90
mavjud. ko'rinish usullari - “Режимы просмотра”, ko'rsatish - “Показ”, ko'lamli
- “Масштаб”, oyna - “Окно”, makros - “Макросы”
8-rasm.
Ko’rinib
turibdiki,
har
bir
menyu
ma’lum
vazifani
o’zida
mujassamlashtirgan.
MOBIL ILOVALAR YARATISHDA HTML5 TILIDA
IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI
Sodiqjon T., talaba Tojimatov D.X.
Farg`ona davlat universiteti
Bugungi tezkor davrda axborot texnologiyalari sohasida yaratilgan va yaratib
kelinayotgan, ma’lum bir masalalarni hal qilishga
qaratilgan texnikalar va
ularning dasturiy ta’minotlari tobora rivojlanib, mukammalashib bormoqda.
Shular misolida web-brauzerlar ekraniga ma’lumotlarni standart kodlar orqali
chop etish imkoniyatini beruvchi gipermatnli belgilash tili ya`ni HTML (Hyper
Text Markup Language)da ham ma’lum qiyinchiliklar va xatolarni bartaraf etish
maqsadida uning bir nechta versiyalari ishlab chiqilgan.
Biz ushbu maqolada
HTMLning 5-versiyasiga kiritilgan yangi elementlari asosida mobil ilovalar
yaratish texnologiyasini ko’rib chiqamiz.
HTML5 - HTMLning yangi versiyasi bo'lib, uning standartlarini ishlab
chiqish jarayoni yakuniga yetmagan bo'lsada, kiritilgan
yangiliklarning bir
qismini bugungi kundagi ko'pchilik brauzerlar "tushunadi". Shu sababli HTML5
ning yangi imkoniyatlaridan web-saytlar yaratishda foydalanish mumkin.
HTML-5da HTMLdagi qat`iy sintaksisdan voz kechilib, HTML-4 dagi
qulayliklar ya`ni teglarni xohlagan registrda yozish, ba`zi
teglarni yopmaslik,
mohiyatlarda qo'shtirnoqni qo'ymaslik va shu kabi erkinliklar saqlab qolingan.
HTMLning yangi versiyalaridagi o’zgartirishlarni ko’rib chiqamiz.
Brauzerga hujjat tipini ko'rsatish uchun mo'ljallangan. Agar
doctype ko'rsatilmasa, Brauzer o'z rejimini o'zgartiradi. Bunda HTML-5 ning
ba`zi imkoniyatlari ishlamaydi va hujjatni aks ettirishda xatoliklar kelib chiqishi
mumkin. Doctype registr tanlamaydi va ikki so'zdan iborat bo'lib, odatda
hujjatning birinchi qatorida joylashtiriladi.
HTML5 da Doctype quyidagicha e`lon qilinadi:
Hujjat kodining validligini tekshirishda ham,
validator Doctypega asosan
tekshirish qoidasini tanlaydi. Hujjatni vizual rasmiylashtirish CSS zimmasiga
o'tganligi va ba`zi bir teglarga ehtiyoj kamayganligi, yoki o'rniga ma`qulroq teg
qabul qilinganligi sababli HTML-5 tarkibiga oldingi standartdagi teglarning bir
qismi kiritilmagan.
91
Bular: basefont, big, center, font, s, strike, tt, u, frame,
frameset,
noframes, acronym, applet, teglaridir. Teglardan tashqari ba`zi atributlar ham
HTML-5 ga kiritilmagan.
Bular: align, link, vlink, alink, text, bgcolor, height va width, scrolling,
(iframedan), valign,
hspace va vspace, cellpadding, cellspacing va border (table-
dan).
Sahifani mantiqiy sohalarga bo'lish uchun, yangi strukturaviy semantik teglar
qabul qilingan. Bu teglar hujjat strukturasini yanada tushunarliroq bo'lishiga
yordam beradi. Umumiy
tegidan farqli ravishda, mantiqiy ma`noga ega
bo'lgan bu teglar, hujjat bilan ishlashda orientir olishni osonlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: