Zokirjon saidboboyev



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/159
Sana22.03.2022
Hajmi5,6 Mb.
#505525
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   159
Bog'liq
fayl 192 20210327

dargoh
va 
vazirlik
(devon)dan iborat 
bo‘lgan. Dargohni oliy hukmdor boshqargan. Dargoh faoliyatini 
boshqarish, uning devonlar, mahalliy hokimiyat idoralari bilan 
bog‘lanib turish ishlari Oliy devon zimmasida bo‘lgan.
Oliy devonda —
ijroiya hokimiyatda bosh vazir, mulkchilik 
va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri turgan. Sarhadlar va tobe’ 
mamlakatlarning boshqaruvi bilan shug‘ullanuvchi yana uch 
vazir bo‘lgan va devonbegiga hisobot berib turgan. Markaziy 
hokimiyat tizimida 
shayxulislom, qozikalon, qoziyi axdos
(odat 
bo'yicha hukm chiqaruvchi qozi), 
qozi askar, sadri a ’zam
(vaqf 
yerlari mulklari mutasaddisi), 
dodxoh
(shikoyatlarni ko‘ruvchi), 
eshikog ‘a, saroy vaziri, yasovul
(hukmdorning shaxsiy buyrug‘ini 
bajaruvchi), 
qalaqchi
(xiroj miqdorini aniqlovchi), 
muhassil
(soliq 
undiruvchi), 
tavochi
(asosiy qo'shinlarni to'plash ishiga 
mutasaddi amaldor), 
qorovulbegi, qutvol
(qal’abon), 
muhtasib
(shariat qoidalari ijrosini, bozor tartiblarini nazorat qiluvchi) va 
boshqalar bo‘lgan.
Shuningdek, dargohda 
bosh hojib, hojiblar, xazinabon,
xonsolar jibachi, qushchi, bakovul, kotiblar, bitikchilar, tabiblar,
sozandalar, dorixonachilar
bo‘lgan.
Amir Temur davrida Movarounnahrda aholining yashash 
darajasi va sharoiti yaxshilangan. Yagona markazlashgan davlatning 
shakllanishi va rivoj topishi bilan oddiy aholining tinch va osuda 
yashab, mehnat qilishiga shart-sharoitlar yaratildi.
Mo‘g‘ullar istilosi davrida va undan keyin Amir Temuming 
markazlashgan davlat barpo etguniga qadar 0 ‘rta Osiyo va unga 
qo‘shni hududlarning xalq ommasi nihoyatda og‘ir azob- 
uqubatlar, qiyinchiliklar bilan hayot kechirayotgan edi. Mo‘g‘ul- 
laming vayrongarchilik va buzg‘unchilik ishlari tufayh mehnatkash 
aholining yashash sharoiti quyi darajaga tushib qoldi. Xo‘jalikni 
qayta tiklash ishlari e’tiborsiz bo‘lgan ko‘chmanchi mo‘g‘ullar
123


xalq boshiga turli soliqlar soldilar, ular orasidan ba’zilarini qullaiga 
aylantirdilar.
Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgach, u mamlakatda qayta 
tiklash ishlari, obodonchilik, sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash 
ishlariga katta e’tibor qaratdi. Turli toifaga mansub mulk sohiblarini 
bir qo‘l ostida birlashtirdi. Qattiq intizom har qanday zodagonni 
o‘z hukmdori oldida bosh egishga majbur qilar edi. Mehnatkash 
xalq, jumladan hunarmand qatlamiga mansub kishilaming yashash 
darajasi ancha yaxshilandi. Shaharlarda, madaniyat markazlarida 
yaratuvchilik, obodonchilik ishlari nihoyatda kuchayib ketdi.
Amir Temur davlatining sarhadlari keng edi. U nafaqat hozirgi 
0 ‘rta Osiyo balki, Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Kavkaz, 
Qozog‘iston, Iroq singari mamlakat va hududlarni o‘z tarkibiga 
olgan edi. Ijtimoiy tuzum masalasida to‘xtalganimizda, aynan shu 
joylardagi aholining turli qatlamlari, ularning o'zaro nisbati, bir- 
biriga aloqadorligini nazarda tutishimiz mumkin.
Ijtimoiy tuzumni biz mulk egaligisiz tasavvur qila olmaymiz. 
. XV asrda ziroatchilik bilan mashg‘ul qishloqahli orasidan ma’lum 
qismi imtiyozli haq-huquqlar egasi bo‘lgan. Ular davlatga juda oz 
miqdorda soliq to‘lashgan. Aholining juda katta qismini ijarachi- 
chorikorlar va jamoatchi dehqonlar tashkil qilgan. Qishloqlar 

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish