www.ziyouz.com kutubxonasi
17
Birinchi masala taxqiqga muxtoj bo‘lganligidan o‘z o‘rnida ko‘rilsin. Ikkinchi masala
bo‘lsa Xanafiy ulamolar nazdida miyqotdan beixrom o‘tmoq joiz emas, ya’ni Makkaga
beixrom kirmoq man’ etilgandir, chunki, hadisi sharifda miyqotdan beixrom o‘tmish
mamnu’dir. Imom Shofi’iy nazdida ushbu hadisga muvofiq joizdir. Bu hadis ustida
Xanafiyya ulamolari deydilarki, o‘sha kun beihrom kirmoq Rasululloh sollallohu alayxi
vasallamga xos edi. Boshqani ul kishiga qiyos etib bo‘lmaydi.
BU BOBDA RUSULULLOH SALLOLLOXU ALAYHI VASALLAMNING IMOMA, IZOR
VA RIDOLARI HAQIDAGI HADISLAR BAYON QILINADI
Imoma bizning tilimizda “salla” deyiladi, sallani do‘ppiga yo boshning o‘zira bog‘lansa
ham sunnat ado qilingan bo‘ladi. Izor beldan pastga kiyiladigan libos, Alloma Munodiy
deydilar: Imoma namoz va ko‘rkam ko‘rinmoq uchun sunnatdir. Imoma haqida ko‘p
hadislar kelgan. Ba’zilari nihoyatda zaif bo‘lsa ham, roviylarning ko‘pligidan e’tiborga
olinadi. Lekin u hadislarning ko‘pchiligini mavzu’ demoqlik - taxqiqda ehtiyotsizlikdir.
Shayxul-hadis Mavlono Muhammad Zakariyo aytadi: Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning imomai shariflarining uzunligining miqdori mashhur rivoyatlarda
keltirilmagan. Imom Tabroniyning bir rivoyatida yetti gaz ekanligi sobit bo‘lgan. Imom
Navaviy deydilarki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ikki imomalari bor edi. Biri
katta, biri kichik. Kichigi Aliy Qorining so‘zlaricha, yetti gazdir, kattasi o‘n ikki gaz.
Imoma (ya’ni salla) bog‘lash, asri saodatdan shu kungacha kelayotgan bir sunnat
hisoblanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan salla bog‘lamoqqa hukmlar bordir.
Aytganlarki, “Imoma bog‘langlar, hilmlaringiz ziyoda bo‘lur” («Fathul-boriy»dan). Va
yana aytganlarki, “Imomalik yuringlar. Imoma islomning alomatidir va musulmon bilan
kofirni ajratruvchidur” («Ayni»dan). Abdulloh Ibn Umar roziyallohu anhumodan bir kishi
savol qildi: “Salla o‘ramoq sunnatmi?” U kishi dedilar: “Ha. Salla o‘ramoq sunnatdir”.
88. Jobir roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fathi Makka kuni
Makkai mukarramaga boshlarida qora salla o‘ragan holda kirdilar. (Bundan avval o‘tgan
hadisda Makkaga boshlariga qalqon kiyib kirdilar, deyilgan edi. Endi bu hadisda qora
salla o‘rab kirdilar, deyildi. Bu ikki hadisning jami shuki: sallani kiyib, ustidan qalqon
kiygan edilar. Chunki boshning o‘ziga temir do‘ppini kiymoq azobdir. Salla ustidan
kiyilsa, azob bo‘lmaydi).
89. Ibn Umar roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon
salla bog‘lasalar, peshini orqalariga, ikki yelkalarining o‘rtasiga tashlab qo‘yar edilar.
I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning odati shariflari – pesh yopish-qo‘yishda
bir necha yo‘l tutar edilar. Ba’zi olimlar aytadilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
goho pesh qo‘ymay ham imoma bog‘lar edilar. Pesh qo‘yganlarida ba’zida oldilariga, o‘ng
taraflariga qo‘yar edilar, ba’zida esa orqalariga – ikki yelkalarining o‘rtasiga qo‘yar
edilar. Ba’zida imomalarining ikki uchini jamlab, pesh qo‘ygandek tashlab qo‘yar edilar.
Alloma Munodiy deydilar: Bu suratlarning hammasi ham sobitdur. Lekin afzali orqaga
ikki yelka o‘rtasiga qo‘yishdir. Alloma Merak deganlarki, siyrat kitoblarida sahih
rivoyatlar bilan sobit bo‘lganki, Nabiy sollallohu alayhi vasallam peshlarini ba’zi vaqtlarda
orqalariga, ikki yelkalari o‘rtasiga qo‘yar edilar. Ba’zi vaqtlarda imomalarini pesh
qo‘ymay kiyar edilar («Xasoilu nabavviy»dan).
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Do'stlaringiz bilan baham: |