“Ilm-zakovatimiz – senga, ona-Vatan!” mavzusidagi Respublika onlayn
ilmiy-amaliy anjumani materillari
77
sotadi, xolos. Qarabsizki, yana oʻsha uzun navbatlar. Ayollar misolida koʻraylik,
nazariyada uy roʻzgʻor ishlariga sarflangan vaqt, uydan tashqarida ishlash uchun, ya'ni pul
topish uchun mavjud boʻlgan vaqtni qisqartiradi degan bir absolyut fikr bor. Shu oʻrinda
bir fakt: 2014 - yilda Ukrainada 15 yoshdan 60 yoshacha ishchi kuchidagi oliy ma'lumotli
ayollarning 70% band boʻlgan. Nima uchun? Chunki bu yerda muqobil xarajatlar yoki
imkoniyat bahosi hisoblangan, tabiiy ravishda. Agar oliy ma'lumotli ayol uyda oʻtirsa, hech
qayerda ishlamasa, bu ayol biror joyda ishlaganidan qimmatga tushadi. Iqtisodiyot
nazariyasidan ma'lumki, uydan tashqarida ishlamaslik qanchalik qimmatga tushsa,
shunchalik kam ayollar uyda oʻtirishni afzal koʻradilar. Masalan pulning ham muqobil
xarajati bor. Deylik, siz oyoq kiyim olmoqchisiz. Bozorga borsangiz ikki xil narx.
Turkiyaning tovari narigisiga qaraganda 67.000 soʻm qimmat va siz oʻshani oldingiz.
Natijada endi siz qaysidir ehtiyojingiz uchun 67.000 soʻm kamroq pul ajratishingizga
toʻgʻri keladi...Xullas, muqobil xarajatlar iqtisodiyotning eng muhim gʻoyasi, qaytarishdan
qoʻrqmayman-eng muhim gʻoya. Ba'zan muqobil xarajatlarni hisobga olmaslik ayanchli
vaziyatlarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun tanlov qabul qilish oldidan muqobil
variantlar haqida ham oʻylab koʻrgan yomon emas, albatta! Bundan tashqari Mankiv tabri
bilan aytganda, iqtisodiyotning birinchi tamoyili - "Insonlar odatda tanlov, kelishuv qilish
holatlariga duch keladilar". Real holatda, biz oʻzimiz yoqtirgan nimanidir olmoqchi
boʻlsak, odatda boshqa bir yoqtirgan narsamizdan voz kechishimizga toʻgʻri keladi. [1]
Biror jarayonda tanlov qarorini qabul qilishimiz, oʻsha jarayonning boshqa bir muqobiliga
qarshi boʻlishimizga majbur qiladi. Masalan, abiturient oʻzining eng qimmatli resursi
boʻlgan vaqtni toʻgʻri taqsimlashi kerak boʻlgan bir jamiyat a'zosi. U koʻp vaqtini deylik
tarix fanini oʻqishga sarf qiladi yoki ingliz tiliga. Lekin har ikkisi ham muhim boʻlsa,
vaqtini ikkiga boʻlib taqsimlaydi. Abiturient bir soat vaqtini bitta fanni oʻrganishga
sarflasa, u oʻsha soatda boshqa fanni oʻrgana olishi mumkin boʻlgan vaqtdan voz kechadi,
ya'ni oʻzining tanloviga koʻra. Umuman olganda, abiturient oʻzining vaziyatidan kelib
chiqib butun vaqtini fanlarni oʻrganishga bagʻishlasa, u oʻsha vaqtlarda televizor koʻrish,
uxlab dam olish, doʻstlar bilan uchrashish yoki qoʻshimcha daromad uchun ishlashi
mumkin boʻlgan vaqtlarni qoʻldan chiqaradi. Albatta, bu ham oʻzining tanloviga,
kelishuviga koʻra. Yoki, oilani tasavvur qilaylik. Ota-onalar oila daromadlarini qanday
taqsimlash kerakligi haqida tanlov, kelishuv qarorlarini chiqaradilar. Ular yiqqanlarini
oziq-ovqatga, kiyim-kechakka yoki biror bir oilaning xarajatiga ishlatadilar. Qachonki oila
boshliqlari biror xarajat uchun qancha koʻp pul sarflasa, boshqa bir moliyaviy yumushlari
uchun shunchalik kam mablagʻ ajratishlariga toʻgʻri keladi, albatta bu ham oila
boshlarining tanloviga koʻra sodir boʻladi. [3] Agar insonlar ham jamiyat boʻgʻinlariga
ajratib qaralsa, ular ham koʻplab turli xil kelishuvlarga duch keladilar. Ingliz tilida tanlovga
oid bir qiziq ibora bor "guns and butter" (qurol va sariyoq). Ya'ni, jamiyat qanchalik koʻp
oʻzining chegara dahlsizligi yoki himoyasi uchun pul ajratsa, shu hudud iste'molchilari
yashash standartlarini yaxshilashga shunchalik kam mablagʻ sarflaydi. Bu ham jamiyat
tanloviga, kelishuviga koʻra.
Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, insonlar hayoti davomida doimiy ravishda iqtisodiy
jarayonlar qaramogʻida yashaydilar. Odamlar oʻzlari uchun eng maquliga kelushuvi ham,
oʻzlari yoqtirgan holatni tanlashlari ham iqtisodiy jarayonlarning bir qismidir...
Iqtisodiyotni o'rganishning afzalliklaridan biri bu aktyor sifatida o'z pozitsiyamizni
Do'stlaringiz bilan baham: |