N. F. Zamyatkin


Bu yo‘nalishda ko‘zlangan niyatga erishish



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/20
Sana26.03.2022
Hajmi0,69 Mb.
#510919
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
@kitobmakon Sizga xorijiy tilni o‘rgatib bo‘lmaydi

Bu yo‘nalishda ko‘zlangan niyatga erishish 
uchun yil davomida kamida ming soat 
shug‘ullanish 
kerak

Bundan 
tashqari 
o‘rganilayotgan tilda yozilgan uch ming 
sahifadan iborat matnni o‘qib, tarjima qilish 
lozim. 
Bu mashg‘ulot kishidan qat’iy rejani talab 
qiladi. Agar bir kunda til o’rganish uchun uch soat 
vaqt ajratgan bo‘lsangiz, uning ikki soatini 
o‘rganishga, bir soatini esa dialog yoki matnlarni 
tinglashga sarf qiling. Shundan keyin ikki yoki uch 
soat davomida matn o‘qing va tarjima qiling. 
Avvaliga lug‘atlardan foydalanasiz. Asta-sekin 
so‘zlarning tarjimasi xotirangizda qoladigan 
bo‘ladi. Bu ko‘r-ko‘rona lug‘at yodlashga 
karaganda ancha samarali va foydali usul. Bir 
yildan keyin qarabsizki, chet tili sizga o‘z ona 
tilingizday qadrdon bo‘lib qoladi. 
Endi siz uchun yangi va keng imkoniyatli 
bosqichlar boshlanadi. Bu ish uchun sizdan ortiqcha 
kuch talab qilinmayotganini seza boshlaysiz. Lekin 
bir yil juda oz muddat. O‘z ustida nazorat 
yuritmagan odam yangi bosqichga ikki yoki uch 
yilda yetib kelsa ham ajablanmagan bo‘lardim. 
Ammo siz haqingizda bunday xulosa chiqarishni 
istamayman, mening tirishqoq o‘quvchim. 


30
Ana shu birinchi va eng qiyin bir yillik 
bosqichdan o‘tish uchun AQSH Mudofaa 
Vazirligining Montereydagi xorijiy tillar institutida 
talabalar bir kunda olti soat mobaynida o‘quv 
xonalarida o‘qituvchi hamkorligida shug‘ulla- 
nadilar. Darsdan keyingi ikki soat davomida esa 
uyga berilgan topshiriklarni bajaradilar. Bunday 
tartib tilni to‘laqonli o‘rganish garovidir. 
«O‘h-ho‘, bu qiyin ish ekan. Men buni uddalay 
olmayman. Bunga kuchim ham, vaqtim ham 
etmaydi. Axir ishdagi odam bo‘lsam», - deyapsiz-
a? To‘g‘ri eshitdimmi? Eh, mening o‘ta band 
o‘quvchim, siz hali kim bilan ish boshlaganingizni 
bilmaysiz shekilli. Meni har qanday bo‘lmag‘ur 
gaplarga ishontirish aslo mumkin emas. Endi 
ijozatingiz bilan, sizning kun davomida nimalar 
bilan mashg‘ul bo‘lishingizga bir ko‘z yugurtirib 
chiqsak. 
Uyqudan turgach, yuvinib-taranib, nonushta 
qilasiz. Shu qisqagina vaqt davomida televizor 
ko‘rish uchun qimmatli vaqtingizdan albatta ulush 
ajratasiz. Kiyinib, ishga jo‘naysiz. O‘n besh yoki 
o‘ttiz daqiqani yo‘lga sarflaysiz. Shunday qilishga 
majbursiz. Ammo shu paytlarda qulog‘ingiz bo‘sh 
bo‘ladiku. 
Hozir 
texnika 
juda 
maromida 
rivojlangan. Ko‘cha-ko‘ylarda qulog‘iga moslama 


31
takib olib, musiqa eshitib ketayotgan yoshlarga 
ko‘zingiz tushgandir. Siz ham pleyer sotib olib, 
sanab o‘tilgan vaqtlar mobaynida chet tilidagi 
matnlarni tinglashingiz mumkinmi? Bu usuldan 
ko‘pchilik foydalanadi. Kechki paytlari uyqudan 
oldin ikki soat vaqtni matn o‘qib, tarjima qilishga 
sarflash mumkin. Ozroq mulohaza kilingchi, siz 
uchun oqshomlari vaqtingizni bemalol band 
qilayotgan serial-u, teleko‘rsatuvlar shu qadar 
ahamiyatlimi? Siz yaxshisi menga bo‘sh 
vaqtingizni topishga ko‘maklashing. 
Ha, aytganday, hamkasblaringiz-u, tanish- 
bilishlaringiz bilan yuzma-yuzmi yoki telefondami 
g‘iybatlashadigan qimmatli daqiqalaringiz mavjud- 
ligini ham esdan chiqarmang. Nimani astoydil 
qidirsangiz, albatta topasiz. Jumladan vaqtni ham. 
Ayniqsa jiddiy yumushlar uchun. 
Yana qayta uqtiraman, o‘zingizga javob 
berolmasangiz, tilni tinch qo‘ying. 
Bu sohada meni tashvishlantiradigan yana bir 
jihat bor: dialoglardagi ohangdorlikning buzilishi. 
Ingliz tilini o‘rganayotgan odam inglizcha 
ajablanishi, savolni ham inglizcha ohangda berishi 
va o‘sha ohangda tasdiqdlashi yoki inkor etishi 
kerak. Afsuski, hech qaysi o‘qituvchi bu masalaga 
e’tibor ham bermaydi. Axir har bir tilning o‘ziga 


32
xos ohangi bo‘ladi. Bunday jihatlarga ahamiyat 
bermaydigan «mutaxassislar» tufayli bilimlari- 
mizda kemtiklar paydo bo‘ladi. 
Yo‘limizda uchraydigan g‘ovlardan yana bittasi 
- uyquchanlikdir. Istaysizmi-yo‘qmi, chet tilidagi 
matnlarni mutolaa qilayotganda kishini uyqu eltadi. 
Iljayishga shoshilmangda, matnlarni baland ovozda 
o‘qish kerakligi to‘g‘risidagi tavsiyalarimni eslang. 
Ular bejiz aytilmagan. Aynan uyquchanlikni 
bartaraf qilish kerakligi to‘g‘risida, xuddi kelishib 
olingandek, hech kim lom-lum demaydi. Garchi bu 
holat hamma o‘rganuvchilarga xos bo‘lsa ham. 
Nega shunday?
Uyquchanlik ham o‘z tinchining 
buzilishini istamayotgan miyamizning qarshilik- 
laridan bittasi. Miya juda tinch, lekin qat’iy turib 
bizning istaklarimizga qarshilik qiladi va kamdan-
kam holatlardagina g‘olib bo‘ladi. Uyquchanlik 
matnlarni tinglash mobaynida ham yuz beradi. Siz 
uyquni haydashga harakat qilasiz va unga qarshi o‘z 
bilganingizcha kurasha boshlaysiz: yuzingizni 
sovuq suvda yuvib kelasiz, achchiqqina kofe ichasiz 
yoki bir aylanib kelasiz va... uxlab qolasiz. Negaki, 
siz aynan ishlashni
 
istamayotgan miyaning 
buyruqlarini bajardingizda. U sizni o‘zini 
qiynayotgan aqliy mashg‘ulotdan chalg‘ita oldiku. 
Siz shu tariqa o‘z ichingizdagi dangasa, ammo 


33
ayyor dushmanga yengila boshlaysiz. Xo‘sh, 
qanday yo‘l tutmoq kerak? 
Matnni o‘qiyotgan paytda baland ovoz 
uyquchanlikni yengishga ko‘mak bera oladi, 
albatta. Lekin tinglayotgan vaqtdachi? Bitta to‘g‘ri 
usul bor: harakatlanib tinglash. Aynan shu o‘rinda 
ham mening til o‘rganish san’ati mustaqillikni 
sevishi to‘g‘risidagi fikrlarim o‘z isbotini 
topmoqda. Hammamiz ortiqcha harakatlarsiz, bir 
joyda o‘tirgan holda bilim olishga odatlanganmiz. 
Maktablardagi tizim shuni taqozo etadi. Orqa 
Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish