3.5. ATF sintezi
M itoxondriyaning ichki membranasida H+ga bogMiq boTgan
ATF sintaza deb nomlanuvchi integral oqsil kompleksi joylashgan.
Uning molekulyar massasi juda yuqori - 500 kDa dan ortiq. U ikki
subbirlikdan tashkil topgan: F() va F .
F] mitoxondriyaning ichki membranasining
matriksga qaragan
yuzasida joylashgan q o ‘ziqorinsimon o ‘sma, F esa bu membranani
kesib o‘tadi. Fosubbirlik orasida protonlami konsentratsiya gradiyenti
bo'yicha m itoxondriya matriksiga qaytishiga imkon beruvchi proton
kanali joylashgan.
Fj owz yuzasida ferment bilan birgalikda ADF va fosfatni bog’lab
energiya sarflamasdan ATF hosil qilishi mumkin.
Energiya faqat
ATFni bu kompleksdan ozod qilish uchun sarfianadi. Bu energiya
protonli kanal F() orqali proton oqimi o ‘tishi natijasida ajraladi.
Nafas olish zanjirida oksidlanish bilan qaytarilish orasida
mutlaq bog‘liqlik kuzatiladi: bir
modda oksidlanganda boshqa
modda, albatta, qaytariladi. Ammo ATF sintezida bog‘ liqlik bir
tomonlama bo‘ladi, y a’ni oksidlanish fosforillanishsiz borishi
mumkin, lekin fosforillanish oksidlanishsizhech qachon bora
olmaydi. Bu mitoxondrial oksidlanish
tizimi ATF sintezlamasdan
ishlashi mumkin, lekin mitoxondrial oksidlanish tizimi ishlamasa,
ATF sintez qilinmaydi deganidir.
3.6. Oksidlanish va fosforillanish jarayonlarining ajralishi
Protonoforlar deb ataluvchi ba’zi kimyoviy
moddalar proton yoki
boshqa ionlami (ionoforlar), ATF-sintazani chetlab o ‘tgan holda,
membranalararo b o ‘shliqdan matriksga o ‘tkazib beradi. Natijada,
elektrokimyoviy potensial yo‘qoladi va ATF sintezi to‘xtaydi.
Ushbu hodisa oksidlanish va fosforillanishning ajralishi deb ataladi.
Ajralish natijasida ATF miqdori kamayadi, ADF niki esa ortadi. Bu
holda, NADH va FADH2 ning oksidlanish tezligi ortadi, so‘riladigan
kislorod
miqdori ham ortadi, lekin energiya issiqlik ko‘rinishida
ajralib P/O koeffitsiyenti keskin pasayadi. Ko‘pincha, ajratuvchilar
- lipofil modda bo'lib, membrananing lipid qatlami orqali osongina
o ‘tadi. Bu moddalardan biri - 2,4-dinitrofenol,
ionlangan holatdan
58
ionlanmagan holatga oson o ‘tib, protonni membranalararo masofada
biriktiradi va matriksga o ‘tkazadi. Ajratuvchilarga ba’zi dori
moddalari, masalan dikumarol (antikoagiyant) yoki organizmda
sintezlanadigan metabolitlar - bilirubin (gem
metabolizmining
mahsuloti), tiroksin (qalqonsimon bez gormoni) ham misol bo‘la
oladi. Bu moddalaming konsentratsiyasi ortganda ular oksidlanishni
fosforlanishda ajrata boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: