Fayl tizimi
—tashqi xotirada fayllarni saqlashni tashkil etish vositasi.
Jismonan fayllar tashqi xotirada – magnit disklarida, yoki CD-disklarda xotiraning
bloklarida tashkil etiladilar. Har bir fayl diskli xotiraning ma‘lum sondagi bloklarini band etadi.
Blok sig`imi — 512 bayt.
Fayllarga operatsion tiizimning maxsus moduli – fayl tizimining drayveri xizmat qiladi.
Har bir fayl o‘z nomi bilan qaysidir katalog ichida yaratiladi.
Foydalanuvchi operatsion tizimga
faylni ochish
buyrug`ini kiritganida fayl tizimining
drayveri o‘z jadavlidan fayl nomi va u saqlanayotgan katalog nomini qidirib topadi va ular
asosida fayl tashqi xotiraning qaysi bloklarida joylashganligini aniqlab, ushbu bloklarda
saqlanayotgan ma‘lumotlarni o‘qish so‘rovini disk drayveriga uzatadi. Disk drayveri ushbu
so‘rovni bajarib, a‘lumotlarni operativ xotiraga yuklab tayyorlaydi.
Foydalanuvchi tomonidan
faylni saqlash
buyrug`i kiritilganida fayl tizimining drayveri
diskdagi band bo‘lmagan bloklarni aniqlab, ularni yangi saqlanadigan fayl uchun belgilab
chiqadi va disk drayveriga ma‘lumotlar bloklarini yozish uchun surov uzatadi. Disk drayveri
so‘rov buyicha ma‘lumotlarni tegishli bloklarga yozib saqlaydi.
Fayl tizimining drayveri
magnit diskiga yozilgan axborotlarga fayl nomi bo‘yicha
murojaat qilib, ularning o‘qilishini yoki operativ xotiradagi ma‘lumotlarni magnit diskiga
yozilishida disk sohasini taqsimlashni ta‘minlaydi. Ushbu jarayonlarni amalga oshirish uchun
fayl tizimining drayveri diskda nafaqat foydalanuvchi ma‘lumotlarini, balki o‘zining maxsus
xizmatchi ma‘lumotlarini ham saqlaydi.
Diskning xizmatchi sohasida
barcha fayllar va kataloglar ro‘yxati, shuningdek, fayl
tizimi drayveri ishi unumdorligini oshirishda ishlatiladigan yordamchi jadval ma‘lumotlari
saqlanadi.
Fayl tizimiga ixtiyoriy amaliy dastur ham murojaat kilishi mumkin. Buning uchun
dasturlash tillarida unga murojaat qilishni ta‘minlovchi maxsus buyruqlar kiritilgan.
Fayl tushunchasi ixtiyoriy axborot manbaiga nisbatan ishlatilishi mumkin. Fayl
iste‘molchisi sifatida printer, displey, klaviatura va boshqa qurilmalar ishlatiladilar.
Hozirgi vaqtda fayl tizimlarining FAT16 (File allocation table – fayllarning joylashishi
jadvali), FAT32, NTFS turlari keng ishlatilmoqda. Ayniqsa, WINDOWS operatsion tizimining
keyingi versiyalarida NTFS (New technology file system – yangi texnologiyali fayl tizimi) fayl
tizimi imkoniyatlari yuqoridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |