N. A. Mamadjonova O’simlikshunoslikning biologik asoslari


Almashlab ekishdagi o’rni



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/94
Sana26.03.2022
Hajmi1,89 Mb.
#510587
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   94
Bog'liq
osimlikshunoslikning biologik asoslari

Almashlab ekishdagi o’rni

Urgut tumani tamakichilik jamoa xo’jaliklarda 8 
dalali tamaki - beda almashlab ekish sistemasi joriy qilingan, bunda 50% tamaki, 
37% beda va 13% don ekinlari bo’ladi.
Erni ko’chat ekishga tayyorlash. 
Kuzda oktyabr-noyabr oylarida yer 
shudgorlanadi. Erta baxorda ikki-uch marta borona qilinadi. yerga ishlov berish 
ko’chat o’tqazishdan 10-15 kun oldin tamomlanadi.
Ko’chat ikki usulda: qo’lda va mashina yordamida o’tqaziladi. qo’lda 
o’tqazilsa 60-70 sm kenglikda egat olinadi va sug’oriladi. Ko’chat SKN-6, SKN-
6A yordamida (bu mashinalar Belarus, DTI-75, T-54 traktoriga osilgan bo’ladi) 
o’tqaziladi. O’zbekistonda ko’chat aprel oyida o’tqaziladi. 
Ko’chat ekilgandan 10-12 kun o’tgach, birinchi ishlov beriladi: qator orasi 
sayozroq yumshatiladi. Tomirlab bo’lgach ikkinchi ishlov beriladi, ishlov 
chuqurligi 10-12 sm. 
Tamaki 7-9 marta sug’oriladi. Tuproq namligi 80% bo’lishi, sug’orish 
me’yori 400-600 m
3
, 6000-8000 m
2
suv sarflanadi. 
Gerbitsidlardan - natriy trixloratsetat (TXAN,), treflan, difenamid, potaron, 
davrinol, tabakron ishlatiladi. 
Gulto’plami va bachki novdalarini yulish yaxshi natija beradi. Bunda poyasi 
va ildizi yaxshi o’sadi va rivojlanadi. Agar o’simlik yaxshi rivojlangan bo’lsa, 15-
20% gullaganda o’simlikning gul to’plami chilpinadi. Unumdor yerlarga o’simlik 
60-70% gullaganda chilpinadi. 
Urug’chiligi.
 
Urug’lik ekiladigan tamaki maydonini rejalashtirishda 
quyidagilar hisobga olinadi: 1) har gektar yerdan olinadigan konditsiyali urug’; 2) 
bir gektar tamaki maydoni uchun sarflanadigan urug’lik; 3) xo’jaliklarda tamaki 
o’tqaziladigan jami maydon; 4) ehtiyot urug’lik zaxirasining miqdori. 
Bir gektardan o’rtacha 2 ts urug’ olinadi. Bir gektarga sarflanadigan urug’ 
miqdori 80 g. Tamaki urug’ hosiliga va urug’ning kattaligiga ekish tizimi va ekish 
muddati ta’sir qiladi. Buni quyidagi jadvaldan ko’rish mumkin. 
Tamakining xar xil navlari 300 m uzoqlikda ekilishi lozim. Barg ikki marta 
uziladi, gulto’plamning yangi gullari va g’unchalari yulib tashlanadi. Bu tadbir 
to’la gullaganda yoki 3-5 ta yashil ko’sak xosil bo’lganda o’tkaziladi. 
Gulto’plamning 50-70% gul qoldiriladi, qolgani yulib tashlanadi.
Ko’saklarning 70% jigar rang tusda bo’lganda xosil yig’ishtirladi, tamaki oshlari 
toq qaychisi bilan 10-15 sm uzunlikda kesiladi, 40-50 tasi birlashtirilib bog’lanadi, 
osiladi. Soyada tagiga brezent yoyiladi, to’la quriganda yanchiladi. 8-10 kg 


76 
xajmdagi surpdan tikilgan xaltachalarda saqlanadi, namligi 9% oshmasligi kerak. 
Tamaki 20
0
da 60-65% namlikda saqlanadi. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish