102
ishlarni yo‘lga qo‘yish uning xulosalarini umumiylashtirish,
yakuniy
mashg‘ulotlarni qo‘lga kiritish uchun ham qo‘llaniladi.
8.4.O‘quv konfrensiyasi va munozara mashg‘ulotlari.
Pedagogika
fanlarini
o‘qitishda
o‘quv
konferensiyalari
mashg‘ulotlarini
tashkillashtirish
oliy
ta’lim
muassalarida
qo‘llaniladigan ta’limning muhim shakllaridan biri hisoblanadi.
Odatda o‘quv konfrensiyasi fanning muayyan bo‘limi yoki katta
hajmdagi
mavzularni o‘rganishda yoki o‘rgangandan so‘ng
o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotidir. Shuning uchun konferinsiya
mavzulari o‘quv mavzusini takrorlash, qo‘shimcha darsliklardagi qayd
etilgan masalalarni takrorlamasliklari lozim. Masalan, “Pedagogika
tarixi” o‘qitilgandan so‘ng “Sharq muttafakirlari ta’limotida ma’naviy
–axloqiy
tarbiya
masalalari”,
“Abdulla
Avloniy
jadid
tarbiyashunosligining asoschisi”, “Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda
pedagogika faning taraqqiyoti” va h.k. Mavzularda o‘quv
konfrensiyasining boshqa o‘quv fanlaridan farqi shundaki, u bir necha
fakultet ta’lim muassasalari talabalarni qamrab oladi. Unga talaba
pedagog rahbarligida jiddiy tayyorgarlik ko‘radi, konfrensiya mavzusi
va o‘zi tanlagan mavzu mohiyatidan
kelib chiqib bir necha ilmiy,
siyosiy, pedagogik, adabiyotlar bilan tanishib, muammoli masalalarni
hal qilishga majbur bo‘ladi.
O‘quv konfrensiyalari pedagogika fanlarining eng dolzarb,
jamiyat talablariga javob bera oladigan masalalar bilan to‘ldirilsa ayni
muddao bo‘ladi. U talaba yoshlarni ijodkorlikka, tashabbusga,
ilmiy
izlanishga qiziqish,manbalar bilan aniq ishlashga o‘z fikri, nuqtai
nazarini asoslashga o‘rgatadi. Shuning uchun ham uni oliy ta’lim
maktablarida o‘qitish ishlarining tashkiliy shakli sifatida o‘tkazish
muhim ilmiy pedagogik axamiyat kasb etadi.
Oliy ta’lim maktablarida pedagogik turkim fanlarining yana bir
o‘qitish shakli bahs munozaramashg‘ulotlardir.odatda bahs-
munozaralarni o‘qitishning noan’anaviy shakli deb hisoblaydilar.
Zero,
ular
ta’lim
jarayonining
shunday
bir
shakliki,undatalabalarmuayan
mavzular,masalalar,
muammolar
yuzasidan faol bahsga kirishadilar, muammolar yuzasidan faol bahsga
kirishadilar. O‘z
fikrlari, nuqtai nazarlarini dalillashni o‘rganadilar,
ijodiy qobiliyat va mantiqiy tafakkurni rivojlantiradi. Ko‘pincha
pedagogika fanlarini o‘qitishda, talabalarning qiziqish va ijodiy
qobilyatlarini yuzaga chiqarish kasbiy faoliyat mazmunini chuqurroq
103
anglab olish, ichki imkoniyat, aqliy faollikni ta’minlash shaklida bahs-
munozara mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Uning mavzusi va mavzu
mazmuni
yorituvchi, bahsni tashkillashtiruvchi savollar talabalarga
taxminan o‘n kun e’lon qilinadi, unga puxta tayyorgarlik ko‘riladi.
Ta’lim muassasida o‘tkaziladigan bahs-munozara–talabalar bilish
faoliyatlarini rivojlantirish, talabalar uchun keying faoliyatlarida bahs-
munozarani o‘tkazishda namuna hamda bu mashg‘ulotga ma’suliyat
hissi bilan qarash majburyatini bajarganligi uchunham qadrli va
ahamiyatli. Masalan, “Ertangi kun tarbiyachisi qanday bo‘lishi kerak?
Mavzuda o‘tkaziladigan munozaraga guruhning 4-5
talabasi
belgilanib, ular mavzu bo‘yicha topshiriqlarni tuzadilar, ularni boshqa
talabalarga e’lon qiladilar, boshqaruvchilarni belgilaydilar, kerakli
manbalarni taklif qiladilar va h.k.
Shu asosda tashkil qilinib,
o‘tkaziladigan mashg‘ulotlardan talabalar o‘zlari uchun ko‘pgina
yangiliklarni bilib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Shunday qilib, pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishida
pedagogika fanlaridan tashkil qilinadigan o‘quv ishlarining shakllari
bo‘lajak tarbiyachi –murabbiylarda pedagogika fanlariga qiziqishni,
kelajak kasbga qiziqish va havasni uyg‘otishga katta amaliy yordam
ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: