Ichki ziddiyatlik tamoyili. Lisoniy birlikning umumiy lisoniy
ma’nosi ontologik ziddiyatli, qarama-qarshilikli – turli tabiatli
tomonlarning birlashishidan iborat bo‘lgan dialektik butunlik. U
hamisha serqirra.
Ko‘p qatorlilik tamoyili. Lisoniy birlik ontologik ziddiyatli
tabiati asosida boshqa lisoniy birliklar bilan bir necha oppozitiv
qatorga (munosabatlarga) – har bir qirrasi bilan alohida-alohida
siralarga – paradigmalarga kiradi. Shuning uchun uning umumiy
lisoniy ma’nosi bir necha oppozitiv siralardagi (paradigmalardagi)
farqlanuvchi belgilarining yig‘indisi, mohiyatiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |