Mantiqiy mushohada uchun
1.Noto‘liq ziddiyatdagi kuchli a’zoning imkoniyati tor va
kuchsiz a’zoning imkoniyati kengligini dalillang.
2.Noto‘liq ziddiyatdagi kuchli a’zoning belgisi aniq va kuchsiz
a’zoning belgisi noaniqligini unlilar asosida dalillang.
Ekvipolent (teng qiymatli) ziddiyat. Ekvipolent ziddiyatda
ikki a’zo qarshilantirilib, har biri o‘ziga xos, ikkinchisiga xos
bo‘lmagan belgiga ega bo‘ladi. Masalan, ovoz va shovqinga ko‘ra
jarangli va jarangsiz undosh teng qiymatli (o‘ziga xos belgiga ega
bo‘lgan a’zoli) ziddiyatni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |