I. Ma‘ruzaning maqsadi
.
Тinglovchilarni axborot, axborot texnologiyasi, informatika fani va zamonaviy kompyuterlar
va ularning ishlash prinsiplari, qurilmalari bilan tanishtirish, shu sohadagi bilimlarini boyitish
va mustahkamlash.
II. Ma‘ruzada yoritiladigan asosiy (tayanch) ma‘lumotlar
1. Axborot tushunchasi.
2. Informatika fani va uning o‘rganish ob‘ekti.
3. Axborot texnologiyasi tushunchasi.
4. Axborotlar tizimi haqida. Ma‘lumotlarning tuzilishi va ularning jamg`armasi.
1. Informatika fanining vujudga kelishi va uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni
O‘zbekistonda Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyil asosida
bosqichma - bosqich bozor iqtisodiyoti munosabatlari shakllantirilmoqda.
O‘zbekistonda yuzaga kelgan vaziyat iqtisodiyotning rivojlanishini intensiv yo‘lga
o‘tkazishni, resurslarning barcha turlaridan oqilona foydalanishni, ishlab chiqarishga tobora
takomillashgan mehnat qurollarini joriy etishni juda ham muhim vazifa qilib qo‘ymoqda.
Bugungi kunga kelib axborot resurslari, axborot biznesi, axborot xavfsizligi kabi
axborotlashgan jamiyatga xos bo‘lgan yangi tushunchalar paydo bo‘ldi va ular doimiy ishlatib
yuriladigan so‘zlar qatoriga kirib bormoqda. Jahondagi barcha ilg‘or mamlakatlar an‘anaviy
sanoat turlari qatori axborot industriyasini rivojlantirish va uning mahsulotlaridan samarali
foydalanishni mamlakatni rivojlantirishning ustivor yo‘nalishlaridan biri deb qaramoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov rahbarligidagi mamlakat hukumati ham
mamlakatni axborotlashtirish, xalq xo‘jaligining barcha jabhalariga
yangi axborot
texnologiyalarini joriy etish va jamiyatning barcha qatlamlarini ushbu texnologiyalardan
samarali foydalanishga o‘rgatish ishlarini keng ko‘lamda olib bormoqda.
Zero, «Aynan
zamonaviy alo
q
a va axborot texnologiyalari tizimini keng k
o‘
lamda rivojlantirish mamlakatimiz
va jamiyatimizning tara
qq
iyot darajasini k
o‘
rsatadigan mezonlardan biri b
o‘
lib
хизмат
qiladi»
1
.Oxirgi bir-necha yillar davomida qabul qilingan qonunlar, farmon va qarorlar jamiyatni
axborotlashtirish sohasida ham ilg‘or mamlakatlardan ortda qolmaslik yo‘lida olib borilayotgan
katta hajmdagi tashkiliy va amaliy ishlardan dalolat beradi.
Informatika 60-yillarda Fransiyada elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotni
qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida yuzaga keldi. Informatika
atamasi fransuzcha
informatique
so‘zidan kelib chiqqan. Ushbu atama information va
automatique so‘zlarining birlashmasidan hosil qilingan bo‘lib, axborot avtomatikasi yoki axbo-
rotni avtomatik qayta ishlash ma‘nosini anglatadi. Ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda bu
atamaga
Do'stlaringiz bilan baham: |