“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 137 qidirib... O‘zbekistondan, Jizzaxdan, Forishdan topdilar. Qishloqdagi bolalarimiz “zamonaviy emas”, deb
o‘ynamay qo‘ygan harakatli o‘yinlarni o‘rganib, to‘plab olib ketib, o‘zlarining superzamonaviy bolalariga
o‘rgatmoqdalar. Chunki bolalarni sport bilan shug‘ullanishga majbur qilib bo‘lmaydi. Zamonaviy sport
o‘yinlarida insoniy ruh, joziba, zavq kamligi uchun bolalar qiziqmayotgan emish. Bularning barisi – insoniy
ruh, joziba, zavq o‘zbek milliy sport o‘yinlarida mujassam emish. Bu – Yaponiyalik pedagoglarning fikri.
* * * Narimbayeva Lola Kuzebayevna, Maxmudova Oqila Anvarjon qizi, MBJT 20/2 talabasi BOG‘CHA YOSHIDAGI BOLALARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Annotatsiya. Maqolada maktabgacha tarbiyaning to‘g‘ri tashkil qilinishi va olib borilishi inson hayotining keyingi bosqichlarida tutgan o‘rni va ahamiyati haqidagi fikrlar bilidirilgan. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, bola, sensor, aqliy, irodaviy jihatlar. Аннотация. В статье рассматривается роль, значение и влияние правильной организации и проведения дошкольного образования на дальнейших этапах жизни человека. Ключевые слова: дошкольное образование, ребенок, сенсорные, психические и волевые аспекты. Annotation. The article examines the role, significance and influence of the correct organization and conduct of preschool education at the further stages of human life. Key words: preschool education, child, sensory, mental and volitional aspects. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qaroriga asosan, Davlat
maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida Nizom qabul qilindi. Nizomda maktabgacha tarbiya muassasalari
faoliyatini maqsad va vazifalari, moddiy-texnik ta’minoti aniq belgilab berilgan va ko‘rsatilgan. Mazkur
Nizomning ahamiyatli tomoni shundaki, maktabgacha tarbiyaning to‘g‘ri tashkil qilinishi va olib borilishi
inson hayotining keyingi bosqichlari uchun nihoyatda ahamiyatli va dolzarbdir.
Shuning uchun ham maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishni amalga oshirish uchun
tarbiyachilarining malakasini oshirish mazmuni va shakllarini takomillashtirish zarurati paydo bo‘ldi. Dastur
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli, 2017-yil 30-sentabrdagi
“Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-
sonli farmoni, 2017-yil 9-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli qarori va yuqoridagi farmonlar asosida maktabgacha ta’lim muassasalari
tarbiyachilari malakasini oshirish, ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirib borishni nazarda tutadi.
Maktabgacha tarbiya muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan har bir xodim, tarbiyachi, eng avvalo, yosh
davrlari va bolalar psixologiyasini yaxshi bilishi lozim. Rivojlanish psixologiyasi, bolalar psixologiyasi,
yosh davrlari psixologiyasi kabi fanlarning asosiy tushuncha va tamoyillarini to‘g‘ri tushunib olish, bu
tushunchalarni to‘g‘ri idrok etish bolalar bilan ishlashda ularning psixik rivojlanish qonuniyatlarini to‘g‘ri,
to‘liq, tizimli tushunishga imkon beradi.
Rivojlanish – hozirgi holatdan yangi bosqichga o‘tish, oddiydan murakkabiga, quyidan yuqoriga o‘tish.
“Psixikani rivojlanishi” – psixik jarayonlarning miqdor, sifat va tuzilishi bo‘yicha qayta o‘zgarishlarda
namoyon bo‘ladigan vaqt bo‘yicha qonuniy o‘zgarishidir
70
.
Rivojlanish va psixikani rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik va umumiy qonuniyatlar har bir yosh
bosqichining o‘ziga xos miqdor va sifat o‘zgarishlarini, shuningdek, krizislarini ham ifodalaydi.
70
Нишонова З.Т. “Ривожланиш психологияси”. – Тошкент: Шарқ, 2010. – B.3.