Strategik menejment



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/208
Sana26.03.2022
Hajmi5,08 Mb.
#511463
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   208
Bog'liq
strategik menezhment umk 2020

rejalashtirish 
→ 
tashkil etish 

 motivatsiya 
→ 
nazorat qilish 
B) Aniq maqsadlarni belgilash kompaniya missiyasining umumiy tarifidan aniq 
ish rejalariga o‘tish imkonini beradi. 
Qo‘yilgan maqsad biz istagan natijadan iborat bo‘ladi. Agar yaxshi natijalarga 
erishmoqchi bo‘lsangiz, o‘z oldingizga yaxshi maqsadlar quying. Maq-sadlar qisqa 
muddatli va uzoq muddatli bo‘ladi, yana moliyaviy va strategik ham bo‘ladi. 
Moliyaviy maqsadlar majburiydir, chunki moliyaviy mablag‘ etishmasa, 
kompaniya tang ahvolga tushib qoladi. 
Strategik maqsadlar kompaniyaning bozordagi raqobat mavqeini kuchay-
tirishga qaratiladi. Moliyaviy maqsadlar foyda hajmi, sarmoyalardan qaytim, naqd 
pul tushumi, dividentlar kabi ko‘rsatkichlarni ko‘paytirishga qaratiladi. Ular 
firmaning raqobatbardoshliligini oshirish natijasida rivojlanishning yuqoriroq 
sur‘atlarga, bozordagi salmog‘ini oshirishga, kam xarajatlarga erishishga, 
firmaning obro‘yini oshirishga qaratilgan bo‘ladi. 
V) Maqsadlar natijalardir, strategiya esa ularga erishish yo‘llari sanaladi. 
Strategiyani aniqlash uchun korxonaning ichki holati va tashqi omillar o‘rganilishi 
lozim. Kompaniya strategiyasi odatda quyidagilardan iborat bo‘ladi: 
- chuqur o‘ylangan, maqsadga qaratilgan harakatlar; 


33
- voqealarning kutilmagan rivoji va kuchaygan raqobat kurashiga javob 
berish. 
Strategiya faqatgina menejerlar avvalroq o‘ylab chiqqan harakatlar emas, 
balki kutilmagan vaziyatlarda kiritilishi lozim bo‘lgan tuzatishlar hamdir. 
Strategiyani ishlab chiqish uchun tadbirkorlik iste‘dodi va fikrlashning strategik 
tarzi bo‘lishi kerak. Strategiyani ishlab chiqish mahorati menejerning tadbirkorlik 
iste‘dodiga bog‘liq. 
Menejerning tadbirkorlik mahoratini belgilash mezoni uning yangi strategik 
imkoniyatlarni ko‘ra bilishi va yangiliklarga o‘chligidir. Tadbirkorlik iste‘dodiga 
ega bo‘lgan menejerlar odatda birinchi qaldirg‘ochlar bo‘ladilar. Ular yangiliklarni 
tez o‘zlashtirib oladilar, tavakkalchi bo‘ladilar va keskin yangi strategiyalar 
yaratadilar. 
Kompaniya strategiyasiga tuzatishlar kiritish me‘yoriy oddiy hol hisob-lanadi. 
Ba‘zan strategiyaga o‘zgartirish kiritish zarur bo‘lib qoladi. Kamdan-kam 
hollardagina kompaniya strategiyasi vaqt sinovidan o‘ta oladi. Strategiyani qanday 
qilib yaxshilash mumkin, degan savol menejerni hech qachon tark etmasligi lozim. 
Shuning uchun strategiyani ishlab chiqish dinamik jarayondir. 
Kompaniya strategiyasi mohiyatan qator savollarga javob beradi. Bu savollar 
quyidagilardan iborat: 
-
Ishni qanday rivojlantirish kerak? 
-
Mijozlarni qanday qilib qanoatlantirish mumkin? 
-
Raqiblardan qanday qilib o‘zib ketsa bo‘ladi? 
-
O‘zgaruvchan bozor sharoitlariga qanday javob berish lozim? 
-
Kompaniyaning ayrim funktsional bo‘limlarini qanday boshqarish kerak? 
-
Moliyaviy va strategik maqsadlarga qanday qilib erishish mumkin? 
Strategik ko‘rish va kompaniya missiyasini ishlab chiqish, maqsadlarni 
aniqlash va strategiyani tanlash, kompaniyaning rivojlanish yo‘nalishini 
belgilashda asosiy vazifalardir. Kechikib tuzilgan strategik rejalar yoki o‘z vaqtida 
kiritilmagan tuzatishlar hech qanday natija bermaydi. 
G) Strategshshi amalga oshirish ishlari ma‘muriy vazifalarga kiradi. U 
quyidagilardan iborat : 
-strategiyani muvaffaqiyatli bajarish uchun tashkiliy imkoniyatlar yaratish; 
- mablag‘larni foydali joylashtirish uchun byudjetni boshqarish; 
- firma strategiyasini amalga oshirishni ta‘minlovchi siyosatni belgilash; 
- xizmatchilarning yanada samaraliroq ishlashlari uchun rag‘batlantirish; 
- erishiladigan natija va mukofotlar hajmini bir-biriga bog‘lash; 
-
kompaniyada belgilangan vazifalarni bajarish uchun qulay muhit 
yaratish; 
-
kompaniya personalini ta‘minlovchi ichki sharoitlarni yaratish, ya‘ni har bir 


34
personalning strategik rolini samarali ijro etish sharoitlarini yaratish; 
- ishni doimiy yaxshilash uchun eng ilg‘or tajribalardan foydalanish; 
- ichki rahbarlikni ta‘minlash. 
D) Yuqoridagi 4 ta vazifa bir necha bor qayta ko‘rib chiqiladi, chunki 
yangidan yuzaga keladigan holatlar har xil tuzatishlar kiritishni talab qiladi. Utgan 
tajribalar natijasi va kompaniyaning istiqbol maqsadlari shunday o‘zgartirishlar 
kiritilishga sabab bo‘lishi mumkin. Strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish 
yo‘llarini axtarish doimiy hisoblanadi. Strategiyani amalga oshirishda uning ayrim 
qismlari keraksiz bo‘lgani bois o‘zgartirish talab etiladi. 
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan strategik boshqarish vazifalarining har biri doimiy 
tahlil va qarorlar qabul qilishni talab etadi: ishni belgilangan yo‘nalishda davom 
ettirish kerakmi yoki unga o‘zgartirishlar kiritish kerakmi? Chunki strategik 
menejment doimiy harakatdagi jarayondir. 
Bu besh vazifa bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘langan. Masalan, kompaniyaning 
missiyalariga bog‘liq masalalar muayyan maqsadlar bilan bog‘langan. 
Mazkur besh vazifa alohida holda amalga oshirilmaydi. 
Strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish og‘ir jarayon hisoblanib, 
menejerlardan turli xil harakatlarni talab qiladi. 
Strategik menejmentga doimiy etarlicha e‘tibor berish strategiyani 
takomillashtirish zaruriyatidir. Uni amalga oshirish usullarini yangilash 
strategiyaning sifati, samaradorligini oshirish har bir xodimdan talab qilinadi. 
Strategik boshqaruvning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat: 
Biznes sohasini aniqlash va firmaning asosiy maqsadini ishlab chiqish. 
Firmaning asl maqsadini alohida uzoq va qisqa muddatli faoliyat maqsadlariga 
aylantirish. 
3.
Faoliyat maqsadlariga erishish strategiyasini belgilash. 
4.
Strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish. 
5.
Faoliyatni baholash, vaziyatni kuzatib borish va unga tuzatishlar kiritish. 
Bu bosqichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik 9-rasmda ko‘rsatilgan. 

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish