Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik


Himoyalangan joy sabzavotchiligini yanada rivojlantirish



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

Himoyalangan joy sabzavotchiligini yanada rivojlantirish
. Bu tizim 
mavsumdan tashqari vaqtlarda ham yangi sabzavotlar bilan ta’minlash, shuningdek 
eksport salohiyatini oshirishga keng imkoniyatlar ochib beradi. Buning uchun 
mavjud issiqxona xo’jaliklarini qayta rekonstruktsiya qilish, ularga yangi 
progressiv texnologiyalarni olib kirish talab etiladi.
Sabzavot va poliz mahsulotlarini tayyorlash, birlamchi ishlov berish va 
transportda tashish tizimini takomillashtirish
.
 
Aksariyat sabzavotlar kichik 
dehqon xo’jaliklarida yetishtirilayotganligi bois, ularni to’plash, birlamchi ishlov 
berish va qadoqlash bo’yicha markazlashgan tayyorlov issiqxona kombinatlarini va 
transportda tashish sub’ektlarini joriy qilish lozim, uch tomonlama shartnoma 
asosida ish tashkil etilishi lozim: ishlab chiqaruvchi – tayyorlovchi (eksporter) – 


11 
transportda tashuvchi. Bu bitim mahsulotlarning ko’plab isrof bo’lishini oldini 
olish, mahsulotni iste’molchilarga sifatli yetkazib berish imkoniyatlarini beradi
 
Sabzavot mahsulotlarini kichik omborxonalarda saqlash hajmini 
oshirish
.
 
Buning uchun fermer xo’jaliklari sharoitida kichik omborxonalrni barpo 
etish, mavjud omborlarn rekonstruktsiya qilish talab etiladi. Ularda saqlashning 
yangi texnologiyalaridan keng foydalanish taqozo etiladi (boshqariladigan gaz 
muhiti, muzlatish, yangi qadoqlash idishlari va h.k.). bularning barchasi 
mahsulotni sifatli saqlash va eksport hajmini oshirish imkonini beradi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshirishda boshqa tarmoqarga xos 
imkoniyatlar ham mavjud. Bular sug’horish suvlarini tejash va sifatli yetkazib 
berish 
tizimlari, 
kasallik 
va 
zararkunandalarga 
qarshi 
kurashishning 
uyg’unlashtirilgan tizimlari, biologik o’g’itlardan keng foydalanish, tuproqqa 
ishlov berishni kamaytirish, agroekotizimga tashqi ta’sirlarni minimumga tushirish 
va boshqalardir. 
O’zbekistonda kartoshkkachilik va sabzavotchilikni rivojlantirishda ilmiy 
tadqiqotlarning ahamiyati ham yuqridir.
Yuqorida bildirilgan fikrlar ushbu tarmoqlarda ilmiy tadqiqotlar olib borish 
yo’nalishlari va muammolarini aniq belgilashga asos bo’ladi.
-
Selektsiya va urug’chilik yo’nalishida ilmiy tadqiqotlar roilini oshirish, unda 
biotexnologiyalar, gen muhandisligi, duragay avlodlarni tezkor ko’paytirish, 
adaptiv selektsiya uchun mutagenezdan keng foydalanish va boshqalarni o’z ichiga 
olishi kerak ; 
-
Nav xilma-xilligini ta’minlash, bunda yuqori hosildor, muhitning stress 
omillariga chidamli, mahsulot tarkibida nitratlar va pestitsidlarning qoldiq 
miqdorini kam to’plovchi navlar va duragaylar ulushini oshirishga e’tiborni 
kuchatirish zarur. 
Bundan tashqari, respublika uchun ultra tezpishar kartoshka va sabzavot 
mahsulotlari navlariga ehtiyoj yuqoridir. Bunday navlar o’rtagi navlar hosili 
chiqquncha aholini sifatli va yangi mahsulotlar bilan mo’l miqdorda ta’minlash 
imkonini beradi. Ular takroriy ekinda ham qisqa muddat ichida qo’shimcha 
mashulot yetishtirib olish imkoini beradi. 
Sabzavotlarni bahorgi emas, balki eng erta va takroriy ekinda etishtirishni 
kuchaytirish yerdan oqilona foydalanish imkoniyatlarini beradi. 
Birlamchi urug’chilik tizimini faollashtirish va tadqiq qilish bugungi kun 
zarurati ekanligicha qolmoqda. 
Ta’m va tovar sifatlari yuqori bo’lgan, biokimyoviy tarkibi boy noan’anaviy 
sabzavotlarni introduktsiya qilish orqali mamlakat sabzavot assortimentini oshirish 
talab etiladi. 
Agrotexnik ishlanmalar ham navga xoslanib ishlab chiqilsa, sabzavot 
ekinlarini etishtirish samaradorligi yanada ortadi. Bu holda mamlakatimiz navlari 
ham yuqori agrotexnikada xorijiy duragaylardan qolishmagan holda yuqori sifatli 
mo’l hosil berishi mumkin. 
Etishtirilgan mahsulotlar bir qancha talablarga javob bermog’i lozim:


12 

Yuqori mahsuldorlik 

Tezpisharlik

Kasallik va zararkunandalarga chidamlilik 

Issiqqa chidamlilik 

Qurg’oqchilikka chidamlilik 

Saqlashga yaroqlilik 

Transportabellik 

Yuqori tovarboplik va texnologik sifatlari 

Ekologik jihatdan xavfsizlik 
Raqobatbardoshlik
Bularning barchasi qishloq xo’jaligida islohotlarni yanada chuqurlashtirishni 
talab etadi. Bunda asosiy e’tibor, agrotexnik ishlanmalar, yangi yuqori hosildor va 
muhitning stress omillariga chidamli nav va duragaylarni keng tatbiq etish, tashqi 
muhitga zarar keltiruvchi pestitsidlar va tuproqqa ishlov berish tizimlarining 
ulushini kamaytirish, bunda biologik o’g’itlardan foydalanish va o’simliklar 
kasalliklari hamda zararkunandalarga qarshi uyg’unlashgan himoya usullarini 
kengsh qo’llashga e’tibor berish va boshqalarga e’tibor berish taqozo etiladi. 

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish