Baxtiyor mengliyev


Mustaqil o‘zlashtirish uchun



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/227
Sana31.10.2020
Hajmi1,62 Mb.
#50920
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   227
Bog'liq
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Nikolay Sergeyevich Trubetskoy (1890 – 1938) 
Nikolay  Sergeyevich  Trubetskoy  Moskvada  tug‘ilgan.  Uning 
ota-onasi  ham  taniqli  olimlar  bo‘lishgan.  Nikolay  bolalikdan 
olimlik iqtidorini namoyon qila boshlagan. Birinchi ilmiy ishini 15 
yoshida  e’lon  qilgan.  Moskva  davlat  universitetini  tamomlagan 
bo‘lajak olim, vatanidagi fuqarolar urushi sababli, xorijga ketishga 
majbur  bo‘ldi.  U  va  muhojir  hammaslaklari  birgalikda  Pragada 
tilshunoslik  maktabiga  asos  soldi  va  maktab  tilshunoslik  tarixida 
“Praga lingvistik to‘garagi” nomi bilan mashhur bo‘ldi.  
Zamonaviy  tilshunoslikka  Nikolay  Sergeyevich  Trubetskoy 
tomonidan  olib  kirilgan  “ziddiyat”  (“oppozitsiya”)  tushunchasi 
lisoniy  sistemalarning  mohiyatini  tushuntirishda  katta  ahamiyat 
kasb  etdi.  Trubetskoy  talqinicha,  fonema  juftliklari  ma’lum  bir 
barqaror belgilari asosida qarama-qarshi turadi. Masalan, [b] ~ [p], 
[a] ~ [i], [ye] ~ [o], [g] ~ [k] kabi. Bu ziddiyat belgilari bitta ham, 
ko‘p  ham  bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  [a]  ~  [o]  unlilari  bir  belgi 
67


bilan qarama-qarshi turadi: “lablanganlik/lablanmaganlik”. [i] ~ [o] 
unlilari  orasida  “lablanmaganlik/lablanganlik”  va  “keng-torlik” 
belgilari asosidagi qarama-qarshilik, ziddiyat mavjud. 
N.S.Trubetskoy tomonidan ko‘p yillar davomida ilgari surilgan 
g‘oyalar  tilshunoslikda  yangi  yo‘nalish  va  oqimlar  shakllanishiga 
sabab  bo‘ldi.  Sossyurdan  keyingi  ko‘plab  tilshunoslardan  farqli 
ravishda  u  “til  til  uchun”,  “til  o‘zida”  tamoyili  changaliga  tushib 
qolgani  yo‘q.  Olim  har  doim  tilni  til  va  jamiyat,  til  va  madaniyat 
tamoyillari  asosida  tadqiq  qildi.  Bejiz  1929-yilda  N.S.Trubetskoy 
va  R.О.Yakobson  tomonidan  yozilgan  “Praga  lingvistik  to‘garagi 
tezislari”da  shunday  deyilmagan:  “lingvistik  tahlilga  aniq  amaliy 
maqsadlarni  ko‘zlagan  funksional  nuqtayi  nazardan  yondashmoq 
kerak.” 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish