www.ziyouz.com kutubxonasi
19
bu hadisni zaif deganlar.`
I z o h. Lungi yo ishton yohud shim kabi liboslarni balki ko‘ylak va kamzul va jubba kabi
narsalarni etaklarini oyoq to‘piqlaridan pastga tushirmaslik uchun ko‘p ta’kidlar borki,
oshig‘idan pastidagisi do‘zaxda hisob qilinadi. Ulamolar dedilar: boldirning yarmida
to‘xtatmoq mustahabdir, to‘piqqa tushirmoq joizdir. Undan pastga tushsa va bu kibr
uchun bo‘lsa, haromdur. Kibr uchun bo‘lmasa, makruhdir. Bularning hammasi erlar
uchun. Ammo ayollar uchun bir qarichdan bir gazgacha etaklarini uzun qilishga haqlari
bordir. Balki ular nima bilan bo‘lsa ham o‘zlarini nihoyatda mukammal satrda saqlashlari
talab etiladi.
93. Xuzayfa ibn Yamoniy roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
mening boldirimni yo o‘zlarining boldirlarini go‘shtini tutib turib dedilarki: “Izor bu yerga
to‘xtasin, uning joyi shudir. Agar bunga qanoat qilinmasa, bundan bir oz tushsin. Agar
bunga ham unalmasa, shuni bilsinki, lungining ikki tupiqqa qadar tushmoqqa haqqi
yo‘qdir”.
Do'stlaringiz bilan baham: |