Ha, fammatika tildan yaralgan, til
fammatikadan emas!
Mening qadrdon bo‘lib qolgan o‘quvchim, bu
qat’iy va ishonchli hikmatni siz ham quloq-
laringizga quyib oling. Shunda sizni cho‘chita-
yotgan «dahshatli» grammatika oyoqlaringiz ostiga
yiqiladi.
Biz o‘zimizni o‘rab turgan borliq muhit bilan
chambarchas bog‘langanmiz. Jumladan o‘z ona
tilimizga ham. Bizni bog‘lab turgan rishtalar shu
qadar mustahkamki, ularni uzish aslo mumkin
emas.
O‘zga tilni o‘rganar ekanmiz, qarshimizda
butunlay o‘zga olam namoyon bo‘ladi. Yangi borliq
va muhitni kashf eta boshlaymiz. Ammo kundalik
odatlarimiz bizni ortga torta boshlaydi. Oldinga,
yangi dunyo sari
qadam qo‘yishga imkon bermaydi.
Televideniye, radio, gazetalar, musiqalar, yomg‘ir-
dan so‘ng yerdan taralayotgan namxush hidlardan
tortib eshik va telefon qo‘ng‘iroqlarigacha hamma-
hammasi bizni o‘ziga oxanraboday tortadi. Yon-
atrofimizdagi diqqatimizni osongina jalb qilayotgan
har bir narsa chet tilini o‘rganishimizga xalaqit
beradi. Lekin biz ulardan butunlay voz kechib ham
ketolmaymiz.
39
Chet tili chet davlatda, yangi muhit va yangicha
sharoitlarda o‘rganilsa juda yaxshi bo‘lardiku-ya,
lekin buning imkoni bo‘lmagandan keyin tevarak-
atrofga e’tibor kamaytirilgani ma’qul. Televideniye,
radio, musiqa, kitoblar, gazeta va jurnallar, son-
sanoqsiz muloqotlarni vaqtinchalik rejadan o‘chirib
tashlash yoki anchayin qisqartirish lozim.
Dastlabki
besh oyda ulardan butunlay voz kechib turgan
yaxshiroq
. Bu narsa sizning ruhiyatingiz va
jismingizga faqat foyda keltiradi. ayniqsa ona
tilingizdagi adabiyotlarni umuman o‘qimay
turganingiz ma’qul. O‘z
tilingizda gapiradigan
odamlar
bilan
muloqotni
kamaytiring.
O‘rganayotganligingizni biladigan kishilar bilan
suhbatlashing. Agar ona tilingizdagi ichki va tashqi
muloqotlarni kamaytirsangiz yoki to‘xtatsangiz
miyaning ma’lum qismlari faoliyatida sustlashish
yuz beradi va endi ular ishlashga tashnalikni his
qiladi. Miyadagi butun kuch-quvvat yangi
ma’lumotlarni (ular har qancha qiyin bo‘lmasin)
qabul qilishga qaratiladi. Axir bizning niyatimiz
ham aynan shu-ku!
Ishonavering, bu usuldan til o‘rganish
mobaynida Shtirlitsning shaxsan o‘zi foydalangan
edi. Negaki bu juda qadimiy usul.
40
Qadim vaqtlardan buyon ibodatxonalar va
budda maktablarida ta’lim quruq devordan iborat
xonalarda olib boriladi. Miyani hech qanday tashqi
ta’sirlar chalg‘itmasligi darkor. Bu ham bir
ibodatdek gap. Bu holat qancha ko‘p davom etsa,
shuncha yaxshi. Siz ham til o‘rganish davrida
o‘zingizni rohiblarday tuting.
Taxsilni boshlashdan oldin bir-ikki daqiqa
mobaynida yonayotgan shamga tikilib o‘tiring.
Foydasini albatta his qilasiz.
Til o‘rganish davomida sizning yangi
«men»ingiz shakllanadi. Qaysidir qadimiy bitikda
«Kim qancha tilni bilsa, u o‘shancha hayotlarda
yashaydi»
degan hikmatni o‘qigandim. Men bu
fikrga to‘liq qo‘shilmayman. Lekin tilni bilish -
hayotimiz ranginligini orttirishi turgan gap.
Sizning yangi shaxsiyatingiz siz o‘sha xorijiy
tilda fikrlay boshlaganingizdagina shakllangan
hisoblanadi.
Mening yuqorida aytgan tavsiyalarimni bajarish
osonmas. Hatto bu ayrimlar uchun umuman
mumkin emasday tuyuladi. Bu ham tabiiy. Negaki,
inson miyasi turlicha chalg‘ishlarga, tashqi
ta’sirlarga juda moyil bo‘ladi. Aynan bir narsa
ustida diqqatni uzoq vaqt ushlab turish juda
mushkul.
41
Sinf xonasida o‘qituvchining baland ovozi
o‘quvchilar diqqatini birozgina tortib turishi
mumkin xolos. Har qanday chalg‘ituvchi ta’sir
e’tiborni chilparchin qila oladi. Jimjit sinf
xonasidagi mittigina pashsha hammaning diqqatini
bo‘ladi. Kimdir aksirsa ham shunday. Deraza
ortidagi harakatlarniku umuman bee’tibor qoldir-
maymiz. Ammo hech narsaga uzoq e’tibor
qaratmaymiz ham.
Ha, azizim, diqqatni jamlay olmaslik - bizning
asosiy dushmanimiz. Til o‘rganish mobaynida hal
etishimiz shart bo‘lgan eng katta muammolardan
biri - shu. Aynan shu muammoni hal eta olgan
kishiga qolgan qiyinchiliklar cho‘t emas.
Muammoni qanday hal etmoq kerak?
Avvalo, miyamizni yaxshilab «kaltaklaymiz».
Qanday bo‘lardi, dialoglarni ko‘p-ko‘p tinglash
bilanda. Undan keyin baland ovoz bilan matnlarni
o‘qiymiz. Miyamiz ta’zirini yeydi va chet
ta’sirlarga parvo qilmay qo‘yadi. Shundan keyin
diqqatni ushlab turishni o‘rganish kerak. Bu borada
bizga filmlar va kitob mutolaasi qo‘l keladi. Aynan
shu o‘rinda kishining qiziqishlari ko‘p narsani hal
kiladi. Hamma o‘z qiziqqan narsasiga ko‘proq
e’tibor qaratadi. Siz ham qiziqqan janringizdagi
film va kitoblarni tanlab oling. Bu masalada hech
42
kim bilan maslahatlashmang. Detektiv romanlar
yoqadimi?
Marhamat!
Melodramani
xush
ko‘rasizmi?
Bemalol!
Erotik
mavzulardagi
adabiyotni o‘qimoqchimisiz? O‘qiyvering! Bu
bizning sirimiz bo‘la qolsin.
Bu o‘rinda bittagina qoidaga amal qiling:
o‘qing, ko‘ring, faqat o‘zingizga qiziq bo‘lganini,
e’tiboringizni tortadiganini!
Shu yerda men «kilometraj» degan so‘zni
qo‘llamoqchiman. Kilometrajlab kino ko‘ring,
kilometr sahifali asarlar o‘qing, faqat hammasi
o‘rganayotgan tilingizda bo‘lsin.
Har bir tahsilni boshlashdan oldin ma’lum
mashqlarni bajarishni tavsiya qilaman. Bunday
mashqlarni sahnaga chiqish oldidan teatr aktyorlari
ham bajaradilar.
Silovchi harakatlar bilan lablarni, qoshlarni,
peshonani uqalaysiz. Quloqlarni qengilgina cho‘zib
va shapatilab qo‘yasiz hamda quloq solin-
choqlarini uqalaysiz. Aynan shu mashqni jang
oldidan bokschilar bajaradilar. Quloq solinchoqlari
biologik faol nuqta bo‘lib, uni uqalash miyada qon
aylanishining yaxshilanishiga yordam beradi.
Undan keyin tilni lablar ortida va tish hamda
tanglaylar orasida bir necha marta aylantiring.
Lablaringizni ochib, avval tabassum qilganday
43
(buni «ot tabassumi» ham deydilar) harakat qiling,
keyin cho‘chchaytiring. Bu mashqni ham bir necha
marta takrorlang.
O‘zingizda toliqish his qilgan paytlaringizda
ham bu mashqlar ko‘mak beradi. Til o‘rganish
mashgulotlari davomida esa ularni doimo bajarib
boring. Ha, aytganday, mashqlarni birovga
ko‘rsatmasdan bajarganingiz ma’qul. Chunki
atrofingizda bu sohadan bexabar odamlar bo‘lsa,
sizni jinniga chiqarishlari ehtimoldan xoli emas.
Tahsil paytida har 30-40 daqiqadan so‘ng
peshonani va quloqlarni albatta uqalab turing. Bu
mashqlar miyadagi dangasalikni va charchoqni
quvishga yordam beradi. Mayli, bu narsa sizning
maxfiy qurolingiz bo‘la qolsin.
Xo‘sh, endi navbatdagi tavsiyalarga o‘tamiz.
Magnitofondan
dialoglarni
tinglayotgan
paytingizda o‘ta sabrli bo‘ling. Qaysidir so‘zga
tushunmay qoldingizmi, darrov tasmani ortga
qaytaring. Ko‘pchilik bilan dars o‘tayotganda
buning iloji yo‘q. Shuning uchun ko‘proq yakka
holda tinglang. Tushunmay qolgan so‘zlarni
o‘tkazib yubormang. Tushunishingiz va to‘g‘ri
talaffuzni o‘rganishingiz uchun tasmani ortga ming
marta qaytarish kerak bo‘lsa, ming marta qaytaring.
Ko‘pchilik shu o‘rinda zerikib qoladi va erinchoqlik
44
qiladi. Ular menga mashina g‘ildiraklari qumga
botib turgani holda zo‘r berib gazni bosayotgan
haydovchini eslatadilar.
Bu jarayonda tushirib qoldiriladigan hech narsa
bo‘lmasligi kerak. Agar nimadir qolib ketsa, siz
boshi berk ko‘chaga kirib qolasiz. Avvaliga bu se-
zilmaydi, ammo vaqti kelib albatta shunday bo‘ladi.
Axir yaxshiroq eshitmagan narsangizni qanday
qilib to‘g‘ri talaffuz yoki tarjima qila olasiz?
Men bitta dialogni ikki-uch soatlab tinglar edim.
Pulimning
kattagina
qismi
kassetalar
va
batareykalarga sarf bo‘lardi. Axir sizda hozir juda
yaxshi uskunalar bor. Istalgan mavzudagi disklarni
osongina topishingiz yoki o‘zingizga qulay uslubda
kompyuterda yozdirib olishingiz mumkin. Xullas,
imkoniyat borasida xech qanday bahonangiz yo‘q.
Dialog fonida hech qanday chalg‘ituvchi
tovushlar va musiqa bo‘lmasligi kerak. Faqat
dialoglarni eshiting. Kasseta yoki diskingizga
o‘rganilayotgan matndagi gaplarni alohida-alohida
holda yozdirib oling. Bitta gap hech qanday
pauzalarsiz (ikki soniyadan ortiq pauza bo‘lmasin)
yigirma daqiqa davomida qaytarilsin. Masalan, «Bu
kecha London osmoni rutubatli edi. Bu kecha
London osmoni rutubatli edi. Bu kecha London
osmoni rutubatli edi...»
45
Kurslarda eshitiladigan dialoglarda odatda
sezilarli pauzalar bo‘ladi. Bu pauzalar e’tiborni
chalg‘itishga xizmat qiladi xolos. Bu narsa menga
restoranda sizdan buyurtma qabul qilib olib, ancha
vaqt yo‘q bo‘lib ketadigan va qaytib kelib desert
uchun nima buyurishingizni so‘raydigan befarosat
ofitsiantkalarni eslatadi.
Hozirgina sizga tavsiya etgan usulim tasmani
qayta-qayta ortga qaytarishdan sizni xalos etadi.
Yigirma daqiqa davomida to‘xtovsiz qaytarilgan
gapni yaxshi ilg‘ab ololmagan odamni esa anqov
deyishdan o‘zga ilojimiz yo‘q. U bizning oramizda
nima qilib yuribdi?
Matn tinglash uchun eng sifatli moslamalarni
tanlang. Quloqlaringizga hech qanday tashqi
ovozlar
kirmasin.
Astoydil
urinayotgan
miyamizning qayeridadir ichki bir kuch arzimasday
tuyuladigan chalg‘ituvchi ta’sirni kutib yotganini
unutmang. Bu kuch bir soniyada bir kunlik
mehnatingizni chippakka chiqarishi ham mumkin.
Matn tinglash mobaynida albatta uning yozma
shakliga ham ko‘z yugurtirib borasiz. Siz matnni
shunday yozib oling-ki, faqat qisqa pauzalar
paytidagina
ko‘zingizni
ikkinchi
varaqqa
olishingizga to‘g‘ri kelsin. Ketma-ket o‘qilayotgan
jumla davomida daftar varaqlashingizga to‘g‘ri
46
kelmasin va begona tildagi so‘zlarni hech qachon
qisqartirib yozmang.
Yuqoridagi masalalarga e’tibor berishga
arzimaydigan mayda-chuyda narsaday qaraydilar.
Bu arzimasday tuyulgan jihatlarni men chivinga
o‘xshataman. Chivinlar aynan hamma ishlarni
tugatib,
oyoq-qo‘llarni
uzatgan
rohatijon
damlaringizda o‘z ishlarini boshlaydilar. Demak,
siz hamma ishni to‘liq bajarmabsiz: chivinlar
o‘ldirilmabdi... .
Mening muhtaram o‘quvchim, men sizning
kitobsevar ekanligingizga ishongim keladi. Nega
ham ishonmay?! Siz axir ziyoli odamsiz. Bo‘sh vaqt
topildi deguncha qo‘lingizga kitob olishingiz meni
juda quvontiradi. Ziyoli odamlar kitobdan umr
bo‘yi ayrilmaydilar. Bu gaplarni nega nima uchun
aytayotganimni bilasizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |