CHinligi. Gramitsidin chinligi.
2 ml tekshirilayotga eritmadan 5 ml p-dimetilaminobenzaldegid reaktividan qo‘shib, 5
daqiqadan so‘ng och jigarrang rang hosil bo‘ladi.
p-dimetilaminobenzaldegid reaktivini tayyorlash. 0,1%
(mg/kg)
p-
dimetilaminobenzaldegidni 65% (mg/kg) sulfat kislotaning suvli eritmasida eritiladi. Bu eritmaga
0,1 ml 10% (mg/kg) temir xlorid qo‘shiladi.
Framitsetin sulfat chinligi. 2 ml tekshirilayotgan namunani test probirkaga solib, 5 ml ningidrin reativini qo‘shiladi va
suv hammomida qizliriladi, bir necha daqiqa davomida eritmaning rangi tezda binafsha rangga
bo‘yaladi.
Ningidrin reaktivini tayyorlash: 0,5 g ningidrin va 1,0 g kaliy atsetatni 100 ml suvda eritiladi
va 0,5 ml srka kislota qo‘shiladi.
Feniletilli spirtini tayyorlash.
CHinligini miqdori tahlil bilan birga yuqori samarador suyuqlik xromatogrammasida
(YUSSX) o‘tkaziladi. Feniletilli spirtning tekshirilayotgan eritmasining xromatogrammasidagi
cho‘qqisini (R
t
)saqlab qolish vaqti feniletilli spirtning standart eritmasining xromatogrammasidagi
cho‘qqisini (R
t
)saqlab qolish vaqti bilan mos kelishi kerak. (±0.5 ml daqiqa).
Deksametazon chinligi. (natriy metasulfobenzoat deksametazon formasidagi).
CHinligini miqdori tahlil bilan birga yuqori samarador suyuqlik xromatogrammasida
(YUSSX) o‘tkaziladi. Deksametazonning tekshirilayotgan eritmasining xromatogrammasidagi
cho‘qqisini (R
t
)saqlab qolish vaqti natriy metasulfobenzoat deksametazon eritmasining
xromatogrammasidagi cho‘qqisini (R
t
)saqlab qolish vaqti bilan mos kelishi kerak. (±0.5 ml
daqiqa).
CHinligni yupqa qatlam sorbent (YUQS) xromatografiya usulida o‘tkaziladi. (alternativ
usul).
Harakatsiz faza: F254 silikagel qatlami bilan o‘ralgan xromatogramma plastinkasi.
Harakatlanuvchi faza: Etilatsetat 80
Metanol 20
Suv 20
Standart eritma: 0,3 % metanoldagi natriy metasulfobenzoat deksametazon.
Tekshirilayotgan eritma: 4ml quruq holatgacha bug‘latiladi. Qoldiq 4 ml metanol bilan
eritiladi. Sentrofugalaniladi va filtratga dog‘ ko‘rinishda surtiladi.
Namunaning surtilishning miqdori:
tekshirilayotgan eritma 05 mkl
standart eritma – 20mkl.
15 sm stratdan erituvchilarni frontgacha ko‘tariladi. Plastinkani xromatografik kameradan
olinadi va havoda quritiladi. 254 nm to‘lqin uzunligida ultrabinafsha nurida ko‘riladi. Natriy
metasulfobenzoat deksametazon qora dog‘day hosil bo‘ladi. So‘ng, 105°S haroratda
xromatografik plastinkani 5 daqiqa davomida qizdiriladi. Uni olib metazoladagi 1 qism 0,2% ko‘k
tetrazolni 3 qism metanoldagi konsentrlangan NaOH eritmasi bilan ishlov beriladi.
Xromatogrammada deksametazon natriyga mos kelivchi to‘q qizil rangli dog‘ hosil bo‘ladi.