Zokirjon saidboboyev



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/159
Sana22.03.2022
Hajmi5,6 Mb.
#505525
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   159
Bog'liq
fayl 192 20210327

jamoa
yoki 
qariya
deb nomlangan. Uning mulki butun jamoa ahliga 
qarashli edi.
Hunarmandchilik sohasida asosiy ishlab chiqaruvchi ijtimoiy 
toifa vakili erkin hunarmandlar bo‘lgan. Ular shaharda yashovchi 
savdogarlar bilan bir qatorda madaniy markazning o ‘rta hoi 
toifalari vakillari sanalganlar. Bular jumlasiga amaldorlar va o‘rta 
hoi islom peshvolarini ham kiritish mumkin.
Amir Temur o ‘ziga tobe mamlakatlarning sipohu raiyat 
kayfiyatini, turmushini biror kishi ularga jabr sitam qilsa, ularni 
jazolash tadbirlarini o‘z qonunlarida qayd etib o ‘tgan.
Har bir shaxs o ‘z qobiliyati va o‘z xohish irodasiga ko‘ra, 
shuningdek, bilim va tajribasiga muvofiq muayyan vazifani egallay 
olar edi. Albatta, u o ‘sha ishni va amalni uddalay olsa, o ‘z
124


harakatiga muvofiq ijtimoiy qatlamning yuqoriroq darajasiga 
ko‘tarilardi.
Temuriylar davrida esa mamlakatda tez-tez sodir bo‘lib tura­
digan ichki urushlarga qaramasdan XV asrda ham Movarounnahr 
va Xuroson shahar hamda qishloqlarida birmuncha obodonchilik 
ishlari amalga oshiriladi.
Bu davrda temuriylar va ulaming viloyat hokimlari tomonidan 
Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Marv vohalarida, Tus 
vodiysida hamda Hirot va uning uning atrofida yirik sug‘orish 
inshootlari barpo etilib, ayrim dehqonchilik viloyatlarining suv 
ta’minoti tubdan yaxshilandi. Temuriylar hukmronlik qilgan 
davrda amalga oshirilgan eng yirik sug'orish ishlaridan biri 
Samarqand vohasida Zarafshon daryosidan bosh olgan, Darg‘om 
anhoridan chiqarilgan qadimgi Angor kanalining qayta tiklanishi 
bo'ldi. Bu kanal orqali Zarafshon daryosi oqimining bir qismi bu 
davrda kam suvli Qashqadaryo vohasiga tashlanib, uning adog‘ida 
joylashgan dehqonchilik yerlari suv bilan ta’minlanadi.
Buxoroning qadimgi sug‘orilgan yerlari bo ‘ у lab olib borilgan 
arxeologik tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, mo‘g‘ullar bosqini 
oqibatida butunlay vayron etilgan voha suv xo‘jaligi XV asrga 
kelib to‘la tiklanadi. Uning dehqonchilik yer maydoni bir muncha 
kengaydi. Ulug‘bek hukmronlik qilgan davrda Buxoro vohasining 
janubi-sharqiy chegarasiga yondoshgan Somonjuq dashtiga suv 
chiqarilib, yangi yerlar o‘zlashtiriladi.
Butun asr davomida Movarounnahr va Xurosonda awalgidek 
yer va mulkchilikning asosan to ‘rt shakldagi „mulki devoniy" — 
davlat yerlari, ,,mulk“ — xususiy yerlar; „mulki vaqf‘ — madrasa 
va ibodatxonalar tasarrufidagi yerlar va nihoyat „jamoa yerlari“ 
boigan. Dehqonchilik yerlarining eng katta qismi davlat mulki 
hisoblangan. Bu yerlarda awalgidek mamlakat hukmdori Sulton 
yoki amirlar egalik qilardi. Temuriylar davrida davlat yerlarini 
,,suyurg‘ol“ tarzida in’om qilish keng tarqaladi. Suyurg‘ol yerlari 
haimi, sharti hamda yer va yorliqqa ega bo‘lgan shaxslarning 
tabaqasi jihatidan turlicha bo‘lingan. Odatda shahar yoki
125


viloyatlardan tortib, to alohida qishloqqacha suyurg'ol shaklida 
in’om etilgan.
Temuriylar davrida Movarounnahming Samarqand, Buxoro, 
Toshkent, Shohruhiya, Termiz, Shahrisabz, Qarshi va boshqa 
ko‘pgina shaharlari aholisining kasb-kori, icliki va tashqi aloqalari 
bilan o ‘rta asr Sharqining namunali hunarmandchilik va gavjum 
savdo markaziga aylanadi. Hunarmandchilikning rivoj topib, 
uning turli-tum an tarm oqlari bo ‘yicha ixtisoslanishining 
kuchayishi shaharlarni ham o ‘zgartirib yuboradi. Shaharlarda 
hunarmandchilik mahallalarining soni ortib, kasb-hunar bilan 
bog‘liq bo‘lgan yangi-yangi guzarlar, ko'cha-ko'ylar, timlar va 
toqilar (usti gum bazli bozor) paydo b o ‘lgan. K o ‘pgina 
shaharlarda 

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish