Siz aytgan usullardan foydalanishim mening til
kurslariga qatnashim yoki o‘qituvchidan yakka
tartibda tahsil olishimga monelik qilmaydimi?
Sirayam monelik qilmaydi. Til kurslarining
ayrim masalalarda siz uchun foydali bo‘lishi
ehtimoldan xoli emas. Ammo siz fikr qiling.
O‘zingiz uchun foydali bo‘ladigan xulosaga
kelishingiz lozim. Sizda tanlash imkoniyati bor.
Hatto siz til o‘rganish jarayonini o‘zingiz uchun
ruhiy taskinga, psixoterapiyaga aylantirishingiz
ham mumkin. Men kim bo‘libmanki, sizga buni
ta’qiqlasam! Ruhiy xotirjamlik va sog‘lom fikr
o‘nta xorijiy tilni o‘rganishdan ko‘ra muhimroqdir.
Men buni juda jiddiy aytyapman.
Til o‘rganishning dunyo bo‘ylab keng tarqalgan,
muvaffaqiyatli reklama qilinayotgan va fan
93
doktorlari,
professorlar
tomonidan
tavsiya
qilinayotgan usullari haqida nima deysiz?
Bunday «ajoyib» usullarni sanab sanog‘iga yetib
bo‘lmasa kerak, deyman. Ularni qo‘llash
mobaynida albatta qandaydir yo‘nalish, masalan,
grammatikami, o‘qishmi, tarjimami yoki lug‘at
yodlashmi, birinchi darajali bo‘lib qoladi va boshqa
yo‘nalishlarga deyarli ahamiyat berilmaydi. Aslida
bularni har birining o‘z o‘rni mavjud. Til
o‘rganishda asosiysi mutanosiblikdir. Axir siz uy
qurishda tomning mustahkamligi muhimmi yoki
poydevorningmi deya tortishib o‘tirmaysizku,
shunday emasmi? Ularning qay biridandir voz
kechgudek bo‘lsangiz uy bitmaydi. Ammo, uy
qurish uchun eng avvalo tamal toshini qo‘yish
kerakligini unutmang. Umuman, sizdan bir
o‘tinchim, o‘zga uslublar haqida mendan boshqa
so‘ramasangiz. Ehtimol ularning qay biridadir
sog‘lom fikrning uchqunlari uchrab qolar. Ammo
mening risolamni o‘qigach, miyangizda ming vattli
lampochka nur taratayotganday bo‘lishiga imonim
komil.
- Risolangizdagi
fikrlar,
tavsiyalar
juda
qiziqarli. Ammo chet tilini o‘qituvchimizning
fikricha...
94
Aqlli odam til o‘rganishning zamonaviy
usullarini o‘likxona vrachi (patalog-anatom)ning
usullari bilan solishtiradimi? Axir siz bu kasb
egasiga raqs yoki boks sirlarini o‘rganish uchun
murojaat qilmaysiz-ku. To‘g‘ri, u juda bilimli,
ammo uning miyasi odam organizmining eng kichik
hujayralaridan tortib, teri va suyaklarning
to‘qimalari hakidagi turli-tuman ma’lumotlar bilan
to‘la. Qo‘llarida esa tanani ilma-teshik qilib
o‘rganishga, tekshirishga mo‘ljallangan yaltiroq
asboblar, ilmoqlar va yana allambalolar... .
Oksford tomonidan tavsiya etilgan til o‘rgatish
usullarichi? U yerdagi kurslar va usullarda xato
bo‘lishi mumkin emas. Axir bu Oksford!!!
Sizning Oksford, Kembridj yoki qandaydir
Garvardning soyasiga salom berishingizni bilaman.
Sizni tushunishga harakat qilaman. Axir bizda
bunday reflekslarni paydo qilish uchun uzoq yillar
davomida muvaffaqiyat bilan harakat qildilar.
Afsuski, men sizning bu otashin istagingizga sherik
bo‘lolmayman. Chunki har nimaga sajda qilaverish-
dek illatdan qutulganimga ancha bo‘lgan. Bu taxlit
mashhur nomlanishlar bilan meni hadeganda
hayratga sololmaysiz. Mashhur nom ostida ham
hech qanday alohida noan’anaviy usullarni taklif
qilmaydilar. Ularning usullari ham odatiy kam
95
natijali usullardan deyarli farq kilmaydi. Ha,
mashhur dargohlarimiz hech qanday imlo
xatolarsiz, ziyoli odamlar tomonidan bitilgan
qo‘llanmalarni chop etadilar (tahsinlar bo‘lsin!) va
albatta, bu kitoblarning sifati ham chakki emas
(agar ulardagi sahifalarning ikki haftadan so‘ng
jilddan
ajrab
ketishini
hisobga
olmasa).
Shuningdek, ular zamonaviy studiyalarda mahoratli
aktyorlar tomonidan o‘qilgan matnlarni - sifatli
audio va videomahsulotlarni ham taklif qiladilar. Bu
ham albatta, tahsinga loyiq. Ammo eng asosiysi,
bularning barini ular o‘z mashhur jarangdor nomlari
ostida taklif kiladilar va siz endi bu mahsulotlarning
ishonchli yoki ishonchli emasligi borasida bosh
qotirib ham o‘tirmaysiz. Sizga nomning o‘zi yetarli!
Sizning oddiy qalamdan ko‘ra sirtiga mashhur
firmaning nomi zarhal harflar bilan yozilgan
qalamni sotib olishga ishqibozligingizni tushunsa
bo‘ladi. Ammo afsuski, bu qalam qanchalik
jimjimador va chiroyli bo‘lmasin, u o‘sha o‘zimiz
bilgan oddiy qalamdan o‘zga narsa emas, ya’ni u
sizga kompyuterning yoki hatto oddiy yozuv
mashinkasining ham ishini bajarib bermaydi. O‘sha
mashhur Armani, Versache, Dior, Kembridj,
Garvard yoki o‘zimizning Oksford nomi ostidagi
qalamlarning peshtaxtalarda chang bosib yotgan
96
oddiy qalamlardan ortiq joyi yo‘q. Sirtiga yog‘och
yoki
oltin
qoplanganidan
va
qayerda
tayyorlanganidan qat’i nazar dunyodagi hamma
qalamlar bir xil vazifani bajaradi. Ishontirib
aytamanki, Oksford «qalam»lari ham o‘z g‘oyasi,
usuli va hokazolariga ko‘ra sotuvdagi boshqa
«qalam»lardan farq qilmaydi.
Yana bir gapni aytmasam bo‘lmaydi. Keyingi
yillarda Oksford va boshqa mashhur dargohlarda
«baynalminallik» ruhi ustunlik qilmoqda, ya’ni,
endi audiomatnlarni hindlar, pokistonliklar, xitoylar
va ko‘plab boshqa millat vakillari yevropaliklar
qulog‘iga umuman yoqmaydigan aksent bilan
o‘qimokdalar. Harqalay hech kim ingliz tilini hind-
pokiston-xitoycha talaffuzda o‘rganishni istamasa
kerak, a labbay?
Sharq ertaklarida xalifalar xalqning podsholar,
ularning siyosati haqidagi haqqoniy fikrini bilish
maqsadida kiyimlarini o‘zgartirib, el orasida
bo‘ladilar. Kishi bilmas holda xalqning fikr-
mulohazalarini aniqlaydilar va shunga binoan o‘z
boshqaruv
uslublarini
yaratadilar.
Kaminai
kamtarin ham shu muddaoda vaqti-vaqti bilan
internet «ko‘chalari»ga kirib, til o‘rganish san’ati va
mazkur risolam haqidagi kishilarning fikr-
mulohazalari bilan tanishib boraman. Agar qarshi
97
bo‘lmasangiz, siz ham choponingiz belini mahkam
bog‘langda, men bilan safarga otlaning. Qani quloq
solaylikchi...
Men mutaxassisligim bo‘yicha muhandisman.
Kasbim taqozosiga ko‘ra chet tilini o‘rganishimga
to‘g‘ri keldi. Vaholanki, mening otam butun umr
ingliz
tili
bo‘yicha
o‘qituvchilik
qilgan.
Etikdo‘zning bolasi etikka yolchimabdi, degan-
lariday men ham til o‘rganishga ancha kech jazm
qildim. Ammo aniq fanlar vakili sifatida meni chet
tillarini
o‘qitish
va
o‘rganish
tizimidagi
tartibsizliklar, boshboshdoqliklar juda ranjitdi,
hafsalamni pir qildi. Mana ikki yildirki, bu sohadagi
tishga bosgudek ma’lumotlarni, tavsiyalarni
qidiraman. Men bu soha kishisi emasman, shuning
uchun ham mening chetdan turib kuzatishlarim va
baholashlarim xolis bo‘lishi tabiiy.
Albatta bizga bu sohada taklif etilayotgan
yuzlab usullarni sinchiklab tekshirish mumkindir,
ammo nima uchun? Nikolay Fyodorovich
Zamyatkin bizga eng to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatyaptiku.
U o‘z risolasi orqali tilni aynan o‘sha tilda
gapiruvchilar (faqat va faqat o‘sha tilda
gapiruvchilar!) tomonidan o‘qilgan matnlarni
tinglash va anglash orqali o‘rganishni maslahat
bermoqda. 25-30 chog‘li ovozli yozuvdagi matnlar
98
-matritsadagi
dialoglarning
har
birini
til
o‘rganishning
dastlabki
chog‘larida
kunlar
davomida bir necha soat uzluksiz tinglash kerak.
Shundan so‘ng yana bir necha kun davomida xuddi
shu dialoglarni yozma matnga ko‘z yugurtirgan
holda tinglash lozim. Faqat shundan keyingina
baland ovozda (faqat baland ovozda) takrorlanadi.
Chiroyli, to‘g‘ri talaffuzga erishmaguncha bu
jarayon uzluksiz davom ettiriladi.
To‘g‘ri, bu usul biroz qiyin, ammo samarali
ekanligi bilan kishini hayratlantiradi. Men buni o‘z
tajribamdan kelib chiqib aytyapman. Bu jarayonda
kim chidamli bo‘lsa, o‘sha asl mutaxassis bo‘la
oladi.
- Qaysidir chet tilida qanday so‘zlashishning
qonun-qoidalarini bilish bilan o‘sha tilda aynan
shunday so‘zlasha olish o‘rtasida katta farq bor. Har
qanday musiqashunos ham o‘zi yaxshi anglaydigan
musiqiy asarni qoyillatib ijro etib bera olmasligi
mumkin. Til o‘rgatish usullaridagi asosiy muammo
(biz bu o‘rinda til o‘rgatishning haqqoniy usullarini
nazarda tutyapmiz, aslo cho‘ntaklarimizgagina ko‘z
tikadigan g‘irrom usullarni emas) ularda faqat
qanday so‘zlash kerakligi borasidagi qoidalardan
iborat nazariy bilimlarga zo‘r berilganidadir. Bu
qoidalarni amalga tadbiq etish esa oxirgi o‘ringa
99
tushib qolgan. Tilni professional darajada o‘rganish
uchun faqat so‘zlash, so‘zlash va yana so‘zlash
kerak. So‘zlaganda ham baland ovoz va to‘g‘ri
talaffuz bilan so‘zlash lozim. Bizni esa asosan (eng
yaxshi o‘qitiladigan hollarda!) faqat tushunishga
o‘rgatadilar, qanday so‘zlash kerakligini ham aql
orqali, nazariy jihatdan anglaymiz xolos. Tasavvur
qiling, sizga skripkani ko‘rsatadilar, barmoklarni
qayerga ko‘yish va qanday chalishni uzoq hamda
batafsil tushuntiradilar. Siz ham yetuk aqlingiz bilan
barini juda yaxshi tushunganday bo‘lasiz, ammo
hammasi yuzaki. Skripkani qo‘lingizga tutqazish-
ganda esa dovdirab qolasiz.
1-3 yoshli xar qanday bolaning til o‘rganish
borasidagi tug‘ma malakasi siz bilan bizning yuzaki
bilimlarimizdan ko‘ra o‘n chandon a’lo. Ular har
qanday tovush va so‘zlarni baralla ovoz bilan
talaffuz etadilar. Bu bosqichgacha esa kattalarning
so‘zlashlarini uzoq vaqt davomida qunt bilan
tinglagan edilar. Keyin asta-sekin gap tuza
boshlaydilar. Bu jarayon bosqichma-bosqich
muvaffaqiyat bilan davom etadi.
Ta’kidlashdan charchamayman, biz tug‘iliboq
ona tilimizni eng to‘g‘ri usulda o‘rgana boshlaymiz,
vaholanki, chaqaloqda bu borada hech qanday bilim
ham, ko‘nikma ham bo‘lmaydi.
100
Boris Sergeyevning «Miyaning imkoniyatlari»
kitobidan: «Bolakaylar nutq tovushlarini, so‘zlarni
nafaqat talaffuz qilishni, balki ularni qabul qilishni
ham yaxshi biladilar. Bu ikki jarayon bir-biri bilan
shunday chambarchas bog‘liqki, biri to‘liq
bo‘lmagan holda ikkinchisini o‘rganib bo‘lmaydi.
Miyamizda
tovush
va
so‘zlarning
«harakatlanuvchi» va «tovushli» nusxalari saqla-
nadi, lekin biz uchun eng muhimi harakatlanuvchi
obrazlardir. Ularsiz nutqni qabul qilish jarayoni bir
tomonlama bo‘lib qoladi».
Boshqacha aytganda, tildagi (xoh ona tili
bo‘lsin, xoh chet tili) tovushlarni qabul qilish va
farqlash uchun o‘sha tovushlarni baland ovoz bilan
to‘g‘ri talaffuz qilish, eshitish va diqqat bilan
tinglash shart. Til o‘rganish jarayonida muvaffa-
qiyatga eltuvchi yo‘l nutq a’zolarimiz orqali o‘tadi.
Bu suxbatlardan qonun-qoidalarni bilmasa ham
bo‘laverar ekan, degan xulosaga kelib ham
qolyapman. Ammo «bilmoq» so‘zi lug‘atimizda
mavjudligini va qanday narsani anglatishini yoddan
chiqarmagan ma’qul.
Masalan, men marafoncha yugurish nimaligini
yaxshi bilaman. To‘g‘ri o‘zim yugurib ko‘rmagan-
man, lekin yugurish oldidan gavdani biroz oldinga
(aslo orqaga yoki yonga emas) eggan holda
101
oyoqlarni oldinma-keyin qo‘yib turish lozimligini,
yugurishga buyruq berilgach, qattiq nafas olib
oldinga o‘qday uchish kerakligini bilaman.
Miyamdagi shu nazariy tushunchalarimni qo‘llab,
g‘alabaga osongina erishishim mumkinku. Nazariy
bilim - katta kuch!
To‘g‘ri, men buni hali amalda sinab
ko‘rganimcha yo‘q. Agar zarurat bo‘lmasa, o‘tirgan
o‘rnimdan turmasam deyman. Yugurishim shart
emasligini ham «bilaman».
Velosiped minish uchun bu boradagi qoidalarni
bilish shart emas. Axir orangizda kim bolaligida uch
g‘ildirakli velosiped minishdan oldin boshlovchilar
uchun uch g‘ildirakli velosiped minishning nazariy
qoidalarini o‘rgangan?
Chet tilida so‘zlayotganda nutq a’zolarimizning
har bir harakati ona tilimizda so‘zlayotganimizdagi
harakatlardan keskin farq qiladi. Ammo Nikolay
Fyodorovich Zamyatkin tavsiya etayotgan usuldan
tashqari hech bir usulda bu masalaga umuman
e’tibor berilmaydi. Vaholanki aynan nutq
a’zolarining to‘g‘ri harakati tilni professional
darajada o‘rganishning poydevoridir.
Til o‘rganishning bu eng muhim jihati odatda
o‘rganuvchilarning o‘ziga tashlab qo‘yiladi. Go‘yo
u buni o‘zi mustaqil anglashi va o‘rganishi
102
kerakdek. Bu narsa go‘dakni po‘rtanalar quturib
yotgan okean sohiliga olib borib, o‘z holiga tashlab
qo‘ygancha uning o‘zini himoyalashi va suzishni
o‘rganishini kutishday bir gap. Yoki ayrim hollarda
bu masalada qandaydir ilmiy qoidalarni o‘ylab
topadilarki, bu qoidalar qoida mualliflarining
o‘zlariga ham tushunarsiz bo‘ladi.
Nikolay Fyodorovichning mukammal usuli
bizga nutq a’zolarimizning o‘zga til talaffuzi
jarayonidagi eng sezilarsiz harakatlarini ham
dialoglarni baland ovoz bilan qayta-qayta takrorlash
natijasida tartibga solib olish mumkinligini isbotlab
berdi. Bu usulni inkor etib bo‘lmaydi!
Alohida
olingan
gapning
takror-takror
tinglanishida ham katta mantiq bor. Har qaysi
tildagi har bir iborada tovushlarning tebranishi,
ohangi, aytilishi, tavsifi va hokazo xususiyatlari
borasida ko‘p ma’lumotlar bo‘ladi. Bu axborotlarni
bolakaylar juda oson o‘zlashtirib oladilar. Afsuski,
ilmiy qoidalarga o‘ralashib qolgan kattalarda esa bu
masalada «yalang‘och» fikrdan o‘zga narsa yo‘q.
Matritsa juda ko‘p vazifalarni (grammatik,
leksik va hokazo) bajaradi, ammo uning eng asosiy
vazifasi chet tilidagi tovushlarning «sirini
ochish»dir.
103
Matritsani
tinglash
jarayonidagi
asosiy
maqsadimiz so‘zlarni o‘rganish va fikrni anglash
emas (albatta, bu ham ta’qiqlanmaydi). Dialoglarni
tinglash mobaynida begona tovushlarni taniy
boshlaymiz. Ular asta-sekin begona emas,
o‘zimizniki bo‘la boshlaydi.
Dastlab
shovqindan
boshqa
narsani
anglatmagan tovushlar kundan-kunga biz uchun
tushunarli va qadrdon bo‘lib boradi. Ularning bizga
hech qaysi darslik va o‘qituvchi o‘rgata olmaydigan
ohangini his qilamiz. Ha, buni faqat his qilish
mumkin!
Aynan mana shu noan’anaviy va shu bilan bir
qatorda samarali usul - Nikolay Fyodorovich
Zamyatkin usulini barcha til o‘rganuvchilar uchun
tavsiya etgan bo‘lardim.
- «O‘n uchinchi jangchi» filmini eslaysizmi?
O‘sha filmda bir ko‘rinish bor. Antonio
Banderasning qahramoni gulxan yonida isqirt
vikinglar davrasida o‘tirgan paytida vikinglar uni
o‘z tillarida kamsitib, mazax qiladilar. Hech
kutilmaganda u vikinglarga ularning tilida javob
qaytaradi. Vikinglar hayrat va qo‘rquvdan qotib
qoladilar. Axir u hozirgacha bu tildagi biror jumlani
ham bilmas edi-da! Vikinglar undan tilni darrov
104
qanday o‘rganib olganini so‘raydilar. U javob
beradi: «Men tingladim!»
«Men tingladim!» - mana o‘zga til xazinasining
kaliti!
- Agar chiroyli raqs tushishni o‘rganishni
istasang, mahoratli raqqosning harakatlarini diqqat
bilan kuzat va ularni takrorla, aslo raqs
harakatlarining qoidalari va yana allaqanday
nazariyalar bilan o‘ralashma!
Chiroyli va bexato so‘zlashni o‘rganishni
istasang,
leksikasi,
grammatikasi,
talaffuzi
mukammal bo‘lgan notiqni tingla, unga taqlidan
takrorla! Takrorlaganda ham baland ovoz bilan,
o‘xshatib takrorla! «Unday qilish kerak ekan»,
«bunday aytish kerak ekan», degan qoidalar bilan
kallangni to‘ldirma! Hammasi amalda bo‘lsin!
Dastlabki kunlarda dialoglarni tinglashga
ko‘proq vaqt ajratish lozim. Keyin ko‘p kunlar
davomida dialoglarni baland ovoz bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |