fotosintetik potensial
(FP) ortadi, ammo SFM kamayib
88
borishi mumkin. Tadqiqotlarda hosildorlik bilan FP va SFM o’rtasida kuchsiz
korrelyativ bog’lanish bo’lib, salbiy (teskari) yo’nalishga ega.
YUqori hosil olish uchun ekinzorda yetarli darajada fotosintetik potensial
hosil qilinishi kerak. Kechpishar navlar nisbatan yuqori FP hosil qiladi, ertapishar
navlar uchun FP ... 1,5...2 mln. m
2
kun/ga, o’rtapishar navlar uchun 2,5...3,
kechpishar navlar uchun 3...5 mln.m
2
kun/ga bo’lishi talab qilinadi.
Bitta nav doirasida FPni oshirish barglar yuzasini va uning maksimal
ko’rsatkichini ko’paytirishga asoslanadi. Tup qalinligi ham FPni boshqarishning
muhim omillaridan biridir. Ammo tup qalinligini juda oshirish o’simliklarning bir-
birini soyalashiga va SFMning kamayishiga, reproduktiv organlarning kam hosil
bo’lishiga sabab bo’ladi.
O’zbekistonda ekilayotgan qishloq xo’jalik ekinlarining navlari yuqori
potensial hosildorlikka ega, lekin bu imkoniyat ekin o’stirishdagi noqulay omillar
tufayli, FP shu nav, mintaqa uchun xos optimal kattalikka yetmasligi tufayli
foydalanilmaydi. Odatda ekinlarning dastlabki rivojlanish fazalarida barglar yuzasi
sekin kattalashadi, optimal barg yuzasi qisqa davr mobaynida faoliyat ko’rsatadi.
Barg yuzasining sekin ortishi ayniqsa, o’simliklar siyrak bo’lgan ekinzorlarda
mutlaqo maqsadga muvofiq emas, sababi FAR foydalanish uchun zarur bo’lgan
vaqtdan samarasiz foydadanishga olib keladi.
Barg yuzasining ortishi juda tez sodir bo’ladigan (tup qalinligi yuqori) bo’lsa
xo’jalik jihatdan qimmatli boshoq, dukkaklar, so’talarning shakllanishiga salbiy
ta’sir ko’rsatadi. O’g’itlash va sug’orish bir paytda amalga oshirilganda o’sish
jarayonlarini
shunday
kuchaytiradiki,
natijada
barglar
yuzasi
optimal
ko’rsatkichdan yuqori bo’ladi. Bu hol yorug’lik rejimining buzilishiga, generativ
organlar rivojlanishining sekinlashishiga sabab bo’ladi.
Ekinzorda suv yetishmaganda barglar yuzasi va FP hamisha past bo’ladi.
Bunday sharoitda yuqori miqdordagi ma’danli o’g’itlarni qo’llab mo’l hosil olib
bo’lmaydi. Bunday holda namlik cheklovchi omil bo’lib xizmat qiladi.
YUqori hosil olish uchun namlik bilan bir qatorda ma’danli oziqlanish ham
muhim ahamiyatga ega. Ma’danli o’g’itlarni ayniqsa, azotni ko’p qo’llash
o’simlikning shiddat bilan o’sishiga, barg yuzasining optimal kattalikdan ham
oshib
ketishiga,
o’simliklarning yotib qolishiga, fotosintez jarayoni
ko’rsatkichlarining pasayishiga olib keladi. Namlikning va azotli oziqning ko’p
bo’lishi bug’doy hosilida don hissasi kamayib somon miqdori ortishiga olib keladi.
Juda ko’p navlar seleksiya jarayonida suv ta’minoti va tuproq unumdorligi
cheklangan sharoitda yaratilib, bu ko’rsatkichlar (fon) yaxshilanganda kuchli
o’sish xususiyatiga ega qilib yaratilgan. Bu foydali xususiyat yuqori me’yorlarda
o’g’it, suv yetarli sharoitda qo’llanilsa salbiy natija berishi mumkin (yotib qoladi).
O’simlikning suv ta’minoti va ma’danli oziqlanishini muqobillashtirib, o’sish
jarayonlarini va fotosintezni boshqarish usullari mavjud:
-o’suv davrining ikkinchi yarimida suv ta’minotini chegaralash;
-ma’danli oziqlantirishni optimallashtirish;
-mikroo’g’itlardan samarali foydalanish;
89
-qirqish, shakl berish, chekanka yo’li bilan hosil elementlarining
shakllanishini boshqarish;
-fiziologik faol moddalar (retardantlar, o’sish regulyatorlari) dan foydalanish.
Fotosintez mahsuldorligini oshirishda, yangi navlarda foydali hosil (don,
ildizmeva, tuganak qismi) ko’p, vegetativ organlarining kam bo’lishi, nisbatan past
bo’yli, barglarda hosil bo’lgan assimilyatlarni hosil elementlariga tez o’tkazish
talab qilinadi.
Hosilning shakllanish jarayoni bosqichlarga bo’linadi. Dukkakli don
ekinlarida boshlang’ich (ekish-unib chiqish) va oxirgi (pishish) bosqichlari bor.
Oxirgisida fotosintez bo’lmaydi. O’simliklarning maysalanishdan pishishigacha
biologik davri farqlanadi:
-maysalash-gullashning boshlanishi;
-gullash va mevalarning hosil bo’lishi;
-mevalarning o’sishi;
-donning to’lishi;
Birinchi davrda barglar va FP oshib boradi. Ikkinchisida – barg yuzasi va FP
maksimal ko’rsatkichga yetadi. Uchinchi davrda barglar asta-sekin kamayib
boradi, ammo hali yuqori darajada bo’ladi, biomassa oshib boradi. To’rtinchi
davrda o’simlik uchinchi davrda to’plagan mevalar va urug’lar soniga bog’liq
holda fotosintez o’tadi. Bu davrda donlar to’lishadi, barglar, poyalar, ildizlar,
dukkaklarning po’stidagi plastik moddalar urug’larga o’tadi.
Urug’lar, mevalar ko’p bo’lsa to’rtinchi davrda o’simlikni faol ravishda
fotosintez jarayonini o’tkazishga majbur qiladi. To’rtinchi davrda 1000 urug’
massasi, hosildorlik va oqsil hosili ko’rsatkichlari shakllanadi.
Ekinzorda uchinchi va to’rtinchi davrlarda fotosintez tizimi faol faoliyat
ko’rsatadi va bu davrlar davomiyligi birinchi davr davomiyligiga teng bo’lsada,
umumiy biomassaning 60...70 % i to’planadi.
SHunday qilib, ekinzordagi hosil va uning sifati o’suv davridagi fotosintetik
tizimning faoliyatiga ko’p jihatdan bog’liq.
Ekish.
Urug’larni ekishga tayyorlashda serhosil, kasallik, zararkunandalar va
tashqi muhitning noqulay omillariga chidamli, davlat reyestriga kiritilgan
navlarning urug’lari tanlanadi. Urug’lar ekishdan oldin tozalanadi, saralanadi,
fitosanitar holati yaxshilanadi va Davlat andozasi talabiga javob beradigan holatga
keltiriladi.
O’zbekiston sharoitida ekinlar bahorda, yozda, kuzda, qishda ekilishi
mumkin. ekish muddatlari ekin turi, navi, ekilish maqsadi va biologiyasiga bog’liq
bo’ladi. Tur, nav, duragay biologik xususiyatlaridan kelib chiqib har bir tuproq –
iqlim mintaqasi uchun eng maqbul ekish muddatlari aniqlanadi.
Uzun kunli donli ekinlar urug’lari 1-2
0
S haroratda una boshlaydi, maysalari
3-8
0
S sovuqqa bardosh beradi. Bu o’simliklar erta bahorda ekilishi mumkin.
Kuzgi ekinlar tuplanish fazasida past haroratga chidamli bo’ladi. SHuning
uchun ular shunday muddatda ekilishi kerakki, doimiy sovuqlar tushguncha ular
tuplanib olishlari kerak. Kuzgi ekinlar qish tushguncha 40 –60 kun qolganda,
O’zbekiston sharoitida sentyabrining oxiri oktyabr oyida ekilishi tavsiya etiladi.
90
Qisqa kun o’simliklari issiqsevar, urug’lari 8-12
0
S unib chiqadi, maysalari –
1
0
S sovuqda nobud bo’ladi. Bu ekinlarni ekishda tuproq harorati shuningdek
kalendar muddatlar hisobga olinadi.
Lalmikorlikda ekish muddatlari tuproqdagi namlikka, yog’ingarchiliklarning
boshlanishiga bog’liq holda belgilanadi.
Ekish usuli, me’yori ekindan olinadigan mahsulot turiga bog’liq bo’ladi. Bitta
ekinning o’zi don, urug’ yoki ko’k massa uchun ekilishiga qarab turli me’yorda,
qalinlikda ekiladi.
Ekish muddatlari tuproqning mexanik tarkibi, sizot suvlarining joylashish
chuqurligiga bog’liq holda o’zgarishi mumkin. Mexanik tarkibi yengil, qumoq
tuproqlar tez isiydi, loy tuproqlar aksincha sekin isiydi, sizot suvlar uzoq
joylashgan tuproqlar tez yetiladi, yaqin joylashgan tuproqlar kech yetiladi. SHunga
ko’ra bir xo’jalikning o’zida ham ekinlar dala sharoiti hisobga olinib turli
muddatlarda ekilishi mumkin.
Ekinlar keng qatorlab, tor qatorlab, qatorlab, yoppasiga, lenta usulida, qo’shib
ekilishi mumkin. ekish usullari ekinning turi, navi, biologik xususiyatlari, ekilish
maqsadi, dalaning begona o’tlar bilan ifloslanishi hisobga olinib belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |