3 ma’ruza. Rahbarlik psixologiyasi reja


Boshqaruv uslublarining kommunikativ imkoniyatlari



Download 464,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/21
Sana23.03.2022
Hajmi464,21 Kb.
#506690
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
3-Mavzu

Boshqaruv uslublarining kommunikativ imkoniyatlari.
Rahbar avtoritar boshqaruv uslubini qo'llar ekan, u tashkilotning rasmiy 
tizimini ta'minlashga asosiy e'tiborini qaratadi. Bu uslubda ma'lumot faqat vertikal 
yo'llar orqali keladi, xodimning mas'uliyat chegarasi aniq bo'lib, har qanday xato 
qattiq jazolanadi, shaxsiy munosabatlar iloji boricha rasmiy tus oladi va hissiyotga 
o'rin qolmaydi. Demokratik boshqaruv uslubida jamoadagi do'stona munosabatlar 
rivojlanadi, rahbar guruh faolligi tarafdori, rasmiy tizimda shaxsiy manfaatlar xam 
nazarda tutilib, muloqot yuritishga keng yo'l ochib beriladi. Liberal boshqaruv 
uslubida esa rahbar jamoadagi norasmiy tizimni rivojlantiradi va muvaffaqiyatga 
erishishda rasmiy, ma'muriy shakldan ko'ra jamoaning norasmiy munosabatlari 
ustun qo'yiladi. Tashkilotda yangi kommunikatsiya tarmoqlari yaratilishiga keng 
yo'l ochiladi va hatto bunday tashabbus ijobiy baholanadi. Xodimlar ish me'yorini 
o'zlari o'rnatishadi va uning bajarilgani uchun o'zlari mas'uldirlar. Xodimlar o'rtasida 
hamkorlik munosabati ustun turadi. Jamoa tavakkalga mushohada bilan bemalol 
boradi, har qanday qiyin vazifani ham yengil bajaradi. Yuqorida aytib o'tilgan uch 
xil boshqaruv uslubi jamoada turlicha muhitni yaratadi. Avtoritar rahbarlik uslubida 
guruhda hokimlikka intilish namoyon bo'ladi, mansabga ruju qo'yiladi, demokratik 
uslubli jamoada xodim uni tan olishlarini, hurmat va obro' qozonishni istaydi va 
nihoyat, liberal uslubli jamoada muvaffaqiyatga erishish istagi ustun bo'ladi.
Liderlik va boshqaruv
Lider so'zining izohiga oid.
Umuman olganda adabiyotda «lider» so'zini 
«etakchi» atamasi bilan almashtirish hollari ko'p uchraydi. O'ylashimizcha, 
«etakchi» atamasi «lider»ga xos bo'lgan psixologik tavsifni to'la ifodalay olmaydi. 
«Etakchi» so'zi guruhga munosabat sifatida, uning a'zolariga ta'sir o'tkazuvchi va 
maqsadga yetaklovchi shaxsga nisbatan ishlatiladi. Yetakchilik guruh tarkibini, 
undagi munosabatlar tizimini tahlil etish orqali aniqlanadigan shaxs holatidir. Lekin 
liderga xos bo'lgan fazilatni ifodalovchi yana qator jihatlar borki, ularni 
munosabatlar tizimi doirasidagina tahlil etolmaymiz. Bunday talqinda liderga xos 
bo'lgan asosiy jihatlardan yana biri – shaxsning vaziyatga muvofiq ravishda harakat 


qilish qobiliyatini hisobga olish zarurati tug'iladi. Biron-bir muammoli vaziyatda 
paydo bo'lgan qiyinchilikni bartaraf etishdagi tashabbus, topqirlik va mohirlik 
liderga xos fazilatlardir. Muammoni yechish bilan bog'liq qiyin vaziyatda lider 
boshqalarga nisbatan o'zining ilg'orligi, peshqadamligi bilan ajralib turadi. 
Fikrimizcha, o'zbek tilida aynan shu ikki ibora – «peshqadam» va «etakchi» so'zlari 
majmuasi lider mohiyatini to'la ifodalashi mumkin. Nazarimizda, «Etakchi» so'zi 
shaxsning guruhni yetaklashga, boshchilik qilishga bo'lgan ishtiyoqi mavjudligidan 
kelib chiqadi. «Peshqadam» iborasi esa ma'lum fazilatlarga ega bo'lgan shaxs 
ketidan guruhning ergashishini, jamoaning o'z ixtiyoriga ko'ra o'zi ishongan odam 
borayotgan yo'lni tanlashini anglatadi. Aynan shu xolat «lider» iborasiga nisbatan 
ham ishlatilishi zarur. Liderning bu xususiyati uning hissiy jozibadorligida
o'zgalarni o'ziga jalb etish fazilatida namoyon bo'ladi. Shunday qilib, «lider» so'zini 
faqat «etakchi» atamasi bilan almashtirish liderlik holatining psixologik talqinini tor 
doiraga kiritib qo'yadi. Ushbu mulohazadan kelib chiqqan holda qo'llanmamiz 
matnida «lider» so'zidan foydalanishni ma'qul deb hisoblaymiz. Bundan tashqari, 
«lider» so'zidagi izohiy ma'noni anglab olish o'zbek kitobxoni uchun tanish holdir.

Download 464,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish