109
psixologlarning tadqiqoti natijalariga ko‘ra, atigi 5 foizi talabalar
yodida qolar ekan. O‘zi o‘qib o‘rgangani, o‘rganganlarini boshqalarga
o‘rgatishi esa bir necha baravar ko‘p yodida qolar ekan. Shundan kelib
chiqib, aytish mumkinki, talabaning o‘zini
mustaqil tayyorlanib
o‘qishi fanni o‘rganishda, uni asosiy mazmunini tushunish va
o‘zlashtirishida, tahlil qilishi, o‘z fikrini ifodalashida muhim rol
o‘ynaydi.
2. Mustaqil ishiarni bajarish muddati jihatidan xohlagancha
davom etishi mumkin emasligi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, 17—25
yosh darajasida mehnatni ratsional tashkil etganda bir sutkada 9 soat
unumli ishlash mumkin ekan. Haddan tashqari uzoq o‘tiradigan
bo‘lsa, mehnat unumi pasayadi, odam charchaydi,
keyingi kunlari
charchog‘i yozilishi qiyin bo‘lgani sababli, avvalgiday ishlay olmaydi.
Shuning uchun mustaqil ishni rejalashtirganda auditoryada
o‘tkazgan vaqtini hisobga olishi kerak. Agar, auditoriyada dars
soatlari 6 soat bo‘ladigan bo‘lsa, mustaqil ishlash 3 soat, auditoriyada
dars undan kam bo‘lsa 3 soatdan ko‘proq, agarda ko'p.bo'lsa, kamroq
tarzda rejalashtirish kerak.
Oliy o‘quv yurtlarida haftalik mustaqil ish bajarish vaqti 22—24
soat atrofida bo‘ladi.
Albatta, bu vaqt talabani normal tarzda diqqat-e'tibor, g‘ayrat
qilib ishlashini mo‘ljallagan holda belgilanadi. Lekin real hayotda
sobir talaba o‘zini zo‘rlab dars tayyorlasa, ikkinchisi qiziqib,
predmetni o‘rganishga ilhom bilan kirishib ketadi. Uchin-chisi esa,
umuman dars tayyorlagisi kelmaydi.
Bunga qator obyektiv va
subyektiv sabablarni keltirish mumkin.
3. Mustaqil ishni tashkil qilishda ish tartibini belgilash katta
ahamiyatga ega ekanligi. Mustaqil ishlarni bajarish uchun vaqtni
semestr davomida kunlar bo‘yicha taqsimlash, uni ratsional tashkil
qilishning muhim prinsipi, qoidasi hisoblanadi. Goh umuman dars
tayyorlamay,
goh haddan tashqari shoshib, shiddat bilan, ayniqsa,
semestr yakuniga, oraliq nazorat yakuniga yaqin qolganda,
bajarmagan ishlarni tezda bajarishga harakat qilish ijobiy natija berishi
qiyin. Bu talabaning mehnati samaradorligini, qilgan ishidan qoniqish
hissini pasaytiradi. Odatda, talabaning kun tartibini dars jadvali
belgilaydi. Lekin ko‘p narsa talabaning o‘ziga ham bog‘liq. Masalan
doklad, referat,
nazorat ishi, seminar darsiga tayyorlanishga har
110
haftada ma'lum vaqt ajratilib, muntazam ravishda olib borilmasa,
kutilgan natija bermaydi.
Barcha mustaqil ishlar talabalarda ijodiy ishlash ko‘nikmasini
hosil qilishga qaratilgan. Talaba ijodiy ishlashga o‘rgatilmasa, u
ma'lum mavzuga oid materiallarni turli manbalardan ko‘chirib kelish
bilan kifoyalanib qolishi hamda o‘zi mustaqil fikr bildirishga
qiynalishi mumkin.
Bunda, yangi yoki oldindan ma'lum bo‘lsada, ungacha boshqacha
nuqtayi nazardan qaralgan g‘oya, fikrlarni tadqiq qilish, ya'ni
axborotlar to‘plash,
ular ustida ishlash, o‘z fikrini bildirishga
undaydigan topshiriqlar, vazifalar beriladi.
Talabalar mustaqil ishi uchun mutaxassislik fanidan tasdiqlangan
namunaviy dasturga kiritilgan mavzular bo`yicha har bir talabaga har
bir semestrda alohida topshiriq beriladi. Topshiriq talabalarga amaliy
mashg`ulotlarni olib boradigan o`qituvchilar tomonidan beriladi va
o`qituvchi jurnalida belgilangan bo`ladi. Talabalar mustaqil ishi
ballarini ON o`z ichiga oladi. Talabalar mustaqil ishini topshirmagan
talaba YaB ga qo`yilmaydi. Talabalar mustaqil ishi ijodiy ish sifatida
olib boriladigan ilmiy
anjumanga maqola tayyorlash, mavzular
bo`yicha jadvallar, slaydlar, referativ ma`ruza, vaziyatli masalalar
majmuasini ishlab chiqish va boshqa shakllarda tashkil etilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: