160
raqobat tuzilishi.
Takomillashmagan raqobatda bir yoki bir nechta sub’ektlar faoliyati natijasida
bozorga ta’sir o‘tkazish orqali, ya’ni teng bo‘lmagan sharoitda raqobatning
bo‘lishidir. Takomillashmagan raqobatning 3 ta asosiy shakli keltirib o‘tiladi:
- Monopolistik raqobat;
- Oligopoliya;
- Sof monopol raqobat.
11.3. Banklararo raqobat muhitini shakllantiruvchi omillar va uni
baholash usullari
Xalqaro amaliyotda banklararo bozordagi raqobat muhitini baholashda bozor
konsentratsiyai koeffisientidan foydalaniladi. Ushbu ko‘rsatkichning normativ
darajasi 35 % ni tashkil qiladi va uni quyidagi formula orqali aniqlaymiz.
BKK
=
Mamlakatdagi 3 ta yirik tijorat banklari tomonidan
ko‘rsatiladigan xizmat turlari
*100%
Ushbu xizmat turining barcha tijorat banklarida ulushi
Ushbu ko‘rsatkichning 35 % gacha bo‘lishi bozordagi banklararo raqobat
muhiti normal va erkin bo‘ladi. Agar ushbu ko‘rsatkichning 70 % dan yuqori
bo‘lishi bank xizmatlari bozorida raqobat muhitining
salbiyligi va monopol
xarakterga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Banklararo raqobatni quyidagi shakllarga ajratib o‘rganishimiz maqsadga
muvofiq hisoblanadi:
1. Sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi raqobat;
2. Individual va guruhlar o‘rtasidagi raqobat;
3. Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobat;
4. Baholi va nobaho raqobat;
5. Takomillashgan va takomillashmagan raqobat.
Sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi raqobat. Bunda banklararo raqobatda
ishtirok etuvchi sub’ektlar nuqtai-nazaridan sotuvchi va xaridorlar raqobati yuzaga
keladi.
Sotuvchilar raqobati – ma’lum xizmat turlarini belgilangan bahoda va
miqdorda taklif etib yuqori foyda olishga qaratilagan turli bank xizmatlari va
operatsiyalarini amalga oshiruvchi sub’ektlar o‘rtasidagi raqobat tushuniladi.
Xaridorlar raqobati –ma’lum xizmatlar bahosini va unga bo‘lgan talabni
shakllanishiga ta’sir qiluvchi va natijada zarur xizmatlarni
arzon va foydali
sharoitda xarid qilish uchun xaridorlar o‘rtasidagi bo‘ladigan raqobatga aytiladi.
Individual va guruhlar o‘rtasidagi raqobat bo‘lishi banklararo raqobatda
sub’ektlar konsentratsiya darajasiga muvofiq bo‘linishidir.
Individual raqobatda bir nechta banklar va boshqa sub’ektlar ishtirok etib
ular o‘rtasida raqobat shakllanadi. Guruhlar o‘rtasidagi raqobatda banklar
uyushmalari, sindikatlari va boshqa birlashmalar ko‘rinishida o‘zaro raqobatning
161
yuzaga kelishi hisoblanadi.
Raqobatda ishtirok etuvchilarning qaysi tarmoqqa egaligi bo‘yicha tarmoq
ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo‘lib o‘rganamiz. Tarmoq
ichidagi raqobatda
bir tarmoqqa tegishli sub’ektlar raqobatga kirishadi va bir xil xizmat va
operatsiyalarini taklif etish orqali o‘zaro raqobatlashadi. Masalan, omonat qo‘yish
sohasida banklar tomonida bir xil stavkada omonatlarni jalb qilish taklif etilgan
bo‘lsa, u holda mijozlar ishonchli va barqaror banklar xizmatidan foydalanadi.
Bank raqobatbardoshligining asosiy ko‘rsatkichlari ѐki tarkibiy qismlari
quyidagilar hisoblanadi:
1. Bankning moliyaviy holati: ishonchlilik, rentabellik,
likvidlilik va
boshqalar.
2. Bankning strategik salohiyati – bankning barcha turdagi resurslari:
moliyaviy, makonga oid, texnik-texnologik, kadrlar, tashkiliy-boshqaruv,
axborot resurslaridan foydalanish samaradorligi va yetarliligi.
3. Bank xarajatlari va narxlar darajasi.
4. Mahsulot assortimenti va sifati.
5. Sotuv tarmog‘i.
6. Bank imidji.
7.Bankning korporativ madaniyati (ichki va tashqi muhit bilan o‘zaro
munosabatlar).
8. Bank faoliyati muddati (bankning haѐtiylik davri bosqichi).
Bankning raqobatbardoshligi o‘sishi uchun tashqi sharoitlardan
foydalanish imkoniyatini aks ettiradigan ko‘rsatkichlar qatoriga,
fikrimizcha,
quyidagilarni kiritish mumkin:
-bankning bozordagi ulushi;
- tizimning o‘sish sur’atlari;
- tashqi muhit qulayligi.
Bankning raqobatbardoshligi o‘sishining ichki salohiyatini aks
ettiradigan ko‘rsatkichlar, bizningcha, quyidagilardir:
- mijozlar kapitali (mijozlar bazasi va mijozlar bilan
munosabatlarning sifati, bankning kommunikatsiya imkoniyatlari);
- texnologik kapital (ichki biznes-jaraѐnlar sifati, ichki-bank
texnologiyalari va menejmenti);
-inson (kadrlar) kapitali (personal sifati);
- raqobatbardosh mahsulot.
Taklif etilaѐtgan ko‘rsatkichlar bankning raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi
belgilangan omillarga mos keladi. Keltirilgan omillar quyi guruhlari bank
faoliyati joriy samaradorligini baholashda asosiy
omillar hisoblanadi. Ularning barchasi bir-biri bilan o‘zaro
aloqada
bo‘ladi. Shunday qilib, har bir ko‘rsatkich uning normativ ѐki optimal
qiymati tushuniladigan amaldagi va bazaviy qiymatiga ega bo‘ladi.
Biz tanlab olgan ko‘rsatkichlarni baholashdan kelib chiqib, bank
raqobatbardoshligini aniqlash algoritmi quyidagicha taklif etiladi:
Dastlabki bosqichda raqobatbardoshligini oshirish uchun bankning tashqi
162
imkoniyatlari aniqlanadi. Bunda barcha tashqi omillar to‘plamidan faqat bank
tarmog‘i va bank faoliyati ko‘rsatkichlari orqali ifodalanishi
mumkin bo‘lgan, baholanadigan va istiqbollari baholanishi mumkin bo‘lgan
omillargina tanlab olinadi. Ushbu ko‘rsatkichlarning
bank raqobatbardosh-ligiga
ta’sir ko‘rsatish darajasini aniqlash uchun ekspert baholari
usulidan foydalaniladi.
Bank faoliyatining tashqi muhit qulayligi makroomillar va tizim
omillarining ta’siri reytingli baholash yo‘li bilan aniqlanadi.
Tizimning o‘sish sur’atlari bank sektori aktivlari va kapital darajasi
bo‘yicha trend tahlili yo‘li bilan aniqlanishi mumkin.
Batafsilroq baholash holatida bank bozorining har bir quyi tarmog‘i
alohida ko‘rib chiqiladi va undagi o‘sish sur’ati aniqlanadi. Agar bank faqat
bank bozorining ayrim sektorlaridagina faol ishlashni rejalashtirsa,
ulardagi
o‘sish sur’atlari aniqlanadi, so‘ngra ustuvor
tarmoqlarning o‘rtacha o‘lchangan o‘sish sur’ati hisoblab chiqiladi, vazn
sifatida esa bank bozori u ѐki bu segmentining ustuvorligi reytingi namoѐn
bo‘ladi.
Raqobat samaradorligini tahlil qilish maqsadida bankning bozor ulushini
bozorlar markazlashuv darajasini hisobga olgan holda,
bank mahsulotlari
barcha bozorlari bo‘yicha birgalikda mutlaq va nisbiy ifodada
hisoblab chiqish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: