43
Har bir operatsion tizimining o‘z buyruq tili mavjud. Ushbu til asosida foydjalanuvchi
o‘zining quyidagi amallarga oid buyruqlarini tashkil etib, kiritishi va bajarishi mumkin:
katalogga murojaat qilish;
tashqi
xotira vositasini formatlash;
dasturlarni ishga tushirish;
... boshqa amallar.
Har bir buyruqning to’g`riligini tahlil qilish uchun buyruq protsessori ishlatiladi.
Kompyuter tashqi qurilmalarini boshqarish uchun maxsus yaratilgan tizimli dasturlar –
drayverlar ishlatiladi. Standart qurilmalar drayverlari birgalikda kiritish-chiqarishning bazaviy
tizimini tashkil etadilar (
BIOS –
Basic Input-Output System).
Ushbu tizim kompyuterning
doimiy xotirasida saqlanadi.
2. Fayl tizimi
«
Fayl
» so‘zi inglizcha
«file»
so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, qog`oz hujjatlarini tikish
uchun ishlatiladigan shpilka (to‘g`nog`ich),
kartoteka, ombor kabi lug`aviy ma‘nolarga ega.
Fayl
— tashqi xotiraning nomlangan soxasi bo‘lib, unda bir xil turdagi yozuvlar ketma-
ketligi (ma‘lumotlar) saqlanadi. Boshqacha qilib aytganda, fayl – yagona, yaxlit
deb qaraladigan
ma‘lumotlardir. Fayllar 2 xil bo‘ladi: matnli, ikkilik tizimidagi.
Matnli fayllar foydalanuvchi o‘qishi uchun mo‘ljallangan. Foydalanuvchi faylni yaratishi,
tahrirlashi, bir qurilmadan boshqasiga ko‘chirishi, o‘chirishi mumkin. Har bir fayl atributlar va
undagi axborotdan iborat. Faylning atributlariga birinchi navbatda uning nomi, turi, yaratilgan
sanasi, vaqti, undan foydalanish usuli (faqat o‘qish uchun,
berkitilgan, shifrlangan) kabi
parametrlar kiradi.
Fayl nomi ikki qismdan iborat – asosiy nom va kengaytma. Fayl asosiy nomi
foydalanuvchi tomonidan beriladi. Kengaytma qismi esa fayl bilan ishlash dasturiy tizim
tomonidan havola etiladi. Faylning quyidagi kengaytmalari ko‘plab ishlatiladi:
.TXT – matnli fayl;
.DOC – MS Word matn muharririda
tayyorlangan hujjat fayli;
.COM – buyruq fayli;
.BAT – buyruklar paketidan iborat fayl;
.EXE – ikkilik sanoq sistemasiga o‘tkazilgan bajariluvchi fayl;
.HLP – yordam ma‘lumotlari
beruvchi fayl;
.HTM- Internet uchun yaratilgan Web-sahifa fayli;
.GIF – grafik fayl;
.MDB – MS Access fayli;
.DBF – ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimida yaratilgan ma‘lumotlar bazasi fayli;
.SYS – operatsion tizim parametrlariga oid fayl;
.PPT – prezentatsiya (taqdimot) fayli;
.XLS – MS Excel elektron jadvallardan
iborat ishchi kitob fayli;
.RAR, .ZIP – arxiv fayllari va boshqalar.
Katalog (papka)
- tashki xotiraning nomlangan sohasi bo‘lib, unda yaratilgan fayllar va
kataloglar jadvali mundarija ko‘rinishida saqlanadi. Katalog ichida boshqa bir katalog tashkil
etish mumkin. Shunday qilib, katalog daraxtsimon (pog`onasimon)
struktura tarzida tashkil
etilishi mumkin. Foydalanuvchi katalogga murojaat qilishida operatsion tizimning buyruq tilidan
foydalanadi.