Mehmonxonalarda kadrlarni rejalashtirishning nazariy asoslari
Reja
1.Kadrlarni rejalashtirish mohiyati
2.Kadrlarni rejalashtirish maqsad va vazifalari.
3.Kadrlar bilan ishlashning tezkor rejasi.
Fan-texnika taraqqiyoti va bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan bog‘liq, tashkiliy yangiliklarning joriy etilishi mehnat sharoitini yaxshilash bilan bir qatorda insonning bilim darajasi va ruhiyfiziologik imkoniyatlariga yangi talablar qo‘ydi.
Bu, o‘z navbatida, yuqori malakali kadrlarga va ishlab chiqarishning ruhiy-fiziologik talablariga javob beradigan kadrlarga bo‘lgan tanqislikni oshirdi.
Kadrlarni rejalashtirish shundan iboratki, u odamlarga zarur vaqtda va kerakli miqdordagi ish o‘rinlarini ularning qobiliyatlari, mayllari va ishlab chiqarish talablariga muvofiq ta’minlashni vazifa qilib qo‘yadi. Ish o‘rinlari unumdorlik va
asoslash nuqtai nazaridan ishlovchilarga o‘z qobiliyatlarini eng maqbul tarzda rivojlantirish, mehnat samaradorligini oshirish imkonini berishi, insonga xos mehnat shart-sharoitlarini yaratish va mehnat bilan bandlikni ta’minlash talablariga javob berish lozim.
Kadrlarni rejalashtirish tashkilot manfaatlari nuqtai nazaridan ham, uning xodimlari manfaatlarini ko‘zlab ham amalga oshiriladi. Tashkilot uchun kerakli vaqtda, kerakli o‘rinda, zarur miqdorda hamda tegishli malakaga ega bo‘lgan xodimlarga ega bo‘lish muhimki, ular ishlab chiqarish vazifalarini hal qilish, uning o‘z maqsadlariga erishishi uchun zarur bo‘ladi.
Kadrlarni rejalashtirish ancha yuqori mehnat unumdorligini qo‘lga kiritish
va ishdan qoniqish hosil qilish uchun shart-sharoitlar yaratib berishi lozim. Odamlarni – birinchi navbatda, o‘z qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart sharoitlar yaratib berilgan, yuqori hamda doimiy ish haqi olib turish kafolatlangan ish o‘rinlari jalb qiladi. Tashkilotdagi barcha xodimlarning manfaatlarini hisobga olish kadrlarni rejalashtirish vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shuni yodda tutish kerakki, kadrlarni rejalashtirish tashkilotdagi umumiy rejalashtirish jarayoniga qo‘shilib ketgan taqdirdagina samarali bo‘ladi.
Kadrlarni rejalashtirish xodimlar bilan ishlashning tezkor rejasida birlashtirilgan va o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan butun bir tadbirlar majmuini amalga oshirish orqali ro‘yobga chiqariladi.
Personal bilan ishlashning tezkor rejasini ishlab chiqish uchun maxsus tayyorlangan anketalar yordamida quyidagi axborotlarni to‘plash zarur:
— personalning doimiy tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ismi, otasining ismi, familiyasi, turar-joyi, yoshi, ishga kirgan vaqti va hokazolar).
— personalning tuzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (malakasi, jinsi, yoshi, millati, nogironlar, ishchilar, xizmatchilar, malakali ishchilar va shu kabilarning salmog‘i);
— kadrlar qo‘nimsizligi;
— bekor turib qolishlar, kasallik natijasida vaqtning bekor sarf bo‘lishi;
— ish kunining davom etishi haqidagi ma’lumotlar (to‘liq yoki qisman band bo‘lganlar, bir smenada, bir necha smenada yoxud tungi smenada ishlovchilar), mehnat ta’tillarining qancha davom etishi;
— ishchi va xizmatchilarning ish haqi (uning tuzilishi, qo‘shimcha ish haqi, ustamalar, tarif bo‘yicha va tarifdan tashqari to‘lovlar).
Personalning tashkilot bilan o‘zaro hamkorligi jarayonida ularning o‘zaro moslashuvi vujudga keladi, uning asosini personal tomonidan sekin-asta mehnatning yangi kasbiy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlariga kirib borishi tashkil etadi.
Ko‘nikishning ikki yo‘nalishi ajratib ko‘rsatiladi:
— boshlang‘ich ko‘nikish, ya’ni kasb faoliyati tajribasiga ega bo‘lmagan yosh kadrlarning moslashuvi (odatda, mazkur holatda gap o‘quv yurtlari bitiruvchilari haqida boradi);
— ikkilamchi ko‘nikish, ya’ni kasb faoliyati sohasida tajribaga ega bo‘lgan xodimlarning moslashuvi (odatda, bular faoliyat obyektini o‘zgartiruvchilar yoki masalan, rahbar lavozimiga o‘tganda kasbiy rolini o‘zgartirganlar).
Personalga sarflanadigan xarajatlar tashkilotning ishlab chiqarish va ijtimoiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Personalga sarflanadigan xarajatlar ulushi mahsulot tannarxida ortib boradi, bu esa, quyidagi omillar bilan bog‘liqdir:
— mehnat unumdorligi bilan xodimlarga sarflanadigan xarajatlar o‘rtasida bevosita bog‘liqlikning yo‘qligi;
— personalning malakasiga tobora yuqoriroq talablar qo‘yadigan yangi texnologiyalarning joriy qilinishi;
— mehnat huquqi sohasidagi qonunlarning o‘zgarishi, yangi tariflarning paydo bo‘lishi, eng zarur tovarlar (kundalik ehtiyoj uchun kerak bo‘ladigan) narxlarining ortishi (tashqi omillar).
Do'stlaringiz bilan baham: |