘lganda
normativ-huquqiy hujjatning eng muhim qismini tashkil etuvchi qoidalarning asosiy
mohiyati ochib beriladi;
normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi munosabati bilan boshqa normativ-
huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoxud ularni o‘z kuchini
yo‘qotgan deb topish zaruriyati mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi axborot;
loyihada foydalaniladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga havolaning har
birini asoslash. Bunda unga havola qilinadigan loyiha normasining mazmuni qisqacha
ochib beriladi;
agar normativ-huquqiy hujjatning qoidalarini amalga oshirish qo‘shimcha
moliyaviy xarajatlarni talab etsa yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida
yo‘qotishlarga olib kelsa, qisqacha moliyaviy-iqtisodiy asos. Agar normativ-huquqiy
hujjatning qoidalarini amalga oshirish ko‘rsatib o‘tilgan xarajatlarni talab etmasa yoki
yo‘qotishlarga olib kelmasa, u holda bu haqda tushuntirish xatida tegishli axborot
keltiriladi;
loyiha bo‘yicha o‘tkazilgan jamoatchilik va (yoki) mutaxassislar muhokamasi
hamda uning natijalari to‘g‘risidagi axborot, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlar
loyihalari muhokamasi portalida o‘tkazilgan muhokama natijalari yuzasidan axborot;
loyihani manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishib olish to‘g‘risidagi
axborot. Bunda loyiha kelishilgan (viza qo‘yilgan) manfaatdor vazirliklar va idoralar
sanab o‘tiladi;
loyiha bo‘yicha kelishmovchiliklar mazmunining qisqacha bayoni va ular
to‘g‘risidagi asoslantirilgan fikr (kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda);
loyihani asoslash uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar.
85. Taqqoslash jadvali quyidagi uchta grafadan iborat bo‘ladi:
o‘zgartish yoki qo‘shimcha kiritish taklif etilayotgan normativ-huquqiy hujjat
tegishli tarkibiy birligining amaldagi tahriri;
loyihada taklif etilayotgan tahrir;
kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning asosi.
Taqqoslash jadvalida tegishli tarkibiy birlikning amaldagi va taklif etilayotgan
tahriri grafalari quyidagi tarzda bayon etiladi:
amaldagi tahrir grafalarida o‘zgartirilayotgan so‘zlar (raqamlar) kursiv bilan
tagiga chizib ko‘rsatiladi, taklif etilayotgan tahrir grafalarida esa “yarim qora” shrift
bilan ajratib ko‘rsatiladi;
taklif etilayotgan tahrir grafasida qo‘shilayotgan so‘zlar (raqamlar) “yarim
qora” shrift bilan ajratib ko‘rsatiladi;
amaldagi tahrir grafasida chiqarib tashlanayotgan so‘zlar (raqamlar) va
xatboshilar, shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan boshqa tarkibiy
birliklar “yarim qora kursiv” shrift bilan ajratib ko‘rsatiladi.
Agar loyihada tegishli tarkibiy birlikning yangi tahriri bayon etilsa, faqat
o‘zgartirilayotgan, qo‘shilayotgan, chiqarib tashlanayotgan so‘zlar (raqamlar) ajratib
ko‘rsatiladi.
Amaldagi va taklif etilayotgan tahrirlarning grafalarida tarkibiy birlikning
o‘zgartish kiritilayotgan tarkibiy birlik bilan bog‘liq bo‘lgan va kiritilayotgan
tuzatishlarning ko‘rinarli bo‘lishini ta’minlaydigan tegishli qismlari oddiy shriftda
keltiriladi.
Qism yoki xatboshi belgisidan ham foydalaniladi, “to‘ldirilmoqda”, “chiqarib
tashlanmoqda”, “ko‘chirilmoqda” degan so‘zlar qo‘llaniladi.
86. Kelishmovchiliklar jadvali (normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va
qo‘shimchalar
kiritish
nazarda
tutilgan
loyiha
bo‘yicha
tayyorlangan
kelishmovchiliklar jadvalidan tashqari) quyidagi uchta grafadan iborat bo‘ladi:
normativ-huquqiy hujjat tegishli tarkibiy birligining taklif etilayotgan tahriri;
manfaatdor organlarning fikr-mulohazalari va takliflari, shuningdek normativ-
huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali kelib tushgan fikr-mulohazalar
va takliflar;
ko‘rib chiqish natijalari.
Kelishmovchiliklar jadvalining “Taklif etilayotgan tahrir” grafasida fikr-
mulohazalar va takliflar taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatning tegishli tarkibiy
birligi aks ettiriladi.
Kelishmovchiliklar jadvalining “Manfaatdor organlarning fikr-mulohazalari va
takliflari” grafasida loyiha bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini taqdim etgan
organ hamda tashkilotning taklif va mulohazalari yoki ular asosida bayon etilgan tahrir
keltiriladi.
Kelishmovchiliklar jadvalining “Ko‘rib chiqish natijalari” grafasida taqdim
etilgan fikr-mulohazalar va takliflarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar ishlab chiquvchi tomonidan ko‘rsatiladi. Agar fikr-mulohazalar va
takliflar inobatga olinsa, fikr-mulohazalar va takliflar berilgan tarkibiy birlikning yangi
tahriri keltiriladi. Agar fikr-mulohazalar va takliflar inobatga olinmasa, qaysi
asoslovchi ma’lumotlar sababli mazkur fikr-mulohazalar va takliflar inobatga
olinmagan bo‘lsa, o‘sha ma’lumotlar tegishli tartibda ko‘rsatiladi.
87. Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni
nazarda tutuvchi loyiha bo‘yicha tayyorlangan kelishmovchiliklar jadvali quyidagi
to‘rt grafadan iborat bo‘ladi:
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilayotgan normativ-huquqiy hujjat
tegishli tarkibiy birligining amaldagi tahriri;
loyihada taklif etilayotgan tahrir;
manfaatdor organlarning fikr-mulohazalari va takliflari;
ko‘rib chiqish natijalari.
Birinchi ikkita grafa qiyosiy jadval bo‘yicha bayon etiladi.
“Manfaatdor organlarning fikr-mulohazalari va takliflari” hamda “Ko‘rib
chiqish natijalari” grafalarida loyihani kiritayotgan organ tomonidan ushbu Yagona
uslubiyot
86-bandining oltinchi va yettinchi
xatboshilarida nazarda
tutilgan
ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
88. Normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va kelishib olish xronologiyasi
haqidagi ma’lumotnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
normativ-huquqiy hujjatning turi;
normativ-huquqiy hujjatning nomi;
normativ-huquqiy hujjatni kiritish uchun asos;
loyihani ishlab chiquvchining nomi;
normativ-huquqiy hujjat kelishib olingan sana, vazirlik va idoraning nomi,
uning rahbarining F.I.O. va lavozimi, kelishib olish natijalari to‘g‘risidagi axborotni,
normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlarga kiritilgan
sanani o‘z ichiga olgan jadval.
89. Konsepsiyada quyidagilar belgilanishi kerak:
huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy g‘oyasi, maqsadi va predmeti;
tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning umumiy
tavsifi va uning holatiga berilgan baho mazkur sohada amalda bo‘lgan qonunlar hamda
boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tahlili ilova qilingan holda;
qonun loyihalarini ishlab chiqish zaruriyatining asosi;
qonun loyihalarining asosiy qoidalari;
bo‘lajak qonunning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari prognozi.
90. Huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy g‘oyasi, maqsadi va predmetini
aniqlashda konsepsiyada qonun loyihasining mazmuni, u erishishga yo‘naltirilgan
asosiy vazifalar va maqsadlar, loyiha tartibga solishi kerak bo‘lgan ijtimoiy
munosabatlar ochib beriladi, shuningdek uning amal qilishi tatbiq etiladigan
qo‘llanilish sohasi, huquqiy munosabatlar subyektlarining vakolatlari (huquqlari va
majburiyatlari) bayon etiladi.
91. Tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning
umumiy tavsifida va uning holatiga berilgan bahoda ushbu sohada amal qiluvchi
normativ-huquqiy hujjatlarning holati aks ettiriladi, xususan:
tegishli sohada huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy
hujjatlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;
qonunchilikdagi bo‘shliqlar va ziddiyatlar, eskirgan, amalda o‘z ahamiyatini
yo‘qotgan, samarasiz yoxud amalga oshirish mexanizmiga ega bo‘lmagan qoidalarning
mavjudligi;
huquqiy jihatdan tartibga solishning mavjud kamchiliklarini bartaraf etishning
oqilona va samaraliroq usullari;
xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalari, shuningdek
xorijiy mamlakatlardagi huquqiy jihatdan tartibga solish tajribasi;
statistika, jamiyatshunoslik, siyosatshunoslikka oid tadqiqotlarni, shuningdek
boshqa ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish natijalari;
bo‘lajak qonunni amalga oshirish uchun qabul qilinishi zarur bo‘lgan qonunosti
hujjatlari ro‘yxati ko‘rsatiladi.
Qonun loyihalarini ishlab chiqish zaruriyati asosida qonunni qabul qilish
zarurligidan dalolat beruvchi dalillar bayon qilinadi.
92. Bayon qilinadigan dalillar aniq, asoslangan bo‘lishi va muammoning
amaldagi qonunchilik mukammal emasligi bilan sabab-oqibat aloqasini belgilashi
kerak. Qonun loyihasi tegishli bo‘lgan qonunchilik tarmog‘i, O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining hujjat orqali amalga oshirishga
qaratilgan qoidalari, shuningdek uning huquqiy tizim uchun ahamiyati ham
ko‘rsatiladi.
93. Qonun loyihalarining asosiy qoidalarida bo‘lajak qonunda belgilanadigan
qoidalar, imkoniyat bo‘lganda bo‘limlar, kichik bo‘limlar, boblar, paragraflar va
moddalarning qisqa mazmuni bayon etilgan namunaviy tuzilmasi bayon qilinadi.
94. Bo‘lajak qonunning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari
prognozi taxmin qilinayotgan oqibatlar va uni amalga oshirishdan kutilayotgan
pirovard natijalari tavsifini o‘z ichiga oladi. Bunda bo‘lajak qonun amalga
oshirilishining nafaqat ijobiy, balki ehtimoldagi salbiy oqibatlari ham hisobga olinishi
kerak. Bo‘lajak qonunning huquqiy oqibatlarini prognoz qilishda, zarur bo‘lganda,
uning ijro etilishini ta’minlaydigan ma’muriy-huquqiy, sud-huquq mexanizmlari ham
hisobga olinadi.
95. Ishlab chiquvchi konsepsiyada boshqa zarur axborotni ham ko‘rsatishi
mumkin.
Tayyorlangan konsepsiya, agar qonun loyihasini tayyorlash to‘g‘risidagi
topshiriqda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ishlab chiquvchining rahbari
tomonidan tasdiqlanadi, shundan keyin qonun loyihasining bevosita matni
tayyorlanadi.
Zarur bo‘lganda, konsepsiya yuqori turuvchi organlar bilan oldindan kelishib
olinishi mumkin.
96. Tayyorlangan qonun loyihasiga quyidagilar ham ilova qilinadi:
xalqaro hujjatlarning va xorijiy mamlakatlar qonunchiligining, O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligining tegishli qoidalari, tegishli xalqaro tajribani O‘zbekiston
Respublikasi sharoitida qo‘llashning maqbulligi to‘g‘risidagi asoslantirilgan takliflar
ketma-ketlik tartibida ko‘rsatilgan holdagi tahliliy-qiyosiy jadval;
qonun loyihasi qabul qilinishi munosabati bilan qabul qilinishi, o‘zgartish yoki
qo‘shimchalar kiritilishi, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunosti
hujjatlarining ro‘yxati. Bunda qonunosti hujjatini qabul qilish, unga o‘zgartish yoki
qo‘shimchalar kiritish uchun asoslar va ularning qabul qilinishi, ularga o‘zgartish yoki
qo‘shimchalar kiritilishi uchun mas’ul bo‘lgan organlar qisqacha ko‘rsatiladi.
Qonun loyihasiga boshqa tahliliy va axborot materiallari ham ilova qilinishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |