Leksema semantik imkoniyatining torayishi. Leksema
sememasining biror tomondan ixtisoslashuvi boshqa sememaning
butkul so‘nishiga olib keladi. Masalan, keng qamrovli tushunchani
ifodalovchi leksemalarning qamrovi torayib ketadi. Bu, ayniqsa,
turdosh otning atoqli otga aylanishida, so‘zning terminologik
mohiyat kasb etishida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Mantiqiy mushohada uchun
Bir kishi yo‘lovchi avtomobilni to‘xtatib:
– Aka, qayoqqa ketyapsiz, men falon joyga bormoqchi edim,
olib ketmolmaysizmi, iltimos, – dedi.
– Olib ketardim, endi olib ketmayman, – dedi haydovchi va
mashina yeshigini shartta yopib, jo‘nab ketdi.
Hadovchi nega ranjidi?
Do'stlaringiz bilan baham: |