larini boshqaruvchi va reproduktiv funksiyasini boshqarishda
qatnashuvchi melatonin gormoniga aylanishi mumkin. U keng ta’sirga
ega biologik faol modda: silliq mushak qisqarishini stimullaydi, qon
tomirlarini
toraytiradi, arterial bosim, tana harorati, nafas olishni
boshqaradi, dem ping-sindrom, homiladorlik toksikozida qatnashadi,
antidepressant ta ’sirga ega. B a’zi m a’lumotlarga ko‘ra
allergik
reaksiyalarda qatnashishi mumkin, chunki kam miqdorda semiz
hujayralarda hosil bo‘ladi.
y-Aminom oy kislota va uning nerv impulslari o ‘tkazishdagi
ahamiyati. y-Aminom oy kislota (GAMK) miya to ‘qimasida
glutamatdekarboksilaza ta ’sirida glutamatdan dekarboksillanish
natijasida hosil b o ‘ladi:
GAM K konsentratsiyasi miya va orqa miyada juda yuqoridir.
GAMK (glitsin ham) miya neyronlarining juda ko‘p qismida,
barcha sinapslarning taxminan yarmida mediator tariqasida xizmat
qiladi. Ushbu mediatorlar neyronlarda tormozlanish jarayonlariga
sabab bo‘ladi, holbuki, boshqa
mediatorlar ham kuzatuvchi, ham
tormozlovchi vazifasini bajaradi.
M iyada GAMK o ‘zgarishlarining sikli 3 o ‘zaro bog‘langan
reaksiyalami o ‘z ichiga oladi va GAMK-shunti deb nomlanadi.
1-reaksiyani glutamatdekarboksilaza katalizlaydi, u piridoksalga
bog‘liq ferment hisoblanadi. Bu reaksiya boshqariluvchi bo‘lib, miya
hujayralarida GAM K hosil bo‘lish tezligini ta’minlaydi. Reaksiya
mahsuloti — GAMK. Keyingi 2 reaksiyani GAMK katabolizmi
reaksiyalari deb hisoblash mumkin. Piridoksalga bog’liq GAMK-
aminotransferaza qahrabo
yarim aldegidini hosil qiladi, so ‘ngra u
degidrirlanib, qahrabo kislotaga aylanadi. Suksinat sitrat siklida
ishlatiladi. GAMK monoaminooksidaza (MAO) ta’sirida oksidlanish
yo‘li bilan inaktivlanishi mumkin.
Bosh m iyada GAM K miqdori boshqa neyromediatorlarga nisba-
tan bir necha o ‘n marotaba yuqori. U K+ ionlari uchun postsinaptik
membranalar o ‘tkazuvchanligini oshiradi, natijada nerv impulsini
tormozlaydi; nerv to ‘qimasi
nafas faolligini oshiradi; bosh miyada
qon aylanishini yaxshilaydi.
GAMK gammalon yoki aminalon preparatlari sitatida bosh
miya tomir kasalliklarida (ateroskleroz va gipertoniya), miyada qon
aylanishi buzilganda, aqliy zaiflikda, endogen
depressiyalar va bosh
212
miya jarohatlari, shuningdek MNS kasalliklarida qo‘llaniladi.
Biogen aminlarni zararsizlantirish. Biogen aminlaming to ‘planib
qolishi fiziologik jarayonlarga ta’sir etib, organizmda salbiy
o ‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Shu sababdan biogen aminlaini
zararsizlantirish mexanizmlari katta ahamiyatga ega.
Biogen aminlaming inaktivatsiyasi ikki yo‘l bilan boiadi.
1)
metiltransferazalar ta’sirida S-adenozilnietionin (SAM)
ishtirokida metillanish. Bu y o ‘l bilan turli biologik aminlai, lekin
ko‘pincha gistamin va adrenalin inaktivlanadi. Adienalinning
inaktivlanishi orto-holatdagi gidroksil g ‘ruhning metillanish yo li
bilan kechadi. Gistaminning inaktivlanish
reaksiyasi ham asosan
metillanish yo‘li bilan sodir bo‘ladi.
2)
kofermenti FAD bo lgan MAO fermentlari bilan oksidlash
— bu yo‘l bilan dofamin, noradrenalin, serotonin, GAMK
zararsizlantiriladi.
Bunda
biogen
aminlaming
oksidlanishli
dezaminlanishi natijasida aldegidlar hosil bo‘ladi, so‘ngra tegishli
kislotalar hosil bo‘lib buyraklar orqali chiqariladi:
Ushbu
reaksiyalami
katalizlovchi
fermentlar
MAO
va
diaminooksidazalardir (DAO). MAO ning kofermenti bo‘lib FAD,
DAO niki esa - piridoksalfosfat xizmat qiladi.
MAO mitoxondriya-
larda, DAO esa sitoplazmada joylashgan. MAO birlamchi, ikkilamchi
va uchlamchi aminlarni, DAO gistamin, putressin, kadaverin va
qisman alifatik aminlarni zararsizlantiradi. Hosil bo‘lgan aldegidlar
aldegiddegidrogenaza ta’sirida organik kislotalargacha oksidlanadi.
M onoaminlaming oksidlanish yo‘li bilan
dezaminlanishi batafsil
o ‘rganilgan. Bu fermentativ jarayon qaytmas bo‘lib, 2 bosqichda
boradi. So‘ngra hosil bo‘lgan vodorod peroksidi katalaza ta ’sirida
suv va kislorodga parchalanadi.
Aminokislotalaming
uglerod
skeletini
o ‘zgarishi
bilan
boradigan reaksiyalar
Aminokislotalaming uglerod skeletlarini amfibolik mediatorlarga
aylanishi 1940-yillarda maxsus ovqatlanishlar orqali aniqlangan.
Bunda aminokislotalaming uglerod skeleti uglevodlami (13
aminokislota), yog‘lami (1 aminokislota), ham uglevod, ham
yog‘larni (5 aminokislota) hosil qilishi mumkin (7.4-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: