3
5-ШЎЪБА.
ДАСТУРИЙ ТАМИНОТ ВА ОБЪЕКТГА МЎЛЖАЛЛАНГАН
ТЕХНОЛОГИЯЛАР
ALGORITMLAR ASOSIDA DELPHI TILIDA AMALIY DASTURLASH
YARATISH TEXNOLOGIYASI
Abdullayev E.Z.
Andijon davlat universiteti
Dasturiy ta’minotni ishlab chiqarish texnologiyasi sifatida quyidagilar
nazarda tutiladi:
1. Qo‘llanilayotgan EXMning barcha dasturlash vositalaridan foydalangan
holda dasturlash usullari, dasturiy ta’minot
ishonchliligi, dasturiy ta’minot ishi
xarakteristikalarini baholashni, loyihalash sifatini va dasturlar ishlab chiqarish
vositalarini ko‘zda tutib dasturiy ta’minotni yaratish.
2. Dasturiy ta’minot ishlab chiqarish texnologiyasi sifatida
umumlashtirilgan va tizimlashtirilgan bo‘limlar majmuasiga,
dasturlash
jarayonini optimal ravishda olib borish yo‘llariga aytiladiki, bu yo‘llar berilgan
xususiyatlarga ega bo‘lgan dasturlash maxsulotini yaratishga olib keladi.
3.
Mutaxassislar talab qilingan darajadagi professional madaniyatga
ega bo‘lib, bular iloji boricha ishlab chiqarish quvvatini oshirishi lozim bo‘ladi.
Bu jarayonga dasturiy maxsulot yaratilishiga bo‘lgan talabdan
boshlab uni tugatishgacha bo‘lgan va bu mahsulotni foydalanuvchiga topshirishga
va zarur bo‘lgan xollarda maxsulotni o‘zgartirishga ketgan vaqt kiradi.
Dasturlash algoritmni yaratishdan boshlanadi. Algoritm deb, qo‘yilgan
masalani yechishga qaratilgan, xisoblash
jarayonini ifodalovchi, boshlang‘ich
ma’lumotlardan izlanayotgan natijani keltirib chiqarishga qaratilgan jarayonga
aytiladi.
Xar bir dasturlovchi ma’lum bir vaqt mobaynida dastur yozib, o‘zining
ma’lum bir yo‘nalishiga ega bo‘ladi. Dasturlashtirish yo‘li deganda mohir
dasturchilar qo‘llaydigan shunday usullar ko‘zda tutiladiki,
bunda dasturlar
to‘g‘ri, ishonchli, samarador, yengil o‘qiluvchan qo‘llashga qulay ko‘rinishda
bo‘ladi. Demak, xar qanday dastur shunday yozilmog‘i kerakki, masalani
qo‘yilishi bilan tanish bo‘lmagan har qanday dasturchi bu dasturni bemalol
tushunish imkoniyatiga ega bo‘lsin, ya’ni dasturlar mashinalar tomonidan emas,
odamlar tomonidan yengil o‘qilmog‘i lozim.
Odatda dasturning yengil
o‘qiluvchanligini strukturali dasturlash ko‘rsatkichlari orqali ta’minlash mumkin.
Butun dasturni tashkil qilgan bloklar, modullar zinasimon pog‘onani tashkil
qilish lozim. Dasturlarda qo‘llaniladigan har bir tarkibiy operator o‘ziga nisbatan
tashqi bo‘lgan boshqa tarkibiy operatorga nisbatan bir-ikki pozitsiya o‘ngroqqa
siljitilgan bo‘lishi lozim. Har bir tarkibiy operator qaysi satxda boshlansa, unga
qarashli yakuniy operator ham xuddi shu satxda joylashishi lozim. Dasturlashda
shartli va sikl operatorlari qisqa ko‘rinishga ega bo‘lsa, ularning har biri bittadan
4
satrni egallashlari tavsiya qilinadi: shartli va sikl operatorlarining uzun
ko‘rinishidan foydalanishga to‘g‘ri kelsa, har bir shoxchadagi xarakatlar ketma-
ketligi alohida blok sifatida ajratilishi qulaydir. Agar har
bir operator bitta sathga
sig‘masa, bu operatorni keyingi satrdan ma’noga ega ko‘rinishda ma’lum bir
siljish bilan aks ettirish tavsiya qilinadi. Dastur tarkibiga kiruvchi barcha belgilar
satr boshiga chiqarilib butun dastur matnidan ma’lum bir ko‘rinishda ajralib
turishi qulaydir.
Delphi muxitida ko‘plab komponentalar mavjud bo‘lib, ularning vazifasi
ham turlichadir. Qo‘yilgan masalani hal qilish uchun zarur bo‘ladigan
komponentalarni to‘g‘ri tanlab olish juda muhimdir. Qo‘yilgan masalani hal
qilishda quyidagi komponentalardan foydalanildi:
- GroupBox – sohalarni ajratish uchun xizmat qiladi.
- Button – biror jarayonni amalga oshirishda bosiladigan tugma.
- BitBtn – maxsus vazifali tugma.
- Label – biror ma’lumotni ekranga chiqarish uchun xizmat qiladi.
- RichEdit - ma’lumotlar to‘plamini ekranga chiqaruvchi maxsus oyna
(Memo dan imkoniyati ko‘proq).
- MainMenu – yuqori asosiy menyuni yaratishda qo‘llaniladi.
- Edit – ma’lumot kiritish uchun qo‘llaniladi.
- Bevel – xoshiyalarni bezashda qo‘llaniladi.
- RadioButton – faqat bittasini tanlash imkoniyatini beruvchi komponenta.
- RadioGroup – RadioButton komponentalarini
guruxlab oluvchi
komponenta.
- CheckBox – belgilash imkoniyatini beruvchi komponenta.
- ListBox – ma’lumotlarni menyuli chiqarish uchun xizmat qiladi.
- PopupMenu – sichqonchaning o‘ng tugmasi bosilganda chiqadigan
menyu.
- StatusBar – holat satrlarini namoyish etishda qo‘llaniladi.
- Timer – vaqt orqali ishlashda qo‘llaniladi.
Ta’kidlash kerakki, Delphi dasturlash vositasi Paskal dasturlash tili oilasiga
mansub bo‘lganligi uchun, undagi asosiy operatorlar (buyruqlar) Paskal
dasturlash tili kabi bo‘ladi. Ammo, Delphi dasturlash vositasida qo‘shimcha bir
qator imkoniyatlar mavjudki (masalalan yangi modullar, komponentalar hamda
operatorlar), bu imkoniyatlar Delphi dasturlash vositasining Paskal dasturlash
tilidan katta ustunlik qilish imkoniyatini beradi. Delphi dasturlash vositasining
Paskal dasturlash tiliga nisbatan asosiy afzalliklarini quyida sanab o‘tamiz.
1)
Dinamik massivlar bilan ishlash imkoniyati yuqori.
2)
Komponentlar orasida o‘zaro ma’lumot almashinish imkoniyati qulay.
3)
Modul yaratish yoki tayyor modullardan foydalanish imkoniyati
yuqori.
4)
Komponentalar ob’ektli dasturlash imkoniyatini beradi va bu o‘z
navbatida dasturning har tomonlama ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi.
5)
Tezkorlik borasida ustunlik qiladi.
5
6)
Natijalarni olish, testlash va xatoliklarni tuzatish bir muncha qulay.
7)
Delphi dasturlash vositasida qayta ishlash mumkin bo‘lgan
ma’lumotlar turi ko‘p, shuning uchun ham hozirgi kunda deyarli har
qanday amaliy masalalarni Delphi da hal qilsa bo‘ladi.
8)
Zamonaviy dizayn asosida dastur yaratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: