Zokirjon saidboboyev


kulolchilik, shishasozlik



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/159
Sana22.03.2022
Hajmi5,6 Mb.
#505525
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   159
Bog'liq
fayl 192 20210327

kulolchilik, shishasozlik,
misgarlik
va 
chilangarlik
rivoj topadi. XI-XII asrning sirli, 
koshinkor va qabortma naqshli sopol idish va tovoqlari, rangdor 
shisha buyumlar, naqshinkor mis idishlari o‘zining xilma-xilligi 
va yuqori darajada nafisligi bilan ajralib turardi.
Hunarmandchilikning taraqqiy etishi hamda ichki va tashqi 
savdoning kengayishi bilan bozor tijoratida pulga talab oshadi. 
Natijada qoraxoniylar va ularning viloyat hokimlari eloqxonlar 
tomonidan kumush va misdan ko‘plab chaqa va tangalar zarb 
qilinadi. 0 ‘sha vaqtlarda Bolasog‘un, Taroz, 0 ‘zgan, Toshkent, 
Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarda pul ishlab chiqaradigan 
zarbxonalar b o ‘lgan. Movarounnahr va Xurosonda qoraxo- 
niylaming oltin, kumush va mis chaqa-tangalari hamda dinorlari 
bilan bir qatorda hatto saljuqiylar, xorazmshohlar hamda 
g‘aznaviylar tomonidan zarb qilingan tangalar ham muomalada 
yurgan.
Demak, XI-XII va XIII asr boshida Movarounnahr va 
Xurosonda mahsulot-pul munosabatlari nihoyatda rivoj topib, u 
mamlakatning deyarli hamma uzoq va yaqin viloyatlarini qamrab 
olgan edi.
XI asrda Movarounnahrda qoraxoniylar davlatining tashkil 
topishi bilan 
qarluq, о ‘g ‘u z,jig ‘H, y a g ‘mo
va boshqa turkiy qabila
114


va urug laming Shosh, Farg'ona va boshqa viloyatlarda yashovchi 
turkiy aholi bilan o‘troq hayotga ko‘chish jarayoni jadallashadi. 
0 ‘troq dehqon va hunarmand aholi bilan aralashib, dehqonchilik 
va shahar madaniyatining boy tajribasi va an’analari o‘zlashtirildi. 
Natijada turkiy tilda so‘zlashuvchi aholi Movarounnahming asosiy 
nufuzlaridan biriga aylandi.
7. 0 ‘rta Osiyoga mo‘g‘ulIar bosqini va unga qarshi
ozodlik harakatlari
1219 
yilning kuzida Chingizxon o‘g‘illari Chig‘atoy, 0 ‘qtoy 
va Jo'ji bilan birga Xorazmshohga qarshi yurish boshladi. Uning 
jami askari 200 mingga yaqin edi. Chingizxon qo‘shini qadimgi 
yo‘l bilan Ili daryosi bo‘ylab Shimoliy Farg‘onadan o‘tib, Janubiy 
Qozog‘istonda Sirdaryo bo‘yida joylashgan 0 ‘tror shaliri ustiga 
yurish qildi. Bu shahar yaqinida butun kuchlarini to ‘plab, 
Movarounnahmi qisqa muddat ichida zabt etish uchun uni to‘rt 
qismga bo‘ldi. Uning bir qismini o‘g‘illari Chig'atoy va 0 ‘qtoy 
boshchiligida 0 ‘tromi qamal qilib turish uchun qoldirdi. Ikkinchi 
qismiga Jo'ji boshliq etilib, u Sirdaryo etagi tomon yuborildi. 
Unga Sig‘noq, 0 £zgan, Jand, Yangikent shaharlarini bosib olishni 
buyurdi. Besh ming kishilik uchinchi qo‘shin Oloqnuyon hamda 
Suketucho'rbiy ismli sarxanglari qo'mondonligida Sirdaryoni o‘rta 
sohili bo£ylab, uning yuqori oqimida joylashgan Binokat va Xo‘jand 
shaharlari tomon yuborildi. Chingizxonning o‘zi asosiy kuchlar? 
bilan dashtliklar orqali Buxoroga tomon askar tortdi.
Chingizxonning katta o‘g‘li Jo‘ji boshchiligidagi m o‘g‘ul 
bosqinchilari reja bo‘yicha Sirdaryoning yuqori qismidagi yerlami 
egallashi lozim edi. Bosqinchilar ma’lum muddatdagi qamaldan 
so‘ng Sig‘noq va Borchilig‘kent shaharlarini egallaganidan so‘ng 
mustahkam qal’a hisoblangan Xo‘jandga hujum boshlaydilar. 
Mo‘g‘ullar 20000 nafar qo‘shin va 50000 chog‘li asirga tushgan 
hasharchilami Xo‘jand atrofiga yig‘adilar. Xo‘jand hokimi Temur 
Malik asli turkiy sarkardalardan bo‘lib, xorazmshohlar davlatida
115


nom chiqargan, sulton va uning oilasiga tanish bo'lgan shaxs edi. 
Mo‘g‘ullarga qarshi tura olish mumkin emasligini sezgan Temur 
Malik (malik - hokim ma’nosida) taxminan ming nafar askari 
bilan Xo‘janddan bir kilometr naridagi Sirdaryoning mo°jazgina 
orolida joylashib oladi. Qulay strategik ahamiyatga ega bo‘lgan orolga 
mo‘g‘ullar o‘qlari, palaxmon toshlari yetib bormas edi. Temur Malik 
buyrug‘iga ko‘ra, 12 ta qayiq yasatilib, o‘q o‘tmashgi, yonib 
ketmasligi maqsadida bu qayiqlaming usti namat bilan qoplanib, 
sirka shimdirilgan loy bilan suvab chiqiladi. Temur Malik uzoq 
vaqt mudofaa uchun endilikda orolchada turish maqsadga muvofiq 
emasligini tushunib, bor oziq-ovqat zahirasi va askarlarini 70 ta 
kemaga joylab, tunda daryoning quyi oqimi bo‘ylab suzib ketadi. 
Mo‘g‘ullar ikki soldi bo‘ylab Temur MaUk kemalariga to‘xtovsiz 
hujum uyushtirar edilar. Hatto Binokat bo‘yida daryoning u 
sohilidan bu sohiliga zanjir ham tortib qo‘yadilar. Uzoq, uzluksiz 
jang bilan ular Jandga qadar yetib keladilar. Mo‘g‘ul sarkardasi 
Ulus Idi Borchilig‘kent va Jand yaqinida manjaniqlar (tosh otar 
zambaraklar) o‘matib, qayiqlarni bir-biriga tutashtirib, sarkarda 
yo‘lini to‘sadi. Uzoq janglardan so‘ng Temur Malik Urganchga 
yetib keladi va Urganch himoyasida qatnashib, Jaloliddinning 
ozodlik kurashida faol ishtirok etadi.
1220 yilning 16 fevralida Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ullar 
qo‘shini Buxoroni egallaydilar.
Buxoroni zabt etgach, Chingizxon Samarqandga tomon yo‘l 
oladi va 1220 yilning mart oyida Movarounnahrning eng ulug‘ 
va muhim shahrini ham egallaydi.
1221 yilning boshlarida endigina Xorazm davlatining sultoni 
deb e ’lon qilingan Jaloliddin Manguberdi garchi Xorazm 
mudofaasiga jiddiy kirishsa-da, ammo unga qarshi sobiq Jand 
noibi qochqin Qutlug‘xon boshliq qipchoq lashkarboshilari 
tomonidan uyushtirilgan fitna uni Temur Malik bilan Xurosonga 
jo ‘nashga majbur etadi. Chunki bunday vaziyatda poytaxtga 
tomon bostirib kelayotgan yovuz dushmanga qarshi Urganch 
mudofaasini sira ham tashkil qilib bo‘lmas edi. Shu sababli tez
116


vaqt ichida shahzodalar 0 ‘zloqshoh va Oqshohlar ham Urganchni 
tark etib, qochib ketadilar. Poytaxt taqdiri o‘ta qo‘rqoq va 
amalparast amir Humortakin qo'lida qoladi. 0 ‘zini u sulton deb 
e’lon qilib, Urganchni mo‘g‘ullardan himoya qilishga va’da ham 
qiladi. Urganchdek katta shahami qamal qilish uchun shimoldan 
Jo‘ji, Buxoro tomondan Chig‘atoy va 0 ‘qtoy askarlari bostirib 
keldi. 1221 yilning qishida 50 ming kishilik mo‘g‘ul askarlari 
Urganchni qamal qilib, hujum boshlaydi. Urganchliklar 
dushmanning harbiy kuch va zirhli qurollarining ustunligiga 
qaramay o ‘z ona shahri mudofaasiga g‘oyat baland ruh bilan 
kirishadilar. Lekin Urganch ham tez orada mo‘g‘ullar qo‘liga 
o‘tadi.
M o‘g‘ul hukmdorlarining mislsiz jabr-zulmi, aholining 
xo‘rlik va qashshoqlik domiga tashlanishi, soliqlarning haddan 
ziyod o‘sishi mehnatkash aholining tinka madorini quritib 
yubordi. Aholi ichida mo‘g‘ullaming zo‘ravonligi va istibdodiga 
qarshi norozilik harakati tobora kuchayib, bu norozilik, ayniqsa, 
1238 yilgi Mahmud Torobiy qo‘zg‘olonida o‘z aksini namoyon 
qildi. Bu ozodlik qo‘zg‘oloni 1238 yil Buxorodan 3 farsax 
(taxminan 7-8 km) uzoqlikdagi Torob qishlog‘ida boshlandi. 
Bu qo‘zg‘olonda m o‘g‘ullar va mahalliy zodagonlar zulmidan 
ahvoli og‘irlashgan hunarmand, dehqon va kambag‘al aholi 
faol qatnashadi. Q o‘zg‘olonga esa asli Torob qishlog‘idan 
bo'lgan g‘alvir yasovchi hunarmand usta Mahmud Torobiy 
boshchilik qiladi.
Mahmud Torobiy awal o‘z qishlog‘ida istilochilar zulmi, 
bedodligiga qarshi otashin chaqiriqlar bilan chiqadi. Shu paytda 
Sherozdan kelgan harbiy anjomlar ortilgan karvon qo‘zg‘o- 
lonchilaming qurollanishiga yordam beradi. Qo‘zg‘olon kuch- 
qudrati oshib borayotganligining, xalq qo‘zg‘olonchilar tarafiga 
o‘tib borayotganligini ko‘rgan mo‘g‘ul no‘yonlari Movarounnahr 
hokimi Mahmud Yalavochdan yordam so‘rashga majbur 
bo‘ladilar. Mahmud Torobiy o‘zining ko‘plab tarafdorlari bilan 
Buxoro tomon yo‘l oladi. Buxorolik 
aqoid
(diniy ilm) olimi,
117


mashhur shayx Shamsiddin Mahbubiy ham qo‘liga qurol olib, 
o‘z safdoshlari bilan qo‘zg‘olonchilar safiga qo‘shiladi.
Darhaqiqat, Mahmud Torobiy Buxoro ahliga m uruw at 
namunalarini ko‘rsatdi. Buxorodan qochgan m o‘g‘ul harbiylari 
va buxorolik zodagonlar Karmanaga kelib panoh topgan edilar. 
Bu yerda ular ma’lum kuch to‘plab, Mahmud Torobiy ustiga 
harbiy yurishni boshlaydilar. Bundan xabardor bo‘lgan Mah­
mud Torobiy dushmanga qarshi kurashish maqsadida shahar 
chetidan Karmana yo‘liga katta harbiy kuch bilan chiqadi. Ikki 
o'rtadagi qattiq jangdan so‘ng istilochilar yengilib, orqaga 
chekindilar. Qo‘zg‘olonchilar mo‘g‘ullami to Karmanagacha quvib 
bordilar. Ushbu jangda m o‘g4illaming 10000 ta kishisi qirib 
tashlandi. Lekin bu zafarli jangda qo‘zg‘olonchilar rahbari 
Mahmud Torobiy va Shamsiddin Mahbubiylar ham halok 
bo‘ldilar. Qo‘zg‘olonchilar endilikda shahid ketgan Mahmud 
Torobiyning o ‘rniga uning ukalari Muhammad va Alini rahbar 
etib saylaydilar. Lekin bu yangi rahbarlarning tajribalari yo‘q, 
ularni xalq yaxshi tanimas, omnia ichida ular nufuzga ega.emas 
edilar. Bu esa qo‘zg‘olonning borishiga salbiy ta’sir o‘tkazdi. 
Oradan bir hafta o‘tmay mo‘g‘ullaming Elduz nuyon va Chag‘an 
qo‘rchi boshchiligidagi yangi qo‘shini qo‘zg‘olonni bostirish uchun 
yetib keldi. Ikki tomonlama jangda Mahmud Torobiy tarafdorlari 
butkul tor-mor qilinib, ikkala tomondan 21 mingdan oshiq jangchi 
halok bo‘ldi.

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish