55 Abituriyentlar uchun qo’llanma
GULLI O’SIMLIKLARDA JINSIY KO’PAYISH
Urug’li o’simliklarda erkaklik gametalarning rivojlanishi.
1 – changchi; 2 – mikrosporotsit hujayra; 3 – mikrosporalar; 4 – chang donasi; 5 – vegetativ hujayra;
6 – generativ hujayra; 7 – spermiylar
, Beruniy ATM
Urug’li o’simliklarda urg’ochilik gametalarning rivojlanishi.
1 – urug’chi; 2 – megasporotsit hujayra; 3 – megaspora;
4-, 5-, 6 – mitoz bo’linish; 7 – murtak xalta; 8 – tuxum hujayra; 9 – markaziy
hujayra
( )
58 Abituriyentlar uchun qo’llanma
56. Oshqovoq
40
Ycxidna
62
57. Qulupnay
42
Oddiy opussum
22
58. Yumshoq bug’doy
42
Xaltali sichqon
14
59. Volfiya
46
Koala
16
60. Kartoshka
48
Xaltali chumolixo’r
14
61. Qalampir
48
Yo’lbars
38
62. Lyupin
48
Norka
30
63. Olxo’ri
32, 48 Dengiz yulduzi
36
64. Misr g’o’zasi
52
Osiyo buyvoli
48
65. Astragal
64
Gorilla
48
66. Boychcchak
72
Scsarka
76
67.
Madaniy tok
72
Kurka
82
68. Majnuntol
38,76
Tovonbaliq
94
69. Jo’ka (lipa)
82
O’noyoqli qisqichbaqa
208
70. Galadiolus
90, 180 Krab
254
71. Dala qirqbo’g’imi
216
Radiolariya
1600
MUTATSIYALAR
Gen mutatsiyasi. 1 – mutatsiyadan avval DNK va oqsil strukturasi; 2 – mutatsiyadan so’ng DNK va oqsil
strukturasi
Bir purin azotli asosining ikkinchi purin azotli asosi yoki bir pirimidin azotli asosining ikkinchi pirimidin
azotli asosi bilan almashishiga tranzitsiya deyiladi;
Purin asosining pirimidin asosi bilan aksincha, pirimidin asosining purin bilan almashishi transversiya
deb nomlanadi.
Xromosoma mutatsiyalari. (Alifboning har bir harfi bitta gen deb olingan).
Deletsiya – xromosoma o’rta qismining yo’qolishi;
Duplikatsiya – xromosomalar ayrim qismlarining ikki marotaba ortishi;
Inversiya – xromosoma ayrim qismining o’z o’rnini 180
o
ga o’zgarishi;
Translokatsiya – nogomologik xromosomalarning o’zaro ayrim bo’laklari bilan o’rin almashishi.
60 Abituriyentlar uchun qo’llanma
MAVZUGA DOIR MASALALAR ISHLASH
1-masala. Interfazadan (I) va mitoz bo’linishidan so’ng (II) hosil bo’lgan hujayra jami nechta hujayra
markaziga ega bo’ladi? a) 54; b) 108; c) 27; d) 1; e) 2.
A) I-a; II-b B) I-е; II-a C) I-е; II-d D) I-d; II-e
Yechilishi:
Hujayra bo’linishdan oldin yoki bo’linish tugagandan so’ng hujayrada faqat bitta hujayra markazi bo’ladi.
Hujayra markazi soni interfazaning S sintez davrida ikki hissaga ortadi. Shu vaqtda esa bitta hujayrada ikkita
hujayra markazi hosil bo’ladi.
To’g’ri javob - C.
2-masala. Interfazaning G
1
(I), G
2
(II), S (III) davrlarida va mitoz bo’linishidan so’ng (IV) hosil bo’lgan
hujayra jami nechta sentriola mikronaychalariga ega bo’ladi?
a) 54; b) 108; c) 27; d) 18; e) 9; 0 36; j) 72.
A) I-a; II-b; III-b; IV-a B) I-е; II-d; III-f; IV-j C) I-c; II-а; III-а; IV-c D) I-a; II-а; III-b; IV-c
Yechilishi:
Bitta hujayra markazi sentriolasi ikkita silindr shaklidagi tanachadan tashkil topgan. Har bir silindr 9 ta
bog’lamdan iborat bo’lib, ikkita silindrda 18 ta bog’lam bo’ladi. Har bir bog’lam uchta mikronaychaning
tripletidan tashkil topgan. Har bir silindrda 9 ta bog’lam bo’lsa, demak, 27 ta mikronaycha, xuddi shunday
ikkinchi silindrda ham 9 ta bog’lam 27 ta mikronaycha mavjud. Demak, bitta hujayra markazi 18 ta bog’lam, 54
ta mikronaychadan iborat bo’ladi. Hujayraning bo’ linish vaqtida interfazaning G, davrida hujayrada sentriolalar
soni bitta bo’ladi, S sintez davrida ikki hissa ortganda hujayrada ikkita sentriola paydo bo’ladi.
Bu vaqtda
bog’lamlar va mikronaychalar soni ikki barobarga ortadi. Bog’lamlar soni 36 ta, mikronaychalar soni 108 tagacha
ko’payadi. G
2
davrida ham xuddi shu holat saqlanadi. Hujayra bo’linishi tugagandan so’ng hujayrada yana bitta
sentriola bo’lib qoladi.
Demak, to’g’ri javob-A.
3-masala. Kaputsin (1) va qalampir (2) ning somatik hujayrasida interfazaning G
1
(a), G
2
(b) va S (c)
davrlarida nechtadan triplet bog’lam bo’ladi?
I-18; II-9; III-27; IV-54; V-108; VI-36; VII-72; VIII-0
A) 1-a-I; b-VI; c-VI; 2-a-I; b-VI; c-VI B) 1-a-I; b-VI; c-VI; 2-a-VIII; b-VIII; c-VIII
C) 1-а-III; b-V; c-V; 2-а-III; b-V; c-V D) 1-a-II; b-I; c-VI; 2-a-VIII; b-VI; c-VII
Yechilishi:
Triplet bog’lamlar soni interfazaning uchta davrida qanday bo’lishi ikkinchi test tahlilida aytib o’tildi.
Lekin bir narsani e’tibordan qochirmang: ko’pchilik o’simlik va suvo’tlarida hujayra markazi yo’q, shuning uchun
ularda interfazaning uchta davrida ham 0 ga teng deb olinadi. Kaputsin hayvon bo’lgani uchun uning
hujayrasida bitta hujayra markazi mavjud. Interfazaning G
1
davrida 18 ta triplet bog’lam, S davrida 36 ta, G
2
davrida ham 36 ta bo’ladi. Qalampir o’simlik bo’lgani uchun unda yo’q, ya’ni 0 ga teng deb olamiz.
To’g’ri javob -B.
4-masala. Shimpanzening somatik hujayrasida interfazaning sintez davridagi sentriola mikronaychalari
(a) va autosoma xromosomalari tarkibidagi DNK (b) sonini ko’rsating.
A) a-54; b-96 B) a-108; b-48 C) a-54; b-46 D) a-108; b-92
Yechilishi:
Interfazaning sintez davrida sentriolalar soni ikki hissa ortadi, shuning uchun sentriola mikronaychalari
soni 108 ta bo’ladi. Shimpanzening somatik hujayrasida xromosomalar soni 48 ta bo’lib, sintez davrida DNK
reduplikatsiyasi natijasida DNK soni ikki hissaga ortadi, bunda 96 taga yetadi. Ammo autosoma xromosomalari
tarkibidagi DNK sonini topish uchun 48 ta xromosomadan 46 tasi autosoma ekanligini aniqlab, undagi DNK soni
ikki hissa ko’p deb olamiz, shunda 92 ta DNK borligi ma’lum bo’ladi.
To’g’ri javob-D.
5-masala. Qalampirning somatik hujayrasida interfazaning G
2
davrida xromosomalar (a), DNK (b) va
triplet bog’lamlar (c) sonini ko’rsating.
1) 24; 2) 48; 3) 96; 4) 18; 5) 36; 6) 0.
A) a-2; b-3; c-5 B) a-1; b-2; c-4 C) a-2; b-3; c-6 D) a-2; b-2; c-6
Yechilishi:
Qalampirning somatik hujayrasida 48 ta xromosoma mavjud bo’lib, interfazaning G
2
davrida xromosomalar
soni 48 ta, DNK ikki hissa ortishi hisobiga 96 ta, triplet bog’lamlar soni 0 ta bo’ladi, chunki o’simliklarda hujayra
markazi bo’lmaydi.
6-masala. Kaptar tana hujayrasida 39 juft autosoma bo’ladi. Kaptar hujayrasi xromosomalariga nisbatan 2
barobar kаm xromosomaga ega bo’lgan uy sichqoni tana hujayrasida interfazaning G
2
davridagi hujayra
yadrosida nechta DNK bo’ladi?
A) 40 B) 80 C) 78 D) 41
Yechilishi:
Kaptar tana hujayrasida 39 juft, ya’ni 78 ta autosoma bo’lsa, 2 ta jinsiy xromosoma, jami 80 ta
xromosoma bo’ladi. Uy sichqonida esa kaptar hujayrasi xromosomalariga nisbatan 2 barobar kam xromosomaga
61 Abituriyentlar uchun qo’llanma
bo’lsa, demak, unda 40 ta bo’ladi. Uy sichqonining mitoz sikli bosqichlarida xromosomalar va DNK soni qanday
bo’lishini jadval orqali ifodalaymiz.
Uy sichqoni
Mitoz sikli
Xromosomalar
soni (n)
DNK yoki
xromatidalar
soni (c)
Interfaza davrlari
1
G
1
sinteziga tayyorgarlik davri
40
40
2
S – sintez davri
40
80
3
G
2 –
sintezdan keyingi davri
40
80
Mitoz bosqichlari
I
Profaza
40
80
II
Metafaza
40
80
III
Anafaza
80
80
IV
Telofaza
40
40
To’g’ri javob:
B.
7-masala. Uy pashshasining somatik hujayrasida xromosoma soni drozofilaga nisbatan 4 taga ko’p bo’lsa,
shu hujayra siklining anafaza bosqichida qutblarga nechtadan xromosoma tarqalishini aniqlang.
A) 32 B) 48 C) 12 D) 24
Yechilishi:
Drozofila pashshasining somatik hujayrasida 8 ta xromosoma mavjud. Uy pashshasining
somatik hujayrasida 4 ta ko’p bo’lsa, demak, 8+4=12 ta xromosoma mavjud ekan. Uy pashshasining hujayra
siklida xromosomalar holatini jadvalda ifodalab chiqamiz.
Uy pashshasi
Mitoz sikli
Xromosomalar
soni (n)
DNK yoki
xromatidalar
soni (c)
Interfaza davrlari
1
G
1
sinteziga tayyorgarlik davri
12
12
2
S – sintez davri
12
24
3
G
2 –
sintezdan keyingi davri
12
24
Mitoz bosqichlari
I
Profaza
12
24
II
Metafaza
12
24
III
Anafaza
24
24
IV
Telofaza
12
12
To’g’ri javob:
С.
8-masala. 3. Uy tovug’ining xromosomalari to’plami n-39 bo’lsa, uning teri hujayrasida reduplikatsiya
jarayonidan so’ng xromosomalari soni nechta bo’ladi?
A) 78 B) 195 С) 117 D) 156
Yechilishi:
Uy tovug’ining gaploid to’plami n-39 ta bo’lsa, diploid to’plami 2n-78 ta bo’ladi. Teri
hujayrasi
yadrosida 78 ta xromosoma bo’ladi. Teri hujayrasi yadrosida reduplikatsiya jarayonida DNK miqdori ikki hissa
ortadi. Ya’ni har bir xromosoma tarkibida ikki hissa ko’p DNK hosil bo’ladi. Reduplikatsiyadan so’ng faqat DNK
miqdori ortadi, lekin xromosomalar soni o’zgarmaydi. Teri hujayrasining siklida xromosomalar holatini jadval
orqali izohlaymiz.
Uy tovug’i
Mitoz sikli
Xromosomalar
soni (n)
DNK yoki
xromatidalar
soni (c)
Interfaza davrlari
1
G
1
sinteziga tayyorgarlik davri
78
78
2
S – sintez davri
78
156
3
G
2 –
sintezdan keyingi davri
78
156
Mitoz bosqichlari
I
Profaza
78
156
II
Metafaza
78
156
III
Anafaza
156
156
IV
Telofaza
78
78
Do'stlaringiz bilan baham: