Ключевые слова:
молодежь Узбекистана, подготовка молодежи к социальной жизни,
сотрудничество махалли и семьи, ответственность родителей, воспитание, решения проблем,
новые точки зрения, креативно мыслящая молодежь.
Annotation.
The article emphasizes that the systematic preparation of young people for social life is an
important task of society; attention is drawn to the place and significance of the mahalla and the family in
the life of young people. The essence of the tasks facing makhallas and families in educating modern youth
as active, fast, smart, knowledgeable, intellectually perfect, patriots, humane people is revealed.
Key words:
youth of Uzbekistan, preparation of youth for social life, cooperation of makhalla and
family, parental responsibility, upbringing, problem solving, new points of view, creative thinking youth.
O‘sib kelayotgan yoshlarni ijtimoiy hayotga izchil tayyorlash doim dolzarb masala bo‘lib kelgan. Yoshlar
masalasi, yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularning tarbiyasi, bilim olishi, shaxs sifatida shakllanishida
faqat davlatimiz, balki dunyo hamjamiyatining asosiy e’tibori qaratiladigan mavzusidir. Yoshlar tarbiyasi
barcha davrlarda muhim masala bo‘lgan. Aynan shu jihatdan yoshlarni hayotga tayyorlash o‘zining ko‘p ming
yillik tarixiga, tajribasiga ega. Bugungi kunda dunyo bo‘yicha 15 yoshdan to 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar
1,2 milliardni tashkil qiladi. Demak, dunyo aholisining 16 foizini yoshlar tashkil qiladi. Hisob bo‘yicha
2030-yilga borib bu raqam yana 7 foizga oshadi va dunyo yoshlarining soni 1,3 milliardga borib еtadi. Bu
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
140
raqam
lar shunchaki sonlar emas, balki juda katta kuchga ega. Yoshlarga komil shaxs bo‘lib yеtishishlari
uchun imkon yaratib berilgan taqdirda, ular dunyoni gullatishga qodir ulkan kuchga aylanadi.
Mamlakatimizning iqtisodiy o‘sishi, ijtimoiy tenglikka erishishi, tolerantligi, sog‘lom turmush tarzining
keng targ‘ib etilishi – bularning bari yoshlar imkoniyatidan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq bo‘ladi. Shu nuqtayi
nazardan O‘zbekiston davlati butun dunyo hamjamiyatining bir bo‘lagi sifatida o‘z yurti farzandlarining
komil inson bo‘lib еtishishlariga katta e’tibor beradi. Bugun O‘zbekiston muhim rivojlanish bosqichini
boshidan kechirmoqda. Yaqin yigirma yil ichida bugungi bolalar va o‘smir-yoshlar O‘zbekistonning asosiy
rivojlantiruvchi kuchiga aylanadilar. Yoshlar O‘zbekistonni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yangi pog‘onaga
olib chiquvchi avlod bo‘ladi.
Aynan ana shu nuqtayi nazardan mamlakatimiz Prezidentining 2019-yilning 8-oktabridagi “O‘zbekiston
Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori,
2021-yilning 18-yanvaridagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23-sonli qarori, 2021-yilni “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi
salomatligini mustahkamlash yili”, deb e’lon qilinishi katta voqea bo‘ldi. Bu qarorlar mamlakatimizning
har bir fuqarosi oldiga, ayniqsa, yoshlar bilan ish olib boruvchi tashkilotlar – oliy va o‘rta maxsus ta’lim
muassasalari, mahalla va oila zimmasiga katta mas’uliyat yukladi. “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti,
Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti oldiga qator vazifalarni qo‘ydi.
Davlatimiz rahbari “O‘zbekiston yoshlariga oid davlat siyosatining 2025-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdaqlash to‘g‘risida”gi qaror haqida to‘xtalar ekan, yoshlarni ijtimoiy hayotga to‘g‘ri
tayyorlashda ta’lim-tarbiya muassasalari, ota-ona va mahallaning uzviy bog‘liqligi masalasiga alohida urg‘u
beradi. Darhaqiqat, bu borada chuqur mulohaza yuritib, izchil dasturlar bo‘yicha ish olib borish nihoyatda
muhim ahamiyat kasb etadi. To‘g‘ri, ta’lim-tarbiya jarayoni jamiyat boshqaruvining muhim bo‘g‘inidir. Bu
borada uzil-kesil ishlab chiqilgan qolip mavjud emas. Ta’lim-tarbiya masalasi doimiy va tinimsiz izlanishni,
rivojlantirilishni taqozo etadi. Bu sohada bog‘cha, maktab, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, ta’lim-
tarbiya dasturlari bo‘yicha shug‘ullanuvchi institutlar, mahalla, ota-ona barobar va hamkorlikda ish olib
borishlari lozim. Bu borada yuqorida qayd etilgan har bir jamoa ham o‘z yo‘nalishida, ham boshqa tashkilotlar
bilan hamkorlikda ish olib borishi lozim. Biroq yoshlar tarbiyasini amalga oshirishda ma’lum muammolar
mavjudligi va yoshlarni hayotga to‘g‘ri tayyorlashda ularning sezilarli darajadi to‘siq bo‘lib kelishi ham
bor gap. Jamiyat tashkilotlari yoshlar tarbiyasi bilan o‘z vaqtida o‘ziga xos ravishda shug‘ullanishlari
darkor. Biroq buning o‘rniga mas’uliyatdan chetlashib, bu muhim masalani bir-biriga solsa, ya’ni bog‘cha
maktabga, maktab mahallaga, mahalla ota-onaga ishonib qolsa, katta muammolar kelib chiqadi. Yuqorida
qayd etilganidek, har bir tashkilot, muassasa, ota-ona o‘z burchi va mas’uliyatini sidqidildan ado etgan
taqdirda va hamkorlikda ish olib borgandagina bu muammolar еchim topadi.
Shu o‘rinda yoshlar tarbiyasi borasidagi ba’zi muammolarga urg‘u berib o‘tishni o‘rinli deb topdik:
1.Tarbiyada ota-onaning roli muammosi. Ko‘p hollarda ota-onalar farzandlari oldidagi mas’uliyatlarini
bog‘cha va maktabga yuklab qo‘yadilar. Ota-onalar ishi ko‘pligini, farzandiga vaqt ajrata olmayotganini
bahona qiladilar. Ba’zi hollarda esa bolani qanday to‘g‘ri tarbiya qilishni bilmaydilar yoki o‘z bolalariga to‘g‘ri
tarbiya berishga ruhan tayyor emasdirlar. Biroq barcha insoniy qadriyatlar go‘dakka tug‘ilgan daqiqalaridan
boshlaboq singdirilishi lozim. Bu jihatdan bolaga eng komil o‘rnak, albatta, ota-onadir.
2. Maktab esa turli yuklamalarga ko‘milib qolib, bola tarbiyasi bilan shug‘ullanishni istamaydi.
3. Bolaga ota-onaning to‘g‘ri tarbiyasi muhimligi asos bo‘lsa, tashqi dunyodan oladigan taassurotlar
ta’siri ham juda muhim. Bugungi kunda bolalarning dunyoni internet, reklama, sotsial tarmoqlar orqali
bilishi, o‘rganishi ularning hayotiga ijobiy yo salbiy ta’sir o‘tkazishini belgilab beradi. Aynan ana shu еrda
bolalar tarbiyasiga putur еtkazuvchi noto‘g‘ri informatsiyalar uzatilishi katta muammodir. Yangilikning
barchasi ham foydali bo‘lavermaydi, degan aqidaga muvofiq ota-onalar o‘z farzandlarining qiziqishlarini
nazorat qilishlari darkor.
4. Kompyuter orqali bilish. Albatta, kompyuter juda muhim va kerakli ma’lumotlarni o‘rganish
imkoniyatidir. U ko‘plab bilimlarga kalit bo‘la oladi, vaqtimiz tejamkorligini ta’minlaydi, dunyoni bilishga
yordam beradi. Bugun multimediya texnikasisiz, elektron prezentatsiyalarsiz, kompyuter texnologiyalarisiz
bilim olish mumkin emasdek hisoblanadi. Biroq, jonli muloqot, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o‘rtasida
Do'stlaringiz bilan baham: |