Eklektika.
14
Dialektik tafakkur usuliga muqobil bo‘lgan tafakkur usullaridan yana biri bu
eklektikadir. Eklektik tafakkur usuli ham dastlab qadimgi yunon falsafasida yuzaga keladi.
Eklektik tafakkur usuli, ayniqsa, O‘rta asr falsafasi va yangi zamon falsafasi sxolastiklari
qarashlarida keng qo‘llaniladi. Eklektik tafakkur usulida narsa va hodisalarning muhim va
nomuhim, asosiy va asosiy bo‘lmagan xususiyatlari, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar mexanik
ravishda birlashtirilib, qorishtirilib ifodalanadi. Narsa va hodisalarga, ularning bog‘lanishlariga
konkret (aniq), muayyan makon va zamonda, muayyan vaziyat va shart-sharoitda yondashmaslik,
ulardagi asosiy va ikkinchi darajali tomonlarni hisobga olmaslik asosida eklektik tafakkur usuli
paydo bo‘ladi. Eklektik tafakkur usuli, ayniqsa, rahbarlikda rahbarning amaliy va nazariy
faoliyatida, uning turmush ilgari surayotgan masalalarni to‘g‘ri hal qilishiga katta xalaqit beradi.
U bunda narsa va hodisalarni, ularni tug‘dirgan hayotiy muammolarning qaysi biri muhim, qaysi
birini birinchi navbatda hal qilishni bilmaydi, u voqealar zanjiridagi asosiy xalqalarni asosiy
bo‘lmaganlardan ajrata olmaydi.Eklektik tafakkur usuli turli sohalarda turlicha ko‘rinishlarda
namoyon bo‘ladi. Eklektik tafakkur usuli asosida ham formal mantiq qonunlaridan noto‘g‘ri
foydalanish, narsa va hodisalar mohiyatiga yuzaki yondashish yotadi. Natijada, dogmatik tafakkur
qaror topadi.
Dogmatika.
15
Dogmatik tafakkur falsafadagi amaliyot va fanning yangi ma’lumotlarini
hisobga olmay, konkret makon va zamon bilan bog‘liq bo‘lmagan, o‘zgarmas tushunchalar va
qoidalar bilan ish ko‘ruvchi tafakkur usulidir. Dogmatik tafakkurning asosini metafizika tashkil
qilib, u dastlab sofistik tafakkur usuliga qarama-qarshi o‘laroq, vujudga keladi. Dogmatik
tafakkurning paydo bo‘lishi tarixan metafizik usulning qaror topishi va rivojlanib borishi bilan
bog‘liqdir. Dastlab tabiatshunoslik fanlari sohasida tabiatni tekshirish usuli sifatida paydo bo‘lgan
metafizika «tabiatdagi buyumlar va jarayonlarni bir-biridan ajratilgan holda, ular o‘rtasidagi
umumiy bog‘lanishdan tashqarida tekshirishga va shuning natijasida, ularni harakat holatida emas,
balki harakatsiz holatida - muhim darajada o‘zgaradigan narsa sifatida emas, balki o‘lik narsalar
sifatida tekshirishga» kishilarni odatlantirib qo‘ya boshlaydi. Bunday tekshirish va tushunish bora-
bora o‘ziga xos dogmatik tafakkur usulini vujudga keltiradi.
Metafizik-dogmatik fikr qiluvchi kishi nazarida, buyumlar va ularning fikrdagi in’ikoslari,
ya’ni tushunchalar bir-biridan keyin va bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda tekshirilishi lozim
bo‘lgan ayrim-ayrim, o‘zgarmas, qotib qolgan, hamisha bir zaylda turadigan narsalardir. Uning
nazarida, buyum yo mavjuddir, yoki mavjud emasdir va xuddi shuningdek, bir narsa ayni zamonda
shu buyumning o‘zi va yana boshqacha bo‘la olmaydi. Musbat narsa bilan manfiy narsa bir-birini
14
Эклектика
(юнонча:
еklegein — tanlayman, degani) — turli qarama-qarshi nazariyalarni qarashlarni
aralashquralash qilib yuboruvchi tafakkur usuli.
15
Dogmatika (yunoncha so‘z bo‘lib o‘zgarmas, qotib qolgan, aqida degani) — konkret shart-sharoitlarni hisobga
olmay qo‘llaniladigan qoida, prinsip, fikrdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |