Тizimli dasturlar
Тizimli dasturlar
kompyuterning barcha qurilmalari bilan ishlashni ta‘minlaydilar.
Odatda tizimli dasturlar kompyuterga biror yangi qurilma ulanib, o‘rnatilganida, drayver dasturi
ko‘rinishida, operatsion tizim ishini sozlashda va u bilan ishlashlarida faol bo‘ladilar.
Тizimli dasturlar amaliy dasturlar bilan birgalikda kompyuter resurslarini –
protsessorni, xotirani, kiritish-chiqarish qurilmalarini boshqarishda ishlatiladilar.
Ushbu dasturlar barcha foydalanuvchilarga mo‘ljallanib, umumiy foydalanish uchun
ishlatiladilar. Тizimli dasturlar shunday yaratiladiki, kompyuterga kiritilgan amaliy dasturlar tez
va oson bajarilishi ta‘minlanishi kerak.
O‘n minglab tizimli dasturlar ichida alohida o‘rinni
operatsion tizimlar
egallaydilar. Ular
bevosita kompyuter resurslaridan unumli va sifatli foydalanishni ta‘minlaydilar.
Kompyuter ishlab chiqaruvchilari foydalanuvchi tomonidan qaysi dasturlar ishlatilishini
oldindan bilmaganliklari uchun yangi kompyuterlar odatda amaliy dasturlar bilan
jihozlanmagan bo‘ladilar. Biroq har bir foydalanuvchi o‘z maksadi yo‘lida kerakli dasturlarni
o‘rnatib ishlash imkoniyatlari mavjud. Asosan kompyuter doimiy xotira qurilmasida kiritish-
chiqarish operatsiyalarini bajarish imkonini beruvchi bazaviy tizim mikrosxemaga «tikilgan»
holda quyi pog`ona dasturlari o‘rnatiladi. Kerak bo‘lgan tizimli va xizmatchi dasturlar soni juda
ham ko‘p (yuzlab va undan ortiq) miqdorda bo‘lgani uchunular umumiy paket holdida
kompyuterga o‘rnatiladilar. Тizimli va qisman xizmatchi dasturlarni o‘z ichiga olgan bunday
standart paket operatsion tizim deyiladi.
Operatsion tizim
— kompyuter dasturiy ta‘minotining eng muhim qismidir. U dasturlarni
ishga tushirilishini, kiritish-chiqarish operatsiyalarini, boshqa yordamchi operatsiyalarni,
ma‘lumotlarni va resurslarni boshqarish, rejalashtirish, tashkil etish masalalarini
avtomatlashtirish vazifasini bajaradi
Operatsion tizim vazifalariga quyidagilar kiradi:
Foydalanuvchi muloqotini ta‘minlash;
Ma‘lumotlarni kiritish-chiqarish va ularni boshqarish;
Qayta ishlash jarayonini rejalashtirish va tashkil etish;
Resurslarni taqsimlash (operativ xotira, kesh xotira, protsessor, tashqi qurilmalarni);
Dasturlarni bajarish uchun ularni ishga tushirish;
Хizmat ko‘rsatish bo‘yicha turli operatsiyalarni bajarish;
Тurli xil ichki qurilmalararo ma‘lumotlarni uzatish;
Periferiya qurilmalari ishini dasturiy qo‘llab-quvvatilash.
Bir vaqtning o‘zida qayta ishlanadigan masalalar va foydalanuvchilar soniga qarab
operatsion tizimlarning to‘rt asosiy sinfga ajratish mumkin::
Do'stlaringiz bilan baham: |