Bodring.
Bodringning ozuqalik axamiyati baland emas. Lekin unda lazzat,
maza beruvchi, shuningdek ovqatni hazm qildiradigan, bezlar faoliyatini
kuchaytiradigan xususiyat bor. Bodringdagi ferment, tabiat bo‘yicha insulinga
yaqin bo‘lganligi sababli parxez maxsuloti sifatida qo‘llaniladi. Mevasida shunday
fermentlar borki, ular vitamin S ni paydo bo‘lishini kuchaytiradi va V vitamini
o‘zlashtirishga ko‘maklashadi. Bulardan tashqari bodring yodning yaxshi
manbaidir.
Qovoq.
Qovoq g‘oyat foydali oziqadir.Uning etida fosfor kislotasi, kaliy,
kal’siy, magniy bor. Temir miqdori bo‘yicha qovoq sabzavotlar ichida chempion
hisoblanadi. Ular V
1
,V
2,
V
6,
S, Ye, RR vitaminlari va A provitaminga
boy
polizdir.shuningdek qovoqda modda almashuv jarayonini tezlatishga yordam
qiluvchi T vitamini borligi aniqlangan.
Qovoq urug‘ida Ye vitamini va sink tuzlari ko‘p. U gijja haydaydigan
mahsulot. Urug‘ining mag‘zi yong‘oq mag‘zi bilan raqobatlashadi.
Qovun.
Qovun tarkibida 17-20 foizgacha yengil singadigan qand moddasi
bor. Unda mineral moddalardan, ayniqsa,temir ko‘p. Uning miqdori qovoq,
bodring, pomidor, sabzi va boshqa sabzavotlarga nisbatan qovunda ko‘proq.
Shuningdek, u V
1
,V
2,
V
6,
S, Ye,RR vitaminlari va A provitaminga
boy.
Qovun buyrak, sapro yo‘llari va yurak-tomir kasallanganda juda foydali.
Surunkasiga iste’mol qilib turilsa podagrani yo‘qotadi, tanadagi modda
almashuvini, kayfiyatni yaxshilaydi. Mayin hujayralari oshqozon, ichak yo‘llari
faoliyatini faollashtiradi. Xalq tabobatida qovun bavosilga qarshi, sil kasalligi, bot
kasalligi, qon kamayganda iste’mol qilinadigan, isitma tushiradigan vosita sifatida
qo‘llaniladi.
Tarvuz.
Tarvuz sersuv, shirin, xujayralari mayin mahsulotdir. Issiq kunda
chanqoqni yaxshi bosadi. Unda S, V
1
,V
2,
K, RR vitaminlari, pektin moddasi,
limon va olma kislotalari, yengil eriydigan qand mo‘l. Boshqa sabzavotlarga
nisbatan unda V
9
vitamini ancha ko‘p. Jigar og‘riganda, aterosklerozda, qon
kamayganda, ichak yo‘li kasallanib, yurishmaganda iste’mol qilinsa tarvuzning
foydasi katta bo‘ladi. Qon aylanishi yetarli bo‘lmaganda va modda almashuvi
buzilganda tarvuzni surunkasiga iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Pomidor.
Keng tarqalgan va ko‘p iste’mol qilinadigan bu sabzavotda xom
oqsil, kraxmal, pektin eritilgan (suyuq) shaklda limon va olma, kamroq miqdorda
o‘avel va qaxrabo kislotalari mavjud.U temir,fosfor kaliy, kalsiy, magniy, natriy
tuzlariga boy. Unda tomatin-achchiq modda bor. Tarkibida yod va aromatli
moddalar bo‘lganligi uchun u fitonsid xususiyatiga ega. Pishgan paytida qand, V
1
,
V
2,
V
3,
S, K, RR vitaminlariga boy bo‘ladi.
22
Pomidorning yangi mevalarini qon bosimi oshganda,stenokardiyada miokard
infarktidan keyin tavsiya qilinadi. Mevasi va sharbati gastritda, jigar kasal
bo‘lganda, oshqozon kislotasi kamayganda, behollikda, xotira susayganda iste’mol
qilish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |